Farg‘onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo‘shiq aytish taqiqlandi. Endi ijrochilar sahnada cholg‘uchilar bilan birga jonli ijroda kuylaydi. Shuningdek, viloyatda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo‘shiqchilar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Senatning 32 yalpi majlisida 2023 yil 1 yanvardan pensiyani hisoblashda bazaviy miqdorni 12 barobariga (3,8 mln so‘m) oshirish taklifi ma’qullandi. O‘zgarishlarni amalga oshirishda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,5 trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar talab etiladi.
Mirzo Ulug‘bek va Do‘rmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida ketayotgan avtobusda ertalab yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib keldi va 3 daqiqada vaziyatni bartaraf etdi. Avtobusning, asosan, motor qismi yonib zararlangan.
«Gazeta.uz» ofisi yonidagi xonadan vaqti-vaqti bilan qorovul Obidjon Rasulov ijrosidagi jonli maqomni eshitib qolishingiz mumkin. U boshlang‘ich maktabda musiqa o‘qituvchiligidan Islom Karimov qarorgohida qorovullikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Noyob hayot torlariga ega oddiy inson hikoyasini so‘zlab beramiz.
Senatda elektron firibgarlik va o‘g‘rilik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashga oid qonun ma’qullandi. Ular qayd etishicha, bu kabi jinoyatlar ortib bormoqda. Masalan, firibgarlik bilan bank kartalaridan pulni talon-toroj qilish bo‘yicha 7 oyda 1812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
14 sentabr kuni «Ipak yo‘li durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Chilonzor, Alisher Navoiy ko‘chalari qisman, Paxtakor ko‘chasi esa to‘liq yopiladi.
Toshkent hayvonot bog‘i Alatau laqabli jirafaning o‘lim sababini ma’lum qildi. O‘limga o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan timpaniya natijasida yuzaga kelgan miya ishemiyasi sabab bo‘lgan.
Gulnora Karimovaning Shveysariya banklarida qolgan mulklari, PZR-test topshiradigan SHHT sammiti delegatlari, avtomobilni boshqarish uchun elektron ruxsatnoma, Senat raisiga o‘rinbosar bo‘lgan Amanbay Orinbayev, SSV rahbari o‘rinbosariga tanbeh bergan Tanzila Norboyeva va boshqalar — «Gazeta.uz»da kun dayjesti.
Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev SHHTning asosiy kuchi uning qandaydir blok yoki yopiq tuzilma bo‘lishdan yiroqligida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand sammiti tashkilot xalqaro o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlik barpo etish uchun platforma ekanini isbotlashi kerak.
Toshkent viloyatida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Innovatsion vaksinalar markazi ochiladi. Loyiha qiymati 100 mln dollarni tashkil qiladi. Markazda yiliga 2 mlrd dollarlik gepatit A-B, papilloma, qizamiq, qoqshol va boshqa kasalliklarga qarshi 10 xil vaksina ishlab chiqariladi.
Maishiy, oshxona va kompyuter uskunalari bo‘lmagan tovarlar uchun muddat va miqdor bo‘yicha bojsiz import cheklovini bekor qilish taklif etilyapti (umumiy qiymati bo‘yicha esa cheklovlar saqlanib qoladi). Maqsad — jahondagi oziq-ovqat tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar bilan ta’minlash.
Senat raisi Tanzila Narbayeva Shaffof qurilish platformasidagi kamchiliklarni tanqid qildi. «Qanday qilib bitta firma 15 tadan, 20 tadan obyektni yutib olishi mumkin?», — deya savol berdi u. Qurilish vaziri o‘rinbosari esa pudratchilarga obyekt olish bo‘yicha limit o‘rnatmoqchiligini ma’lum qildi.
Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitida tashkilotga muloqot bo‘yicha oltita yangi hamkorni qabul qilish to‘g‘risidagi qaror ma’qullanishi kutilmoqda, ulardan to‘rttasi arab davlati hisoblanadi.
Yangihayot tumanidagi Tashkent Index majmuasida 10 ming talaba uchun vaqtinchalik yotoqxona hozirlanmoqda, ehtiyojga qarab joy 20 mingtagacha ko‘paytiriladi. Bu yerda oshxona, hammom va kir yuvish xonalari ham tashkil etilyapti. Ijara narxi, transport masalasi va qachon ko‘chib o‘tilishi — «Gazeta.uz» fotoreportajida.
Senatorlar yalpi majlisda tashqi mehnat migratsiyasiga oid qonunni rad etdi. Unda migrantlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatorida bo‘lishi va ularni soliqqa tortish qayd etilgandi. Qonunning biror moddasida esa fuqarolarni kasb yoki chet tillariga o‘qitish kiritilmagan, deya qayd etdi Senat.
Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainada jang qilgani aytilayotgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olingani aks etgan video tarqalgach, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi «batafsil va ishonchli ma’lumot» olish uchun mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.
Adliya vazirining o‘rinbosari Muzraf Ikramov Gulnora Karimovaning advokatlari sudda g‘alaba qozongani va $303 mlnlik mablag‘ni qaytarib olishi mumkinligiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud hali yakuniga yetmadi va O‘zbekiston tomoni Shveysariya organlari bilan tegishli choralarni ko‘rmoqda.
YUNESKO bosh direktori Odri Azule dunyoda 770 milliondan ortiq voyaga yetganlar o‘qish va yozishni bilmasligi haqida ma’lum qildi. Ularning 60 foizi ayollar hisoblanadi. Shuningdek, pandemiya natijasida 24 millionga yaqin o‘quvchi hech qachon maktab va boshqa ta’lim muassasalariga qaytmasligi mumkin.
Qozog‘iston parlamenti deputatlari poytaxt nomini Nursultondan Ostonaga o‘zgartirishni taklif qilishdi. Prezident Qasim-Jomart Toqayev shaharni avvalgi nomiga qaytarishni qo‘llab-quvvatladi. Endilikda konstitutsiyaviy qonun loyihasiga o‘zgartirish kiritiladi.
Samarqandda o‘tadigan SHHT sammiti mehmonlariga zaruriy tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun “1303” qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirildi, mehmonlarga 50 ta tibbiy brigada xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, chet ellik rasmiy delegatlar mehmonxonalarga joylashishidan oldin kovidga qarshi PZR-test topshiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting