Arxiv

Ostonaga o‘z nomi qaytarildi, Qozog‘iston prezidenti bir muddatga saylanadi
17 sentabr 2022, 22:46

Ostonaga o‘z nomi qaytarildi, Qozog‘iston prezidenti bir muddatga saylanadi

Qozog‘iston poytaxti nomi yana Ostonaga o‘zgartirildi, mamlakat prezidenti esa qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar Qasim-Jomart Tokayev tomonidan imzolandi.

Jamoat transportida bepul yuradiganlar uchun cheklanmagan muddatga karta beriladi
17 sentabr 2022, 18:10

Jamoat transportida bepul yuradiganlar uchun cheklanmagan muddatga karta beriladi

1 yanvardan hududlarda bosqichma-bosqich shahar yo‘lovchilar transportida (taksilardan tashqari) bepul yuruvchi qatlam vakillari cheklanmagan muddatga imtiyozli transport kartasini oladi. Buning uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki yagona portalga murojaat qilish kerak.

Samarqandda sammit sabab yopilgan yo‘llar qayta ochildi
17 sentabr 2022, 15:46

Samarqandda sammit sabab yopilgan yo‘llar qayta ochildi

ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.

InfinBank`dan xalqaro moliyaviy xakerlar pul o‘g‘riladi
17 sentabr 2022, 15:37

InfinBank`dan xalqaro moliyaviy xakerlar pul o‘g‘riladi

3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank`dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan. «Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya ma’lum qildi bank matbuot xizmati.

O‘zbekistonliklarni Isroilda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlanishi mumkin
17 sentabr 2022, 14:05

O‘zbekistonliklarni Isroilda vaqtinchalik ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi xalqaro bitim tasdiqlanishi mumkin

Mehnat vazirligi Isroilda vaqtinchalik ishlash imkoniyatini ko‘zda tutuvchi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. Bitim imzolangan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari Isroilda dastlab qariya va nogironlarni parvarishlash, ikkinchi bosqichda esa qurilish va boshqa sohalarga jalb etiladi.

Maktab darsliklarini kim chop etadi, adadi va narxi qancha?
17 sentabr 2022, 13:59

Maktab darsliklarini kim chop etadi, adadi va narxi qancha?

XTV 53,57 mln nusxa maktab darsliklari, mashqlar daftarlari va o‘quv qo‘llanmalari (2021 yilda 28,49 mln) chop etish bo‘yicha tenderlar o‘tkazdi. 22 ta bosmaxona (12 ta) bilan tuzilgan bitimlar hajmi 964 mlrd so‘m. O‘tgan yilgidek umumiy tirajning chorak qismini Kolorpak chop etadi — «Gazeta.uz» tahlili.

Nima tayyorlaymiz: Tovuqli taomlar
17 sentabr 2022, 10:55

Nima tayyorlaymiz: Tovuqli taomlar

Sabzavotlar bilan pishirilgan, qovoqli tovuq sonlari, qaymoqli qaylaga ega, asal va soya bilan marinadlangan, pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi, tovuqli shaurma — Zira.uz tovuq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Rossiyada majburlab ishlatilgan 19 nafar o‘zbekistonlikning huquqlari tiklandi
17 sentabr 2022, 10:52 1

Rossiyada majburlab ishlatilgan 19 nafar o‘zbekistonlikning huquqlari tiklandi

Rossiyaning Nyagan shahrida ish beruvchi 19 nafar O‘zbekiston fuqarosining pasportini olib qo‘yib, o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatgan. Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganib, ularning hujjatlarini qaytarib oldi va huquqlarini tikladi.

Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi
17 sentabr 2022, 09:05

Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Armanistonni harbiy provokatsiyada aybladi. Shuningdek, u BMT Xavfsizlik kengashining ayrim rezolyutsiyalari samarasizligi haqida ham gapirdi. Armaniston Ozarbayjon hududini faqat SSSR chegaralaridagina tan olishga tayyorligini bildirdi.

Qirg‘iziston chegaradagi mojaro tufayli 136 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi
17 sentabr 2022, 00:47

Qirg‘iziston chegaradagi mojaro tufayli 136 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro davom etdi. Qirg‘iziston 136 mingdan ortiq fuqarosini evakuatsiya qildi, 87 kishi jabrlangan. O‘zbekistonliklar qirg‘izlarga non tarqatayotgani aytilmoqda. Tojikiston esa qirg‘iz tomoni jangovar vertolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum qilayotganini bildirgan.

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
16 sentabr 2022, 22:00

16 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Birgalikda SHHTni yangi marralarga olib chiqish mumkinligini aytgan Shavkat Mirziyoyev, Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklifi, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlarining chegaradagi vaziyat yuzasidan Samarqanddagi yuzma-yuz muzokarasi va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.

O‘zbekiston xavfsizlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini ilgari surdi
16 sentabr 2022, 18:22

O‘zbekiston xavfsizlik yo‘lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini ilgari surdi

O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida so‘zlagan nutqida Samarqand birdamlik tashabbusini e’lon qildi. “Undan maqsad — umumiy kelajagimizga befarq bo‘lmagan, ixtiloflarga qaramay kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor bo‘lgan barchani global muloqotga jalb qilishdir” — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p
16 sentabr 2022, 17:30

Yangi maktab darsliklari eskilaridan nimasi bilan farq qiladi? Farqlar juda ko‘p

Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning ta’kidlashicha, yangi darsliklar muloqot qilish, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan muzokara o‘tkazdi
16 sentabr 2022, 16:46

Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan muzokara o‘tkazdi

Emomali Rahmon va Sadir Japarov qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi. Ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.

O‘zbekistonning SHHT sammitidagi takliflari: iqtisodiy hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash
16 sentabr 2022, 16:18

O‘zbekistonning SHHT sammitidagi takliflari: iqtisodiy hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash

O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida yangi iqtisodiy muloqotini boshlashni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek birinchi transport forumini o‘tkazishni taklif qildi.

«Farovonlikka erishish uchun tajribalar o‘tkazishimiz va hamkorlik qilishimiz kerak» — Matilda Dimovska
16 sentabr 2022, 16:13

«Farovonlikka erishish uchun tajribalar o‘tkazishimiz va hamkorlik qilishimiz kerak» — Matilda Dimovska

Noaniqliklar sharoitida inson taraqqiyoti bo‘yicha yutuqlarga erishish qiyin vazifaga aylanishi mumkin. Tengsizliklarni bartaraf etish va odamlarning erkinliklarini kengaytirish orqali kelajakda ular farovon yashaydigan kelajakni qurish mumkin. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska intervyusi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi
16 sentabr 2022, 15:40

Axborot texnologiyalari sohasidagi investorlar va mutaxassislarga tavsiya berish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilariga tavsiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklif qilindi
16 sentabr 2022, 15:13

Termizda Afg‘oniston uchun gumanitar fond tashkil etish taklif qilindi

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasida gapirdi. Xususan, Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni Termizda — u yerdagi transport-logistika xabidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etishni taklif qildi.

Kinematograflar uyida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi
16 sentabr 2022, 15:00

Kinematograflar uyida Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilishi bo‘lib o‘tdi

«Ipak yo‘li durdonasi» kinofestivalining ochilishida o‘zbek va jahon kinosining 800 ga yaqin yulduzlari ishtirok etdi. Ular orasida Lyuk Besson, Sergey Bezrukov va Burak Ozchivit bor.

Qirg‘iz-tojik chegarasining butun perimetrlari bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
16 sentabr 2022, 14:59

Qirg‘iz-tojik chegarasining butun perimetrlari bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashib, chegara bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgani, bunda og‘ir harbiy qurollardan foydalanilgani aytildi. Tomonlar hodisada bir-birini aybladi. Keyinroq 2 davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting