Payshanba kuni ertalab soat 5:40 atrofida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Tojikistonda. Toshkent aholisining so‘zlariga ko‘ra, zilzila sabab silkinishlar uzoq davom etgan.
Toshkentdagi 77-sonli maxsus maktabda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar tahsil oladi. O‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga dunyoni his qilish orqali “ko‘rish"ni o‘rgatadi. “Gazeta.uz” bolalarni his-tuyg‘ulariga ishonib yashashga o‘rgatishni o‘zining vazifasi qilib olgan insonlar haqida hikoya qiladi.
Turkiyada zilzilalardan keyin 340 dan ortiq kishining hibsga olingani, AQShda dam olish kunlari 10 ta ommaviy otishma bo‘lgani, Moskva markazidagi yong‘inda yetti kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yanvarda $1,2 mlrdga eksport qilingan oltin, raqamlashtirishdagi kamchiliklar haqida gapirgan prezident, bahor oxirigacha ochiladigan respublika bolalar kutubxonasi, yanvarda yengil mashinaga talab yana ortgani, talabalarni toifalashtirishga ularning munosabati va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Turkiya va Suriyadagi vayronkor zilzilalar yuz berganiga ikki hafta bo‘ldi. “Bu yerdagi aholining 40 foizi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deydi qabristonida bo‘sh joy qolmagan Turkiyadagi shahar imomi. “Bu bolalarga ota-onalari endi hech qachon qaytmasligini qachondir aytishimiz kerak”, — deydi suriyalik shifokor.
O‘zbekistonda yangi avtomobillarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va raqam berishning elektron tizimini yaratish rejalashtirilmoqda. Prezident hali ko‘plab sohalar raqamlashtirilmaganini tanqid qildi. Masalan, odamlar «086-shakl» olish uchun har safar poliklinikaga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda.
Oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha talabalarni jinoyatchilikka moyil, yot g‘oyalar ta’siriga tushish arafasida va qoidalarga rioya etmaydigan kabi guruhlarga ajratish topshirig‘ini bergandi. Bu esa tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» talabalar fikrini bilish uchun ularga mikrofon tutdi.
«Ma’lum bo‘lishicha, ZAGS va militsiya bo‘limlarining pasport stollarida ishlovchi savodi g‘ovlab ketgan ayrim xodimlari metrika va pasportlarda o‘zbekcha to‘ldiriladigan joylarni ruscha yoki butunlay savodsizlarcha to‘ldirib, qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarar ekanlar».
Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda begonalarga sigaret chekmaslik haqida tushuncha bermoqchi bo‘lgan shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, ushbu shaxs sud tomonidan BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Yanvarda O‘zbekistonning tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltindan iborat bo‘lib, 1,18 mlrd dollarga qimmatbaho metall sotilgan. To‘qimachilik mahsulotlari, gaz va o‘g‘it yetkazib berish hajmi kamaygan.
«Bu jurnal millat mulki, 100 yildan beri nomi o‘zgarmay kelayotgan noyob tarix», — deydi 2007 yildan buyon «Mushtum»ga bosh muharrirlik qilayotgan Nosirjon Toshmatov. U «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida hozirgi rahbarlarning jurnalga munosabati va 100 yillik to‘yni qanday tasavvur qilgani haqida gapirdi.
Yanvar oyida O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq tufayli ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 foizga qisqardi. Gaz qazib olish 2022 yilning yanvariga nisbatan 7,5 foizga, gaz kondensati — 9,1 foizga, ko‘mir — 13,8 foizga, elektr energiyasi ishlab chiqarish — 2 foizga kamaydi.
Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini tanqid qildi. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliyada 32 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmaganini ta’kidladi.
Yakkasaroy tumanida qurilishda ishlovchi 30 dan ortiq fuqaro mushtlashdi. Sud ularning 28 nafariga 10 va 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
Zangiota tumanida korxona rahbari qishloq oilaviy poliklinikalarini ta’mirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 392,9 mln so‘mni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergov harakatlari boshlandi.
Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasi rekonstruksiyadan so‘ng bahor oxirigacha ochilishi reja qilinmoqda. “Biz hamma uchun ochiq bo‘lgan zamonaviy, qulay hudud yaratyapmiz. Odamlar bu makonni o‘zlariga moslashtirishlarini xohlaymiz”, — deya ta’kidladi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. Foto.
Yilning birinchi oyida o‘zbekistonliklar 118 ming dona avtomobil sotib olgan. Bu 2022 yil dekabr oyiga nisbatan 18 foizga ko‘p. Yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 23,4 mingtani tashkil etib, dekabrga nisbatan 71 foizga oshdi.
Endilikda quvvati 2−15 MVt gacha bo‘lgan gidroagregatlar Made in Uzbekistan milliy brendi asosida mahalliylashtirish doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor, Doston Haqberdiyev esa bosh rejissyor bo‘ldi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida MCHJ rahbari kredit evaziga xarid qilingan 2,3 mlrd so‘mlik qurilish materiallarini boshqa shaxslarga sotib yuborganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting