Payariq tumanidagi Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Tarmoqlarda shifoxona bosh shifokorining o‘g‘li va kelini ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi.
Yakkabog‘ tumani hokimligi xodimi 5 mlrd so‘mlik tenderda yutishi uchun qurilish firmasi vakilidan 370 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlandi. Tezkor surishtiruv harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimi ham qo‘lga olindi.
Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2017 yilda qurilgan ko‘p qavatli uyda yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video tarqaldi. Tuman hokimligi va Qurilish vazirligi mazkur uy seysmik zonada qurilish o‘tkazish talablariga javob bermasligini, quruvchi tashkilot rahbari esa qamalganini ma’lum qildi.
Turkiyaning Hatay va Qahramanmarash shaharlarida sodir bo‘lgan zilzila vayronalari ostidan 2 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi. Yana 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi tabiiy ofat o‘choqlaridan evakuatsiya qilinib, mamlakatga qaytarilmoqda.
Termizda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» o‘rtasida Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Yangi kelishuvga ko‘ra, «Sogdiana Trans» yana 2 yil mazkur temir yo‘lga xizmat ko‘rsatadi.
Tojikiston mamlakatda COVID-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyatni barqarorlashgani, mamlakat aholisining emlanganlik darajasi yuqoriligi hamda mintaqa va xorijiy davlatlarda ushbu kasallik bilan bog‘liq vaziyatni normallashganini hisobga olib chegara o‘tish punktlarida koronavirus cheklovlarini bekor qildi.
O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasiga tariflarni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev rahbar etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallab kelayotgan edi.
2−6 fevral oralig‘ida Samarqand, Xorazm va Farg‘onada sodir bo‘lgan 3 ta yo‘l-transport hodisalari oqibatida 4 kishi vafot etdi.
«Gazeta.uz» kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan «Nima o‘qiymiz?» loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
DXX Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida giyohvand moddalari savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Barcha holatda giyohvandlik vositalari mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Energetika vazirligi vodiy viloyatlaridagi «metan zapravkalar» yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Vazirlik gaz quyish shoxobchalari faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga asosan davom etishini ma’lum qildi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Jizzaxda 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Jumladan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi quriladi. Buning hisobiga 236 mln kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejalishi aytildi.
Turkiyada zilzila oqibatida iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Iqtisodchi va “Gazeta.uz” kolumnisti Mirkomil Xolboyev Turkiyaga eksport va pul o‘tkazmalari hajmida kutilayotgan qisqarishning O‘zbekiston YAIM o‘sishiga potensial ta’sirini tahlil qiladi.
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti, «Arabyata», qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli sharchalar, Karbonaro pastasi va boshqalar — Zira.uz mazali va noodatiy uslubda tayyorlangan pastalar ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident Toshkentdagi 584 ta mahallaning har biriga O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratishni tasdiqladi. Mablag‘lar infratuzilmani rivojlantirish va qattiq sovuqdan zarar ko‘rgan muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Qamoqqa olingan Farmatsevtika agentligining sobiq direktori, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 2 ta tunnel, Open Budget uchun 1,7 trln so‘m pul, Jizzaxga borgan prezident, Turkiyada qariyb 80 kishini vayronalar ostidan olib chiqqan o‘zbek qutqaruvchilar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Ohangaron tumanida Lacetti noqulay ob-havo va yo‘llardagi muzlamalar sabab kanalga tushib ketdi. Viloyat FVB va PPX tomonidan mashina olib chiqildi. Voqea oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
DXX Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yerni mos ravishda 12,5 ming dollar va 148,2 mln so‘mga noqonuniy sotishga uringanlikda gumonlanganlarni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqandda fuqarolarni Yevropa va Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilib, 27 ming dollar talab qilganlikda gumonlanayotgan 2 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular yana bir kishidan 22 500 dollar olgani aytilmoqda.
Toyloq tumanida tadbirkor elektr ta’minoti korxonasiga foydalangan elektr energiyasining sun’iy kamaytirgan hisobotlarini taqdim etib kelgani aniqlandi. Unga belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting