Arxiv

O‘zbekiston ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni “qayta ishga tushirish”ni taklif qildi
4 iyul 2024, 20:10

O‘zbekiston ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni “qayta ishga tushirish"ni taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti “ShHT plyus” formatidagi yig‘ilishda nutq so‘zladi. U ShHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni qayta ishga tushirish va iqlim sohasidagi hamkorlikni tashkilot yangi kun tartibining eng muhim qismiga aylantirishni taklif qildi.

“Lukoyl” shu’ba korxonasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish ochildi
4 iyul 2024, 19:26

“Lukoyl” shu’ba korxonasiga nisbatan narx manipulyatsiyasi alomatlari bilan ish ochildi

Raqobat qo‘mitasi Lukoil Overseas Supply and Trading kompaniyasiga nisbatan ish ochdi. Qo‘mita birja orqali mahsulotlarni sotishda texnik oltingugurt narxi manipulyatsiyasi alomatlarini aniqladi, buning ortidan uning narxi o‘rtacha 10 foizdan 50 foizgacha ko‘tarilgan.

Andijonda ham avtobus yo‘nalishlarida kunlik reja bekor qilinmoqda
4 iyul 2024, 17:51

Andijonda ham avtobus yo‘nalishlarida kunlik reja bekor qilinmoqda

Andijonda 2-iyuldan boshlab 1-sonli avtobus yo‘nalishi brutto-shartnoma tizimiga o‘tkazildi. Bu bilan kunlik reja bekor bo‘lib, hisob-kitob bosib o‘tilgan yo‘l va sifat mezonlaridan kelib chiqib qilinadi. Tez orada yana 3 ta shahar avtobus yo‘nalishi bosqichma-bosqich ushbu tizimga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hujumkor futbol yoki ehtiyotkor o‘yinlar — Yevro-2024 chorak finalida bizni nimalar kutmoqda?
4 iyul 2024, 17:31

Hujumkor futbol yoki ehtiyotkor o‘yinlar — Yevro-2024 chorak finalida bizni nimalar kutmoqda?

Yevropa chempionatining chorak finali katta ehtimol bilan qaysi terma jamoa mutlaq favorit ekanini aniqlab berishi mumkin. Joriy bosqichdan sensatsiya kuta olamizmi-yo‘qmi, keling, imkoniyatlarni ko‘rib chiqamiz.

UzAuto Motors 5-iyul kuni Cobalt uchun yana kontraktatsiya ochadi
4 iyul 2024, 16:49 1

UzAuto Motors 5-iyul kuni Cobalt uchun yana kontraktatsiya ochadi

5-iyul kuni soat 10:00 da UzAuto Motors belgilangan muddatda to‘lov qilinmagani tufayli avvalgi kontraktatsiyadan chiqarilgan Cobalt avtomobillari kontraktatsiyasini qayta ochadi.

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi
4 iyul 2024, 16:34

Retseptsiz beriladigan dorilar va tibbiy texnika narxiga nisbatan cheklovlar olib tashlanadi

2017-yilda joriy etilgan tibbiy texnika va retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan narx cheklovi bekor qilinadi. Hozir cheklangan ustama distribyutorlarga 15%, dorixonalarga 20% ni tashkil etadi, u faqat retsept bo‘yicha beriladigan dorilar uchun qoladi. Shuningdek, farmkorxonalar QQS to‘lovchiga aylanadi.

Toshkentda tundagi janjal oqibatida 5 kishi jarohatlandi
4 iyul 2024, 16:24

Toshkentda tundagi janjal oqibatida 5 kishi jarohatlandi

Sergeli tumanida o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar og‘zaki kelishmovchilik sabab janjallashdi. Tarmoqlardagi videoda voqea ishtirokchilaridan biri avtomobilni odamlar ustiga haydagani aks etgan. Oqibatda 5 kishi jarohat oldi, holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ushlandi.

Buxoroda to‘yi bo‘lgan 16 yoshli o‘g‘il va 17 yoshli qizning ota-onalari jarimaga tortildi
4 iyul 2024, 15:28

Buxoroda to‘yi bo‘lgan 16 yoshli o‘g‘il va 17 yoshli qizning ota-onalari jarimaga tortildi

Buxoroda to‘yi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari jarimaga tortildi. Bolalar ombudsmani nikoh yoshi talabining buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy kamol topish huquqlariga mutlaqo zidligini aytdi. Yil boshidan buyon sudlar tomonidan bu bo‘yicha 125 ga yaqin ish ko‘rib chiqilgan.

“Kobul bilan muloqotni saqlash butun mintaqa manfaatlariga mos. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda” — O‘zbekiston prezidenti
4 iyul 2024, 15:00

“Kobul bilan muloqotni saqlash butun mintaqa manfaatlariga mos. Tobora ko‘proq davlatlar buni tushunib yetmoqda” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitidagi nutqida “Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik” kodeksi, ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasida hamkorlikning “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, savdoni soddalashtirish bitimini ishlab chiqishni taklif qildi. “SHHT-Afg‘oniston” muloqotini tiklash muhimligi ta’kidlandi.

Tojikistondagi YTH oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
4 iyul 2024, 14:15

Tojikistondagi YTH oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Xo‘janddan Dushanbe shahri tomon harakatlangan Nexia 2 avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro — mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Belarus SHHTning 10-a’zosiga aylandi
4 iyul 2024, 12:16

Belarus SHHTning 10-a’zosiga aylandi

Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotining 10-to‘laqonli a’zosiga aylandi. Qaror SHHTning Ostonadagi sammitida ma’qullandi.

O‘FA Parij-2024 o‘yinlariga boradigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi
4 iyul 2024, 11:52

O‘FA Parij-2024 o‘yinlariga boradigan futbolchilar tarkibini e’lon qildi

O‘zbekistonning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga boradigan tarkibidan 23 nafar futbolchi joy oldi, ularning soni bittaga kamayishi mumkin. Shuningdek, tarkibda 3 nafar 23 yoshdan katta futbolchi — Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulovlar bor.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi
4 iyul 2024, 11:52

Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi.

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lish kerakligi belgilandi
4 iyul 2024, 10:53

Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lish kerakligi belgilandi

Umra tadbirlarini tashkil etish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Litsenziyani olish uchun BHMning 10 baravari miqdorida boj to‘lash kerak. Umra tadbirlarini litsenziyasiz amalga oshirish yoki litsenziyani qalbakilashtirish BHMning 200 baravarida jarimaga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi
4 iyul 2024, 10:35

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 95 tonna insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan O‘sh viloyati uchun 95 tonnali insonparvarlik yordamini yubordi. Uning tarkibida un, o‘simlik moyi, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar bor. Sel oqibatida hududda bir necha kishi vafot etgandi.

Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlari uchun tanlov e’lon qildi
4 iyul 2024, 10:29

Markaziy bank esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlari uchun tanlov e’lon qildi

“Davlat belgisi” DUK tomonidan esdalik tangalari va suvenir to‘plamlari dizaynlarining tanlovi e’lon qilindi. Komissiya dizayn loyihalarini o‘rganib chiqib, 15 ta g‘olibni tanlab oladi. 1-o‘rin uchun 20 mln, 2-o‘rin uchun 15 mln, 3-o‘rin uchun 10 mln va 4−15 o‘rinlarga 3 mln so‘mdan mukofot puli beriladi.

“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi
4 iyul 2024, 10:09

“Tashabbusli budjet”ning ikkinchi mavsumi 6-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2-mavsumi 6-iyuldan boshlanadi. Loyihalarni 26-iyulga qadar kiritish mumkin. Ushbu mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi
4 iyul 2024, 09:42

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

Prezident farmoni bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi. Uning tuzilmasidagi tashkilotlar va qo‘shimcha funksiyalar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga o‘tkazildi.

Andijon viloyati prokurori “Hududgazta’minot” AJ rahbari bo‘ldi
4 iyul 2024, 08:57

Andijon viloyati prokurori “Hududgazta’minot” AJ rahbari bo‘ldi

Andijon viloyati prokurori sifatida ishlab kelayotgan Marufxon Xodjayev “Hududgazta’minot” AJning yangi rahbari bo‘ldi. Kompaniya ochilganidan buyon unga Bahodir Eshmuratov raislik qilib kelayotgandi.

“O‘zbekneftgaz” shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neft zavodi qanchaga sotilgan?
4 iyul 2024, 00:01

“O‘zbekneftgaz” shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neft zavodi qanchaga sotilgan?

“O‘zbekneftgaz” UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i va Chinoz neftni qayta ishlash zavodini Daniyar Kamilov kompaniyasiga 519 mlrd so‘mga (42,3 mln dollar) sotgan bo‘lishi mumkin. Davaktiv va “O‘zbekneftgaz” haligacha kelishuv tafsilotlari haqida ma’lumot bermadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting