USAID O‘zbekistonda qishloq hududlaridagi ayollar uchun tadbirkorlik o‘quv dasturini boshladi. Ushbu tashabbus doirasida 600 nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi.
Andijonda 5 nafar yigit ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani va tergov jarayonlarida ular qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda. Ayblanuvchilarning yaqinlari ularni 8−10 yillab ozodlikdan mahrum qilishmoqchiligi, tergov vaqtida esa kaltaklaganini qayd etishdi. Ombudsman vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.
«Lokomotiv» PFK futbolchisi Kaxi Maxaradze va erkin agent Yevgeniy Kochnev 2 gruziyalik bilan kelishib, totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani uchun O‘FA ikki futbolchini o‘yinlardan 5 va 3 yilga chetlashtirdi. Ular jarima ham to‘laydi.
Dam olish kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +27…+32 daraja atrofida bo‘ladi.
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida «O‘zbekfilmda» biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Rossiya hamda Qirg‘iziston tashkilotlari bilan bir qator memorandumlar imzolandi.
15 sentabr kuni Frankfurt — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan havo kemasida texnik nosozlik vujudga keldi, parvoz bekor qilindi. Yo‘lovchilar Frankfurtdagi mehmonxonaga joylashtirildi.
Qurilish, geoinformatika va shaharsozlik kadastri davlat loyiha-qidiruv ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zGASHKLITI) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi sotildi. Savdo g‘olibi SG ENGINEERING AND DEVELOPMENT MCHJ bo‘ldi.
Samarqandga kelgan davlat rahbarlari SHHT doirasida «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi. Keyin «Boqiy shahar» majmuasida O‘zbekiston prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi. Kun yakunida mushakbozlik uyushtirildi (foto).
Tarmoqlarda Oltiariq tumanida 41 nafar bog‘cha bolasi zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi 8 nafar bolada alimentar diareya aniqlanib, kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Boshqa bolalarda kasallik alomatlari aniqlanmagan, biroq 20 nafari shifoxonada kuzatuv ostida qolmoqda.
Samarqandda SHHTga a’zo davlat rahbarlarini qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev, sammit doirasida belgilangan hujjatlar, issiqxonalar uchun beriladigan kredit muddati uzaygani, Samarqand arxeologiya instituti ochilishi, tabiatga uchirib yuborilgan 7 dona itolg‘i qushlari va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin muzokaralar yakunlari bo‘yicha keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida mashinasozlik, kimyo, neft-kimyo va geologiya sohalarida 4,6 mlrd dollarlik sarmoyaviy bitimlar to‘plami imzolandi.
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko SHHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda mamlakat tashkilot bilan hamkorlikni rivojlantirishga 12 yil avval qaror qilganini ta’kidladi. «Bu bizning siyosiy, iqtisodiy va balki harbiy-siyosiy kelajagimizdir», — dedi Belarus prezidenti.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratdilar.
Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, «BEELAB» MCHJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTda mehmon sifatida ishtirok etish uchun kelgan Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda, jumladan, Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.
Toshkent shahrida 107,12 mlrd so‘mlik tender savdolari noqonuniy o‘tkazilgani aniqlandi. Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar orasida Olmazor tuman hokimligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari», «Uzbekistan Airways Technics», Ko‘zi ojizlar maktab-internati va boshqalar bor.
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari mamlakat va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Andijonda 4 ballik zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri sifatida Izboskan tumani qayd etildi.
Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Dastlab u Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, so‘ngra Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Unda Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish va savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekistondagi ayrim banklar norezidentlar uchun hisobraqam ochish bo‘yicha yangi talablarni joriy qildi. Endi hisobraqam ochish uchun ulardan 15 kun ichida doimiy ravishda mamlakat hududida bo‘lishi, talaba maqomini tasdiqlovchi yoki rasmiy ishga joylashganlik to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etishi talab etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting