Arxiv

Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
25 mart 2022, 15:33

Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2 maydan boshlab Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi. Reyslar haftasiga uch martadan amalga oshiriladi.

Davlat organlari 2021 yilda ko‘pincha davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamagan
25 mart 2022, 15:24

Davlat organlari 2021 yilda ko‘pincha davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlamagan

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat organlari ochiqligining monitoringi yuzasidan ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 135 ta davlat organidan 80 tasi (60 foizi) 2021 yilning IV choragidagi davlat xaridlariga oid ma’lumotlarni e’lon qilmagan. 204 ta tuman va shahar hokimliklarining 43 tasida esa veb-saytning o‘zi umuman ishlamaydi.

Farg‘ona viloyatida atmosferani ifloslantirayotgan 2 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
25 mart 2022, 14:53

Farg‘ona viloyatida atmosferani ifloslantirayotgan 2 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani hududidagi atmosfera havosida ammiak moddasi 4 ta nuqtada — 1,5 dan 23,6 martagacha, vodorod sulfidi moddasi 2 ta nuqtada — 3,2 dan 4,6 martagacha belgilangan me’yorlardan ortiqligi aniqlandi. O‘rganish yakunida sement va gips ishlab chiqaruvchi 2 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Buxoroda Hyatt mehmonxonasi ochiladi
25 mart 2022, 14:49

Buxoroda Hyatt mehmonxonasi ochiladi

2023 yilda Buxoroda O‘zbekistondagi ikkinchi Hyatt mehmonxonasi ish boshlaydi. Ushbu tarmoqning birinchi mehmonxonasi 2016 yilda Toshkentda ochilgan edi, joriy yilning mart oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uni sotish jarayoni boshlanganini xabar qildi.

Savdo-sanoat palatasiga rais tayinlandi
25 mart 2022, 14:16

Savdo-sanoat palatasiga rais tayinlandi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Davron Vahobov Savdo-sanoat palatasiga rahbar etib tayinlandi.

O‘zbekistonda Skype bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi
25 mart 2022, 13:19

O‘zbekistonda Skype bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi

O‘zbekistonda Skype shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzuvchilar reyestridan chiqarildi. AKT vazirligi ushbu reyestrga kiritilgan boshqa xizmatlarga taqiqni bosqichma-bosqich olib tashlash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini qayd etdi.

2023 yildan yangi qurilgan binolarda elektromobilni quvvatlash moslamalarini o‘rnatish majburiy bo‘lishi mumkin
25 mart 2022, 12:57

2023 yildan yangi qurilgan binolarda elektromobilni quvvatlash moslamalarini o‘rnatish majburiy bo‘lishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, 2023 yildan yangi barpo etiladigan turar va noturar tijorat ko‘chmas mulklarida elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatishni majburiy etib belgilash taklif etilmoqda. Qolaversa, Toshkent shahri va viloyatidagi barcha AGTKSH va AYOQSHlari elektromobilni quvvatlash stansiyalari bilan ta’minlanadi.

2030-yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklif etildi
25 mart 2022, 12:27

2030-yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklif etildi

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, vazirlik, idora va barcha budjet tashkilotlari xizmat mashinalarining 2025-yilgacha kamida 10 foizi, 2030-yilgacha 100 foizi elektromobillarga almashtiriladi. Qolaversa, “tez yordam” mashinalari ham 2023−2026-yillarda elektrda harakatlanuvchi transportga o‘zgartiriladi.

Shanba kuni yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, yakshanbada esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi
25 mart 2022, 12:11

Shanba kuni yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, yakshanbada esa yog‘ingarchilik to‘xtaydi

O‘zgidromet shanba kuni O‘zbekistonga yana nam va salqin havoning bir qismi kirib kelishini ma’lum qildi. Shu kuni respublikaning shimolidan boshqa barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni yomg‘ir to‘xtaydi. Dam olish kunlaridagi harorat +15 darajagacha isishi kutilmoqda.

MOBIUZ va Tashkent City bog‘i sotiladi
25 mart 2022, 11:29

MOBIUZ va Tashkent City bog‘i sotiladi

MOBIUZ, Tashkent City, «O‘zdonmahsulot» korxonalari va qator tijorat banklarining davlat ulushlari sotiladi. Shuningdek, vazirlik va idoralar, hokimliklarning 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.

Sherzod Shermatov — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida
25 mart 2022, 11:02

Sherzod Shermatov — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, IT-park rezidentlari 2028 yilgacha barcha korporativ soliqlardan ozod qilingan, qolaversa, bir qator soliq va bojxona imtiyozlari ham beriladi. Ishlash uchun ruxsatnoma olish tartibi esa bekor qilingan hamda 3 kun ichida «IT-visa» taqdim etiladi. O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar esa zarur infratuzilma bilan ta’minlanadi.

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi
25 mart 2022, 10:45

BMT Bosh Assambleyasi Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuzning gumanitar oqibatlari» rezolyutsiyasini qabul qildi. Uni 140 davlat qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va 4 davlat qarshi chiqdi. 38 davlat, jumladan O‘zbekiston betaraf qoldi. Rezolyutsiyada Rossiyadan harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, fuqaro obyektlari va aholiga hujum qilmaslik, shaharlar blokadasini to‘xtatish talab qilinadi.

Namanganda “Kalashnikov” avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
25 mart 2022, 10:12

Namanganda “Kalashnikov” avtomatini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namanganda muqaddam sudlangan shaxs Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgan AKS-74 jangovor o‘qotar qurolini sotmoqchi bo‘lganida ushlandi.

Test: Vokzalga qarab shaharni toping!
25 mart 2022, 10:11

Test: Vokzalga qarab shaharni toping!

Vokzal — sayyohlar shaharga kelishi bilan ko‘radigan va ularda taassurot uyg‘otadigan birinchi bino. 2000-yillar o‘rtasida Toshkent Shimoliy vokzali rekonstruksiya qilindi, natijada vokzal arxitekturasi oq alyukobond va ko‘k oynalar bilan «bezatildi» va bino to‘siqlar bilan o‘rab olindi. Poytaxt vokzalining yangi ko‘rinishi mamlakatdagi boshqa bekatlarga ham o‘rnak bo‘ldi. Bugungi kunda bizning vokzallarimiz bir-biriga juda ham o‘xshash. Siz ularni ajrata olasizmi?

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi
25 mart 2022, 09:48

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmaydi

Prezident qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda hokim qarori talab qilinmasligini ko‘zda tutgan farmonni imzoladi. Shuningdek, 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan migrantlarga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda alohida ustuvorlik beriladi.

24-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 mart 2022, 22:00

24-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Investorlar muvaffaqiyatini kafolatlashini aytgan prezident, yil oxirigacha o‘zgarmaydigan ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari, Autodriver Study atrofidagi voqealar, shakar narxi oshishiga “vahimachi tadbirkorlar” sababchi ekanligi, YPX xodimi suratini uning ruxsatisiz tarqatishni taqiqlash taklifi va boshqalar — “Gazeta.uz” ning 24-martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi
24 mart 2022, 19:02

Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

Chorshanba kuni Ukrainadan yana 146 nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetgaman bola va 2 nafar chaqaloq Polsha orqali olib kelindi. Evakuatsiya boshlangan kundan to hozirga qadar 27 ta aviareys yordamida jami 6030 nafar fuqaro vatanga qaytarildi.

Prezident YeTTB va OTB rahbarlarini qabul qildi
24 mart 2022, 18:13

Prezident YeTTB va OTB rahbarlarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil Reno-Basso xonim hamda Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masatsuga Asakavani qabul qildi. Uchrashuvlarda sheriklik munosabatlarini kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni tayyorlashga kelishib olindi.

Afg‘onistonda 6-sinfdan yuqori o‘quvchi qizlarning maktabga qaytishiga ruxsat berilmadi
24 mart 2022, 18:05

Afg‘onistonda 6-sinfdan yuqori o‘quvchi qizlarning maktabga qaytishiga ruxsat berilmadi

Afg‘onistondagi maktablar 23 mart kuni barcha o‘quvchilar — ham o‘g‘il, ham qiz bolalar uchun ochilishi kerak edi, biroq o‘qish boshlangan kuni 6-sinfdan katta o‘quvchi qizlarlarga darsga kirishga ruxsat berilmadi yoki dars boshlanganidan bir necha soat o‘tib ketish buyrug‘i berildi. «De-fakto hokimiyatning layoqatsizligi, ularning bir necha bor va’da berishiga qaramasdan, 6-sinfdan kattaroq qizlar uchun maktablar qayta ochilmasligi chuqur umidsizlikka tushirdi. Bu Afg‘onistonga jiddiy zarar yetkazadi», — dedi BMT Bosh kotibi.

Prezident investorlar bilan Surxondaryodagi 1,56 GVt quvvatga ega IES qurilishini boshlab berdi
24 mart 2022, 17:44

Prezident investorlar bilan Surxondaryodagi 1,56 GVt quvvatga ega IES qurilishini boshlab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini boshlab berdi. Quvvati 1,56 GVt va umumiy qiymati 1,2 mlrd dollar bo‘lgan IES oxirgi yillarda mamlakatda quriladigan eng yirik issiqlik elektr stansiyasi bo‘ladi. Loyiha Germaniyaning Siemens Energy, Fransiyaning YeDF va Niderlandiyaning Stone City Energy kompaniyalari tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting