Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov paxta terimida majburiy mehnatga hamda budjet tashkilotlari xodimlaridan hasharchilar uchun pul yig‘ishga yo‘l qo‘ygan rahbarlarni «hech ikkilanmasdan zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortish» kerakligini ma’lum qildi.
Eronda 22 yoshli Mahsa Amini o‘limidan so‘ng davom etayotgan tartibsizliklarda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Huquq himoyachilarining fikricha, haqiqiy raqamlar bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Amnesty International kamida to‘rt bolaning o‘limi haqida xabar berdi.
Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlaridagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR hamda Zaporoje va Xerson viloyatlarida RF tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar natijalari sarhisob qilina boshlandi.
Erkin Rustamov iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha u Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 7,5 gektar maydondagi RK-2 markaziy qozonxonasiga yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalari o‘rnatiladi. Rekonstruksiya uchun Rossiyaning «SP OOO «BETWEEN TWO RIVERS» kompaniyasi 45 mln dollar investitsiya kiritadi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 24,36 so‘mga arzonlab, 11 024,92 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
NASA agentligining DART kamikadze-zondi Dimorf asteroidi bilan to‘qnashdi. Bu insoniyatning kosmik jismlarning trayektoriyasini o‘zgartirish va Yer sayyorasini himoya qilish borasidagi ilk urinishidir.
21 sentabrdan beri 98 mingga yaqin rossiyalik Qozog‘istonga keldi, 64,2 mingdan ortig‘i esa chiqib ketdi. «Bizga Rossiyadan ko‘plab odamlar kelmoqda. Ularning aksari yuzaga kelgan chorasiz vaziyat tufayli ketishga majbur. Biz ularga g‘amxo‘rlik qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Qozog‘iston prezidenti.
Hukumat davlat organlarining ma’lumotlar bazalariga kirishni ochdi. Tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi orqali pullik asosda olishlari mumkin.
Yengil atletika bo‘yicha IV Markaziy Osiyo ochiq chempionatida umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 79 ta medal — 25 ta oltin, 27 ta kumush va 27 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Turkmaniston jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Qirg‘iziston jamoasiga nasib etdi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida noyob kitoblar topildi. Ularning aksari Namangandagi Matbai Is’hoqiya va Toshkentdagi G‘ulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida inqilobgacha bo‘lgan davrda chop etilgan.
Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilingach, chaqirish yoshidagi erkaklar mamlakatni tark etishni boshladi. Ularning aniq sonini hozircha RF ham, qabul qiluvchi davlatlar ham e’lon qilgani yo‘q. «Novaya gazeta. Yevropa» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 260 mingdan ortiq bo‘lishi mumkin.
Markaziy bank o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursini yangilagandan so‘ng tijorat banklari dollarni oshirilgan qiymatda sota boshladi.
80 detsibelldan yuqori shovqinlar baland tovushdir. 30 detsibeldan ortig‘i sog‘liqni izdan chiqarishi mumkin. Atrofda bo‘layotgan to‘y va konsertlar, mashinalar shovqini va quloqchinlardagi ovoz esa 100 detsibellgacha yetadi. SSV «Gazeta.uz»ga baland ovozlar inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot berdi.
Namanganda simyog‘ochga chiqishga harakat qilgan 16 yoshli bolani 27 500 volt kuchlanishdagi elektr toki urdi. Shifoxonadagi muolajalardan so‘ng bemorning ahvoli yaxshilandi.
«Buxoro neft bazasi»ning sobiq bosh hisobchisi va boshqa mansabdorlari hujjatlarni qalbakilashtirgani va 8,5 mlrd so‘mlik neftni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Hozirda 7 mansabdor va moddiy javobgar shaxslarga jinoyat ishi ochildi.
Tarmoqlarda paxta terishga turli soha xodimlari majburiy jalb etilayotganiga oid xabarlar tarqaldi. Majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatdi. Majburiy mehnatga duch kelganlardan esa 1176 va 1092 ishonch raqamlariga murojaat qilish so‘ralmoqda.
O‘zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi.
Dog‘istonda safarbarlikka qarshi boshlangan va asosan ayollar ishtirok etayotgan namoyishlarda 101 kishi hibsga olindi. Yoqutistonda ham osuoxay xalq marosimi ko‘rinishida norozilik aksiyasi o‘tkazildi, unda 24 nafar ayol hibsga olindi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari chegaraning ayrim uchastkalari bo‘yicha yangi kelishuv loyihasini kelishishga kirishish imkonini beruvchi bayonnomani imzoladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Bishkekka boradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting