Yangi o‘quv yilida Toshkentda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganish universiteti — Green University ochiladi. Universitet mintaqaning ekologik muammolariga yechim taklif qila oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi.
Markaziy bank raisi aholining qo‘lida qariyb 12 mlrd dollar pul borligi, bank sektori bularning barchasini jalb qila olmasligi, lekin bankka pullarni topshirish tendensiyasi mavjudligini ta’kidladi.
Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan Personallashtirish agentligiga Ulug‘bek Tashxodjayev direktor bo‘ldi.
Chilonzor metro bekati yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining o‘rtasida avtomobillar harakatiga xalaqit qilib, yo‘ldan o‘tayotgan qizga turmushga chiqishni taklif qilgan yigit va bu holatni tasvirga olgan tanishi 3 sutkaga qamaldi.
O‘zbekistonda har yili manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi. Davlat tashkilotlari va hokimliklar yil oxirigacha barcha shahar va tumanlarda o‘z bog‘larini yaratadi. Har bir yirik sanoat korxonasi esa “yashil belbog‘”lar tashkil etishi kerak bo‘ladi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senat yalpi majlisida O‘zbekistonda 2022-yilda hisobraqam ochgan norezidentlar soni geosiyosiy vaziyatlar tufayli 60 mingtadan oshganini ma’lum qildi. Ular mamlakat banklaridagi hisoblariga 892 mln dollar ekvivalentida mablag‘ qo‘ygan.
O‘zbekiston va Qozog‘istonda “Demak, men ham qila olaman!” shiori ostida o‘tkazilayotgan Wonder Woman va Kotex aksiyasi doirasida ommaviy ma’ruzalar o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalarida faol yoritilmoqda.
O‘zbekistonda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashkil etildi. Vazir Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida mamlakatdagi murakkab ekologik vaziyat va prezidentning yangi farmonida nazarda tutilgan chora-tadbirlar haqida gapirib berdi.
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish, GSP+ imtiyozli savdo rejimi muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qildilar.
Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligiga Ulug‘bek Yusupov direktor etib qayta tayinlandi.
Prezident farmoni bilan 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash bo‘yicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi. Shuningdek, har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rabiyev adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Vazir o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.
Senatda telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishga qaratilgan qonun ma’qullandi.
Prezident farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Shuningdek, sohadagi qonunchilikka rioya etish va uning ijrosi nazoratiga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.
Farg‘onada Rossiya fuqarosi 14 gektar bog‘dorchilik yerini hujjatlarsiz 140 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U bo‘nak sifatida 15 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etildi. Lug‘at 6 jilddan iborat va unga 5000 ga yaqin yangi so‘z (jami 80 mingdan ortiq so‘z) kiritilgan.
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi"ning ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadigan Cho‘lponota shahriga amaliy tashrif bilan bordi.
Senat standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi.
Hukumat advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Mazkur hujjat 10 yilga advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan beriladi. Guvohnomani berish uchun to‘lov undirilmaydi.
O‘zgidromet 5−8-iyun kunlari O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi. Joylarda shamol tezligi soniyasiga 15−20 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting