Arxiv

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi
13 yanvar 2023, 11:42

Namangandagi uyda gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini oldi

Namangan tumanidagi xonadonlarning birida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda 31 yoshli ayol va uning 9 yoshli farzandi kuyish jarohatini oldi.

O‘zbekistonga yakshanba kunidan boshlab iliq havo kirib kela boshlaydi
13 yanvar 2023, 11:37

O‘zbekistonga yakshanba kunidan boshlab iliq havo kirib kela boshlaydi

Yakshanba kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga iliq havo kirib kela boshlaydi. Harorat kechasi −12…−17 daraja, kunduzi −5…−10 daraja bo‘ladi.

Qozog‘istonda avtobusdan yana 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi
13 yanvar 2023, 11:27

Qozog‘istonda avtobusdan yana 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi

Aktobe viloyatida avtobusda qolib ketgan yana 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi. Transport vositasining yo‘lda qolib ketishiga kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgani sabab bo‘lgan.

Andijonda uy ichidagi mashina bilan yonib ketdi
13 yanvar 2023, 10:20

Andijonda uy ichidagi mashina bilan yonib ketdi

Andijon tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda uyning shift, tom qismi va uy jihozlari hamda darvozaxonada bo‘lgan Damas yonib zararlandi. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

O‘zbekistonda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi
13 yanvar 2023, 09:59

O‘zbekistonda poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi

Anomal sovuq ob-havo tufayli 13 yanvar kuni poyezdlar harakat jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Qaror yo‘lovchi poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» AJ matbuot xizmati.

Sovuq havo ta’siri 15-yanvarga qadar davom etadi — O‘zgidromet
13 yanvar 2023, 09:54

Sovuq havo ta’siri 15-yanvarga qadar davom etadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda sovuq havo massasining ta’siri yakshanbagacha saqlanib turadi. Havo harorati kechasi −12…−17, ayrim joylarda −20 darajagacha sovishi mumkin. Ba’zi joylarda qor yog‘adi.

O‘zbekiston TIV Kobuldagi terrorchilik harakatini keskin qoraladi
13 yanvar 2023, 09:50

O‘zbekiston TIV Kobuldagi terrorchilik harakatini keskin qoraladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoraladi. Ushbu harakat oqibatida ko‘plab tashqi siyosat idorasi xodimlari qurbon bo‘lgan.

Banklarda dollar kursi tushib, 11 355 so‘mdan sotilmoqda
13 yanvar 2023, 09:44

Banklarda dollar kursi tushib, 11 355 so‘mdan sotilmoqda

Tijorat banklari 13 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 260 — 11 330 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 360 so‘m.

Toshkentda 17 ta avtomobil to‘qnashdi
13 yanvar 2023, 08:04

Toshkentda 17 ta avtomobil to‘qnashdi

Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasida 12 yanvar kuni tunda 17 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir haydovchi va bir piyoda kasalxonaga yotqizildi.

Internet cheklovlari O‘zbekistonga qanchaga tushgan bo‘lishi mumkin?
12 yanvar 2023, 23:57

Internet cheklovlari O‘zbekistonga qanchaga tushgan bo‘lishi mumkin?

Top10VPN xizmati rasmiylari internet va ijtimoiy tarmoqlarning cheklanishi tufayli mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni hisoblab chiqdi. O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonda internet cheklangani va ijtimoiy tarmoqlarning sekinlashishi tufayli reytingda beshinchi o‘rinni egalladi.

Sinfxonalar bo‘sh, ota-onalar farzandlarini maktabga jo‘natmaslikka qaror qilishdi. Toshkentda uchinchi chorak qanday boshlandi?
12 yanvar 2023, 23:04

Sinfxonalar bo‘sh, ota-onalar farzandlarini maktabga jo‘natmaslikka qaror qilishdi. Toshkentda uchinchi chorak qanday boshlandi?

O‘zbekistonning qator viloyatlari, jumladan, Toshkent hokimliklari sovuqqa qaramay, 11 yanvardan o‘qishni davom ettirishga qaror qildi. Poytaxtda ko‘plab ota-onalar bolalarini darsga yubormaslikka qaror qilishdi. «Gazeta.uz» muxbirlari shahardagi maktablarda bo‘lib, yangi chorak qanday boshlangani bilan tanishdi.

«Ikki kun turib berishimiz kerak». Jahongir Ortiqxo‘jayev — Toshkentda gaz bosimi keskin tushishi haqida
12 yanvar 2023, 22:26

«Ikki kun turib berishimiz kerak». Jahongir Ortiqxo‘jayev — Toshkentda gaz bosimi keskin tushishi haqida

Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida gaz bosimining keskin tushishi kutilmoqda. Hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev mutasaddi rahbarlarga «qanday bo‘lsa ham ikki kun turib berish» kerakligi, aks holda

12 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
12 yanvar 2023, 22:00

12 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Avtobuslar harakatini sekinlashtirgan sovuq havo, metan «zapravka»lar faoliyati vaqtincha to‘xtagani, poytaxtda tarqatiladigan osh, 560 tup daraxtni qo‘porib tashlagan Qashqadaryodagi xorijiy kompaniya, «Dok-1 Maks» va «Ambronol» xavfidan ogohlantirgan JSST va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Poytaxtda ehtiyojmandlar, obodonlashtirish va YHXX xodimlariga osh tarqatilmoqda
12 yanvar 2023, 19:53

Poytaxtda ehtiyojmandlar, obodonlashtirish va YHXX xodimlariga osh tarqatilmoqda

Sovuq kunlarda Toshkent hokimligi tomonidan shaharning olti joyida ehtiyojmand aholi, kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish bo‘limi va YHXB xodimlariga bepul osh tarqatilmoqda.

«Himoya orderi» muddati 30 kundan 1 yilga uzaytirilishi mumkin
12 yanvar 2023, 18:03

«Himoya orderi» muddati 30 kundan 1 yilga uzaytirilishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi «himoya orderi» sud tomonidan 1 yil muddatgacha berilishi belgilanmoqda. Amalda order ichki ishlar idoralari tomonidan 30 kunga beriladi.

Anomal sovuq tufayli ayrim bankomatlarda pul naqdlashtirishda muammolar yuzaga kelmoqda
12 yanvar 2023, 17:52

Anomal sovuq tufayli ayrim bankomatlarda pul naqdlashtirishda muammolar yuzaga kelmoqda

O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq sabab tashqarida joylashgan bankomatlar pul chiqarmay qolishi holatlari kuzatilmoqda. Shu tufayli pullarni naqdlashtirishda yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanish tavsiya etildi.

Sinf xonalarida harorat 16−21 daraja iliq bo‘lishi kerak — SES
12 yanvar 2023, 17:31

Sinf xonalarida harorat 16−21 daraja iliq bo‘lishi kerak — SES

Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq havo harorati yengil jismoniy ishda +21 daraja, o‘rtacha og‘ir ishda 17 va og‘ir ishda 16 gradusdan past bo‘lmasligi kerak.

«Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonchning tobora kamayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz» — Shavkat Mirziyoyev
12 yanvar 2023, 16:00

«Xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonchning tobora kamayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev «Global Janub ovozi» sammitida nutq so‘zladi. Prezident xalqaro vaziyatda kuzatilayotgan dolzarb tendensiyalarga baho berib, rivojlanayotgan mamlakatlar oldida turgan asosiy vazifalar borasida fikr bildirdi. U xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch kamayib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda ham darslar 16-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi
12 yanvar 2023, 15:54

Xorazm va Qoraqalpog‘istonda ham darslar 16-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi

11-yanvar kuni Xorazmda, 12-yanvar kuni Qoraqalpog‘istonda maktablar ochildi. Biroq oradan bir-ikki kun o‘tib, hudud rahbarlari qarorni qayta ko‘rib chiqdi va o‘quv jarayoni boshlanishini 16-yanvarga qoldirdi. Avvalroq xuddi shunday qaror Buxoro viloyatida ham e’lon qilingandi.

JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari xavfidan ogohlantirdi
12 yanvar 2023, 15:40

JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dorilari xavfidan ogohlantirdi

JSST «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siroplarining sifat standartlariga mos kelmasligi haqida ogohlantirish e’lon qildi. Bu O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqaruvchi kompaniya — Marion Biotech tashkilotga hali sifat kafolati bo‘yicha hujjat taqdim etmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting