Turkiyada yuz bergan zilzila oqibatida minglab insonlar halok bo‘ldi. Ushbu hodisa dunyoning boshqa nuqtalarida ham zilzila va u sodir bo‘layotganida qanday harakat qilish lozimligi haqidagi ma’lumotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Ushbu maqola — aynan zilzila vaqti qanday yo‘l tutish kerakligi haqida.
Yanvarning birinchi yarmida davlat budjeti defitsitining 5,5 trln so‘mga yetishi sovuqdan jabr ko‘rgan 30 ming tadbirkorning soliq qarzdorligi o‘sishi hamda ish haqi, pensiya va nafaqalarning moliyalashtirilishi bilan izohlandi. Umuman olganda, yanvarda daromadlar oshdi, deya qayd etdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Zenbook Pro 14 Duo OLED — bu talabchan ilovalarda ishlash uchun maksimal foydalanish maydoniga muhtoj bo‘lgan ijodkorlarga mo‘ljallangan kuchli va chiroyli mobil yechimdir.
Food City savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, ayrim avtobus va yo‘nalishli taksilar harakati ham Food City avtoshohbekatigacha uzaytiriladi.
Davlat dasturi loyihasida kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkazilishi belgilangan.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonda «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 150 mln dollar miqdoridagi yangi kredit ajratdi. Bu mablag‘ fiskal xavf va davlat qarzini boshqarishni kuchaytirish, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilishni kengaytirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, audit tizimlari samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.
Chilonzor, Sergeli va Xo‘jaobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlagan va sotgan shaxslar ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Chashma-Oqrabot stansiyalari oralig‘ida tuproq ko‘chkisi sodir bo‘ldi. Shu sababli 80/79-sonli Toshkent-Termiz-Toshkent va 682/681-sonli Qumqo‘rg‘on-Sariosiyo-Qumqo‘rg‘on yo‘nalishlaridagi poyezdlar harakati bir reysga to‘xtatiladi.
Turkiyaga ketgan O‘zbekiston FVV xodimlari qutqaruv ishlari boshlangandan buyon 13 nafar jarohatlangan va 38 nafar halok bo‘lganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi. Jarayon davom etmoqda.
6 fevraldagi zilzila qurbonlari soni 15 ming kishidan oshdi. Olimlar Turkiyada yaqin yillarda yana bir kuchli zilzila yuz berishi mumkinligi, undan 15 mln aholi yashaydigan Istanbul jiddiy jabr ko‘rishi haqida ogohlantirmoqda. Shahardagi tartibsiz qurilishlar ahvolni og‘irlashtiruvchi omil sifatida ko‘rsatilyapti.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Elchi bilan suhbatda u turk xalqiga hamdardlik bildirdi va mamlakat barcha zarur yordamga tayyorligini ma’lum qildi.
Xitoy aviakompaniyasi Siandan Toshkentga aviaparvozlarni 10 fevraldan tiklamoqda. Reyslar 2020 yilda pandemiya sababli to‘xtab qolgandi.
O‘zbekistondan Turkiyaning Gaziantep shahriga uchinchi samolyotda gumanitar yordam, qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari hamda kinologlar (xizmat itlari bilan) yetib bordi.
O‘zgidromet rahbari 9 fevral kuni hududlarda me’yordan yuqori darajada shamol bo‘lishi kutilayotgani, shu sabab poytaxtdagi mashina egalariga avtomobillarini xavfsiz joyga qo‘yishni tavsiya qildi.
Elektromobillar uchun TOK BOR quvvatlash stansiyalarini bepul o‘rnatish orqali yuqori daromadli iste’molchilarni biznesingiz joylashgan hududga jalb qilishingiz mumkin.
Tijorat banklari 9 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 315 — 11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 425 so‘m.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida o‘tkazgan yig‘ilishda aholi o‘z xonadonida quyosh panelini o‘rnatsa, ehtiyojidan ortiq energiyani tarmoqqa sotishni taklif qildi. Bunda aholi sotgan elektr energiyasining har bir kilovatti uchun ming so‘mdan beriladi.
Huquq-tartibot idoralarining 3 nafar xodimi iyul oyida sodir bo‘lgan Nukus voqealarida noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlikda ayblandi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, ular qamoqqa olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting