Arxiv

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi
21 iyun 2024, 20:05

O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston elchisi ish boshladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning Toshkentga tashrifi arafasida Daadanxuu Batbaatar ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda
21 iyun 2024, 19:35

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida loyiha ofisi tashkil etilmoqda

Prezident qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Avvalroq sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida loyiha ofislari tashkil etilgan edi.

Ombudsman IIB binosiga olib ketilgan erkakning vafoti ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda
21 iyun 2024, 18:14

Ombudsman IIB binosiga olib ketilgan erkakning vafoti ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) Bekobodda “IIB binosiga majburiy olib ketilgan” aka-ukaga nisbatan kuch ishlatilganligi, ulardan birining vafoti holatini o‘rganmoqda. Vakil voqeaning barcha jihatlari qonun talablari doirasida ochiq va adolatli surishtirilishini so‘ramoqda.

Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?
21 iyun 2024, 16:57

Yevro-2024 stadionlari: ular bilan qanchalik tanishsiz?

Futbol bo‘yicha Yevro-2024 o‘yinlari Germaniyadagi 10 ta stadionda o‘tkazilmoqda. Ularning ayrimlari ishqibozlarga ancha tanish. “Taktika” jamoasi mazkur o‘yingohlar bo‘yicha jamlanmani taqdim etadi.

Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
21 iyun 2024, 16:09

Mo‘g‘uliston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23−26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Prezidentlar do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini ko‘rib chiqadi. U, shuningdek, Xiva shahriga ham boradi.

PISA doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi o‘rganildi. O‘zbekistonning natijalari
21 iyun 2024, 15:58

PISA doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasi o‘rganildi. O‘zbekistonning natijalari

15 yoshli maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) fikrlashini baholash bo‘yicha PISA-2022 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. O‘zbekiston eng past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.

Toshkentda ayol 2 o‘g‘lini tanishiga tashlab ketdi, ular bolalar uyiga joylashtirildi
21 iyun 2024, 15:48

Toshkentda ayol 2 o‘g‘lini tanishiga tashlab ketdi, ular bolalar uyiga joylashtirildi

Olmazor tumanida ayol ijtimoiy tarmoqda tanishgan boshqa ayolga ikki nafar farzandini tashlab ketib, 45 kun davomida xabar olmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Ona bilan aloqa o‘rnatilgan. U tashlab ketgan farzandlari bolalar uyiga joylashtirildi.

Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi
21 iyun 2024, 15:45

Armaniston Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

Armaniston Falastinni davlat sifatida tan olganini e’lon qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi “ikki davlat” tamoyilini Isroil-Falastin mojarosini hal qilishning yagona yo‘li deb atadi.

Toshkent viloyatida IIB binosiga olib ketilgan erkak vafot etdi
21 iyun 2024, 15:27

Toshkent viloyatida IIB binosiga olib ketilgan erkak vafot etdi

Bekobod tumanida ukasining sud majlisida janjal ko‘tarib, IIBga olib ketilgan erkak “binoga kirish yo‘lagida” hushini yo‘qotdi. Shifoxonaga olib borilganda uning vafot etgani aniqlangan. IIV buning favqulodda holat sifatida ko‘rilishi va har bir xodimning harakatlari sinchkovlik bilan o‘rganilishini bildirdi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (22−23-iyun)
21 iyun 2024, 15:15

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (22−23-iyun)

To‘qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, noyob buyumlar yarmarkasi, rumin va o‘zbek kostyumlari ko‘rgazmasi, teatr namoyishlari va ijodiy mahorat darslari hamda dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

1111: Asialuxe Travel band qilish va konsultatsiya uchun yangi qisqa raqamni taqdim etdi
21 iyun 2024, 15:00

1111: Asialuxe Travel band qilish va konsultatsiya uchun yangi qisqa raqamni taqdim etdi

Asialuxe Travel kompaniyasi mijozlarga sayohatlar va aviachiptalarni band qilishga, shuningdek, kecha-yu kunduz istalgan masalani operativ hal qilishga yordam beradigan yagona tarmoq raqamini ishga tushirdi.

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi
21 iyun 2024, 14:21

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi raisi bo‘ldi

Xalilillo To‘raxo‘jayev Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib saylandi. U bunga qadar Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimiga qayta tayinlandi
21 iyun 2024, 14:12

Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh prokuror lavozimiga qayta tayinlandi

2019-yildan beri bosh prokuror lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga lavozimiga qayta tayinlandi.

Internetda giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
21 iyun 2024, 13:27

Internetda giyohvandlik vositalari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni reklama qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

O‘zbekistonda internet orqali giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini tarqatganlik, reklama qilganlik hamda namoyish etganlik uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilamoqda. Tegishli qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. bo‘ldi
21 iyun 2024, 12:40

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” raisi v.b. bo‘ldi

Axmad Suvonqulov “O‘zsuvta’minot” boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Dam olish kunlari issiq harorat saqlanib qoladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
21 iyun 2024, 11:57

Dam olish kunlari issiq harorat saqlanib qoladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

22−23-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi, kechalari 20−25 daraja, kunduzi 34−39 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol kuchayishi ehtimoli bor.

Olimjon Umarov raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
21 iyun 2024, 11:11

Olimjon Umarov raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Olimjon Umarov O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U avvalroq ushbu lavozimda va bosh vazirning AKTni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ham ishlagan.

O‘zbekistonda 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topildi
21 iyun 2024, 10:54

O‘zbekistonda 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etilganini ma’lum qildi. Ular orasida “Farg‘onaazot” (superfosfat bo‘yicha), Gazli Gas Storage (tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish bo‘yicha) va boshqalar bor.

Toshkentda yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi
21 iyun 2024, 10:01

Toshkentda yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigit 15 sutkaga qamaldi

JIB Shayxontohur tumani sudi jamoat joyida yuzini tanib bo‘lmas darajada yopib yurgan yigitga nisbatan 15 sutka qamoq va 3,4 mln so‘m jarima belgiladi. Unga qo‘yilgan 3 ta huquqbuzarlik ayblovining bittasi ortiqcha rasmiylashtirilgan deb topildi.

Jizzaxda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi
21 iyun 2024, 09:16

Jizzaxda bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

G‘allaorol tumanidagi 16-bog‘chada tarbiyachi bolalarni haqoratlab, ularni oyoq kiyim bilan kaltakladi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting