Tijorat banklari 24 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 410 — 11 470 so‘m.
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati rasmiylari Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining ishlab chiqarish litsenziyasini bekor qildi. Kompaniyaning «Dok-1 Maks» siropi O‘zbekistonda kamida 20 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan. Ilgariroq litsenziyaning amal qilish muddati to‘xtatilgandi.
Jizzaxdagi «Arnasoy» suv ombori hududida ikki nafar shaxs 343 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 201 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
23 mart kuni ertalab Amudaryo ustida qurilayotgan Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigining vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushdi.
Toshkentda 24 mart kuni kunduzi G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi 2 kun davomida bo‘ron kuchi kunning ayrim paytlarida 4 ballni tashkil etadi.
Sobiq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori etib tayinlandi.
Saharlikka uxlab qolgan kishi ro‘zani qanday tutishi kerak, hech narsa yemasdan og‘iz yopish mumkinmi, ro‘zador odam g‘arg‘ara qilsa bo‘ladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalansa bo‘ladimi — «Gazeta.uz» O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ro‘zaga oid ayrim savollarga bergan javoblarini jamladi.
Yil boshidan oziq-ovqat sanoatida pasayish kuzatilayotgan bir paytda O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun 6,2 trln so‘m ajratilishini ma’lum qildi. Birinchi marta tadbirkorlar 130 mln dollarni banklar vositachiligisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi, dedi prezident
O‘zbekistonda oilaviy zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etilishi kutilmoqda. Shuningdek, iqtisodiy va psixologik, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda. Saida Mirziyoyeva buni «sog‘lom fikr va adolatning g‘alabasi» deb atadi.
Poytaxtga yangi hokim, yaqin kunlarda zilzila qayta bo‘lmasligi, 4 yilga qamalgan Qarshi shahri sobiq hokimi, referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tarkibi, jarimalar bo‘yicha chegirmalar 50 foizgacha oshirilgani, ayrim tovarlar xaridi uchun qaytariladigan QQS va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Toshkentda 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi. Bu kunlarda issiqlik tarmoqlari sinovlardan o‘tkaziladi.
Tojikistonda tunda sodir bo‘lgan zilzila epitsentriga yaqin joylashgan bir qancha qishloqlarda mahalliy aholining uylari va avtoyo‘llar qisman zarar ko‘rdi. Biroq asosan poydevorsiz xo‘jalik inshootlari shikastlangan. Insonlar o‘rtasida qurbonlar qayd etilmagan.
36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan birga yashab yurgan ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkor ayolga bir necha marta pichoq urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Poytaxtning elektr energiyasiga bo‘lgan 75 foizlik talabini qondirish maqsadida Toshkent viloyatida umumiy quvvati 2400 megavatli 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladi. Ularning 3 tasi Xitoy kompaniyalari ishtirokida quriladi.
Qamchiq dovonida kalava ip ortilgan IVECO rusumli yuk mashinasi kabina qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Prezident 2024 yilgacha 34 turdagi oziq-ovqat va tovarlar — pishloq, tvorog, shokolad, qandolat mahsulotlari, olma, nok, behi, yogurt, kefir, sut mahsulotlari, makaron, cho‘chqa go‘shti importiga 2024 yilgacha nol stavka joriy etilishini tasdiqladi. Piyoz, salat bargi importiga ham imtiyozlar joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi 23 mart kuni referendum o‘tkazuvchi 14 ta okrug komissiyalarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va ularning tarkiblari tasdiqladi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi, Bosh prokuratura departamentining sobiq rahbari Shavkat Umurzoqov Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya «Gazeta.uz»ga hukumatdagi manbalari ma’lum qildi.
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila kuzatilishi haqida tarqalgan xabarlar asossiz. Seysmologiya instituti xodimi Qaharbay Abdullabekov bir hududda bo‘lgan zilzila ikkinchisini keltirib chiqarmasligi, faqat uning ortidan ayrim aftershoklar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qurilish vazirligi va First Developing Group kompaniyasi Toshkentdagi Parkent Plaza turar joy majmuasi fasadining yorilishiga zilzila sabab bo‘lganini rad etdi. Yoriqlar 2020−2021 yillarda yomg‘ir va sifatsiz g‘isht mahsulotlari tufayli yuzaga kelgani va kompaniya yetkazib beruvchini sudga bergani ma’lum bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting