Sharof Rashidov tumanida er-xotin vafot etdi, ular is gazidan zaharlangan bo‘lishi mumkin. Jizzax viloyati prokuraturasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Termiz davlat universiteti 4-kurs talabasi o‘zi amaliyot o‘tagan bankda fuqaroning karta ma’lumotlarini o‘zlashtirib, 75,7 mln so‘mni yechib olganlikda gumonlanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Agar uning aybi tasdiqlansa, 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Tabiiy gaz bo‘yicha soliq stavkalari 3, neft va gaz kondensati uchun 2 baravar pasaytirilgani tufayli davlat budjetiga 2022 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun 538,1 mlrd so‘m soliq tushmadi. Shu bilan birga, gaz qazib olish 4%, gaz kondensati 2,8% ga kamaydi. Neft ishlab chiqarish 1,8% ga oshdi.
Qarshi tumanida Cobalt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 33 yoshli ayolni urib ketdi. Piyoda vafot etdi. Hududda piyodalar o‘tishi uchun yer osti yo‘li qurilgan, lekin u yer qarovsiz holatda. Aholi vakillari ushbu tunnelni yaroqli holatga keltirib berilishini so‘ramoqda.
Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga ko‘ra, yaqin bir yilda energiya inqirozi, yashash xarajatlarining o‘sishi, oziq-ovqat taqchilligi, uzoq va o‘rta istiqbolda esa tabiiy ofatlar, iqlim, resurslar inqirozi hamda ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul va beqarorlik jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Bosh prokuror matbuot kotibi «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, bloger Abduqodir Mo‘minovning tergov paytida vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, «u tirik va sog‘lom». Blogerning sobiq advokati ham tergovchi bilan gaplashgani va Mo‘minovning sog‘-salomatligini tasdiqladi.
Qirg‘iziston O‘zbekistondan import qilinadigan go‘sht va chorva mollariga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi. Cheklov 2022 yil sentabr oyida joriy qilingandi.
Chilonzor tumanidagi 162-maktabda 11-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqladi. Voqeaga o‘zaro kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
DXX tezkor tadbir o‘tkazib, Qashqadaryoda jami 99 gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbarlari va xodimini qo‘lga oldi. Sirdaryoda ham muqaddam sudlangan shaxs bog‘ yaratish uchun berilgan yerni 30 ming dollarga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi. Hozir ushbu shaxslarga jinoyat ishi ochildi.
Ko‘kdala tumanida paxta ortilgan yuk avtomobili yonib ketdi. Avtomashinadagi yukning bir qismi yong‘indan saqlab qolindi. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jarohat olganlar yo‘q.
Mirzohid Qodirov Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U «Dok-1 Maks» va «Ambronol» siropi voqealari ortidan ishdan olingan Sardor Kariyev o‘rnini egalladi.
Tijorat banklari 22 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 360 so‘m.
Ijtimoiy himoya, moliya va bank, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat hamda bojxona ishiga oid 1 860 ta qonunchilik hujjati korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertizaga ko‘ra, 243 ta hujjatda 350 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi.
Yashnobod tumanidagi 151-maktab yaqinida mast holda o‘quvchining qo‘lidan ushlab, shubhali harakat qilgan erkak 10 sutkaga qamaldi. «Shoshilib yugurib ketayotganida to‘xta, yiqilib tushasan, degan ma’noda to‘xtatgandim», — deydi u.
Boeing kompaniyasi so‘nggi 747 samolyotini yig‘ib tugatdi. Afsonaviy «o‘rkachli» layner 1969 yilda paydo bo‘lgan va ommaviy aviatsiya ramziga aylangan edi. Ushbu maqolada bu turdagi havo laynerlarning paydo bo‘lishi va u bilan bog‘liq tarixiy voqealar eslab o‘tiladi.
Turkiya va Suriyada yuqumlik kasalliklar tarqalish xavfi yuqori ekani, belarusliklik ilk kosmonavt parvozining kechiktirilgani, Meksika janubida migrantlar avtobusi halokatga uchrashi oqibatida 17 kishining halok bo‘lgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Suriyaga yuborilgan insonparvarlik yordami, biznesdan ketgan Alisher Usmonov, O‘zbekiston-Misr o‘rtasida imzolangan $1,6 mlrdlik kelishuvlar, poytaxtda 7 ta viloyat hokimliklariga mehmonxona uchun yer ajrtilishi, yer usti metrosi ostida quriladigan avtoturargohlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Abdulhamid Cho‘lpon tomonidan salkam bir asr avval yozilgan «Taraqqiy» maqolasida o‘z tarixiga qiziqmaydigan, o‘z tilini hurmat qilmaydigan, o‘yinqaroqroq (hozirgi kunlarning ba’zi faollari tomonidan «ma’naviyatsiz», «ma’naviyatdan uzoq» deya ta’riflanishi mumkin bo‘lgan) yoshlar toifasi ko‘rsatilgan.
22 yoshli yigit Qarshi city`dagi ko‘p qavatli uyning 10-qavatidan o‘zini tashlab yuborib, joniga qasd qildi. Tergovga qadar tekshiruvda u 2019 yilda ruhiy muammolar sababli davolangani, o‘sha davrda ham joniga qasd qilishga uringani aniqlandi.
Qohiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va Misr rahbarlari Isroil-Falastin muammosi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Efiopiyaning to‘g‘on qurish rejalariga to‘xtaldi. Prezidentlar ushbu masalalar bo‘yicha mamlakatlar pozitsiyalari bir-biriga mos kelishini ta’kidladilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting