JCH-2022`ning 15-kunida nimchorak finali doirasida Fransiya — Polsha hamda Angliya — Senegal uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘z raqiblaridan ustun kelib, chorak finalda o‘zaro kuch sinashadigan bo‘lishdi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi. Dekabrda uning xotira kechasi o‘tkaziladi, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi, kitob-albom ham chop etiladi. Qolaversa, Musa Yerniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o‘rnatiladi.
Poytaxtda havo sovuq, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgan. «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilardan zarur bo‘lmasa shaxsiy mashinada yurmaslikni so‘radi. Piyodalar yo‘ldan kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘lishi aytildi. Ayrim avtobuslarning kelish vaqti ham cho‘zilishi mumkin.
5 dekabr kuni 07:07 da Andijon viloyatida yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Asaka tumanida bo‘lib, 3,4 magnitudani tashkil etdi.
Nukus voqealari yuzasidan sud majlisidan onlayn translyatsiya muzokaralar jarayoniga qadar to‘xtatildi. Bu guvohlar so‘roq qilinishi bilan bog‘liq, chunki guvohlar bir-birining ko‘rsatuvlarini eshitmasligi lozim.
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Temuriylar» mahallasida «zapravka» sabab aholi xonadonlarida gaz bosimi tushib ketgani aytilmoqda. Tuman gaz xodimlari esa gaz kelishini aytib, ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Toshkentdagi shoxobchalar oldida esa ichki ishlar xodimlari navbatchilik qilishni boshladi.
Havo keskin pasayishi ortidan shaharning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilyapti. Kommunal xizmatlar gaz zaxirasini barcha iste’molchilarga teng taqsimlashga urinmoqda, biroq resurslar yetishmayapti. Shu bois gaz «zapravka»lar vaqtincha yopiladi, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.
1 dekabrdan boshlab yashil va qizil yo‘lak tamoyili Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» yo‘l-patrul xizmati statsionar postida joriy etildi. Endi to‘lanmagan jarimasi bor, ortiqcha yukli, sug‘urta polisi muddati tugagan va boshqa kamchiliklari bor avtomobil haydovchilari Qamchiq dovonidan harakatlana olmaydi.
Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Shanba kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 162 nafarni tashkil etdi. Bu 21 fevraldan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘zgidromet Navoiy viloyatning shimoliy hududlarida anomal sovuq havo kuzatilayotganini ma’lum qildi. Xususan, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida −11…−14 daraja, Shimoliy Qizilqum hududlarida esa −20…−23 daraja sovuq harorat qayd etildi.
Shahrisabzda o‘quvchi qizlar yupun kiyingan holda hokimiyatning kechki tadbiriga jalb qilindi. XTV holatni hududdagi har bir mutasaddining aybi deya hisobladi. Shahar hokimligi esa qizlar ota-onalarning taklifi bilan tadbirda raqs tushganini bildirib, bu ularga «achchiq saboq bo‘lganini» ma’lum qildi.
“Aloqabankning” Zoomrad ilovasida siz depozitsiz va komissiyasiz Visa va Humo virtual kartalarini ochishingiz, xaridlar va xizmatlar uchun pul o‘tkazishingiz mumkin.
Tarmoqlarda Yangi Namangan tumani hokimi Jobir Abdullayevning tadbirkorni so‘kkani aks etgan audio tarqaldi. Viloyat hokimi o‘tkazgan odob-axloq qoidalari bo‘yicha muhokama yig‘ilishida hokimga «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi va barcha turdagi rag‘batlantirishlardan mahrum qilindi.
Toshkent viloyati Angren shahrida sobiq hokim yordamchisi ov quroli bilan o‘zini otib qo‘ydi. 4 farzandi bo‘lgan marhum oxirgi paytlarda otasining vafoti tufayli tushkun kayfiyatda yurgani aniqlandi. Holat bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
JCH-2022`ning dastlabki ikkita nimchorak finali uchrashuvlarida ko‘pchilik tomonidan kutilgan natijalar qayd etildi. Niderlandiya — AQSh bahsida 3:1, Argentina — Avstraliya o‘yinida esa 2:1 hisobi qayd etildi. Chorak finalda Niderlandiya va Argentina o‘zaro kuch sinashishadi.
UzAuto Motors 2023 yil oxirida Chevrolet Gentra (Lacetti) modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda Cadillac rusumli avtomobillar hamda yangilangan Equinox va Traverse krossoverlari savdosini boshlashni rejalashtirmoqda.
Toshkentda kvartiralarning 1 kv. metrining o‘rtacha narxi yil davomida 27 foizga o‘sib, o‘rtacha 1078 dollarga yetdi, deya xabar bermoqda PMTI tahlilchilari. Poytaxtning beshta tumanida ko‘chmas mulk narxi shahardagi o‘rtacha narxlardan ancha yuqori.
Tarmoqlarda Olmazor tumanida o‘ldirib ketilgan profilaktika inspektorini o‘z mashinasida ayol kishi bilan suhbatlashib o‘tirganida, ayolning eri rashkdan pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB marhum ayol chaqiruviga binoan borgani, qotillik mashinada emas, tayanch punktida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Oktabrda amputantlar o‘rtasidagi jahon kubogida 3-o‘rinni olgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kunida Cobalt avtomobillari bilan taqdirlandi. Avvalroq jamoa a’zolari 3-o‘rin uchun 10 mln so‘mdan pul mukofoti berilganiga norozilik bildirgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting