Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yilgacha poytaxtda 1063 ta yangi avtobuslar harakatlanishni boshlaydi. Ulardan 53 tasi 2023-yilda harakatga tushiriladigan katta sig‘imli 18 metrli avtobuslar bo‘ladi. Ushbu “garmoshkali avtobuslar” poytaxtning 11 ta magistral yo‘nalishida harakatlanadi.
Toshkentda 2025 yilgacha 11 ta ko‘chada tezyurar avtobuslar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda faqat Farg‘ona yo‘li ko‘chasida avtobuslar yurishi uchun mo‘ljallangan, biroq mashinalar ham yuraveradigan yo‘lak mavjud. Transport boshqarmasi rahbari Anvar Jo‘rayev kameralar o‘rnatgan holda yo‘laklarning avtomobillardan holiligi ta’minlanishini ma’lum qildi.
Dam olish kunlarida quruq va biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Havo bahorgi qiymatlarga qadar isiydi, yakshanba kuni termometr ustuni +17 darajaga ko‘tariladi.
O‘zbekiston tentpegging federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu tashkilotning asosiy vazifasi mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat.
«Gazeta.uz» kommunal to‘lovlarni tashkilot kassalariga bormasdan, to‘lov ilovalari Click, PayMe va Apelsin orqali to‘lash haqida qo‘llanmani taqdim etadi.
Shavkat Mirziyoyev bugun Yangihayot tumani faollari bilan uchrashuvda jamoat transporti, xususan, tramvay haqida so‘z ochgan. Davlat rahbari tramvayni xavfsiz, ekologik toza transport deb atab, uni Toshkentga qaytarish qarorini «adolatli» deya baholagan.
Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi «Do‘stlik» mahallasiga tashrifi davomida ko‘p qavatli uyning devoriga chizilgan «Do‘stlik ramzi» muraliga e’tibor qaratgan. «Bu mural ham odamning kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi», degan prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «Do‘stlik» mahallasida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbati davomida tumanni obod qilish kerakligini aytdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 15,19 so‘mga pasayib, 10 841,22 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘zda haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket besh kun dam oladi.
Senator Sodiq Safoyev Xalqaro munozara klubidagi chiqishida mamlakatni modernizatsiya qilishning belgilarini sanab o‘tdi. «Zamonaviylashgan jamiyat doimiy taraqqiyotni ta’minlovchi ichki mexanizmlarga ega. Bu alohida shaxsga emas, tizim ishlashiga bog‘liq», — dedi u.
Qo‘qon shahrida «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi. U oldin ham «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun ikki marta jazo muddatini o‘tab chiqqan.
O‘zbekistonda Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi. Deputatlar tomonidan turizm vaziri sifatida Aziz Abduhakimov, sport vaziri sifatida esa Adham Ikramov nomzodlari ma’qullandi.
«O‘ztransgaz» respublikada kuzatilgan sovuq ob-havo tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida cheklovlar joriy etilishini ma’lum qildi. Jumladan, Farg‘ona vodiysidagi AGTKSHlar faoliyati 18 fevral kuni 14:00 dan 19 fevral 06:00 gacha vaqtincha to‘xtatildi.
1 noyabrgacha Toshkentning Amir Temur, Nukus, Mirobod, Shevchenko va boshqa ko‘chalarida (jami — 11 ta) avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik avtomobil to‘xtash joylari tashkil etiladi. Shuningdek, 5 yil ichida 80 ta ko‘p qavatli avtoturargohlar qurilishi rejalashtirilgan.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 272 ta holatda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu oldingi kunga nisbatan 31 taga ko‘p. Shu vaqtgacha sakkiz kun ketma-ket pasayish kuzatilayotgandi.
«Gazeta.uz»ga ma’lum bo‘lishicha, 2021 yilda bir oylik harbiy xizmatga borish uchun to‘lovlarni to‘liq amalga oshirgan chaqiriluvchi karantin choralari sababli 27 yoshga to‘lishidan oldin harbiy xizmatga safarbar qilinmagan. U Mudofaa vazirligidan harbiy xizmatni o‘tashga ruxsat berishni so‘ramoqda, chunki 2020 yilda vazirlik xuddi shunday vaziyatdagi 27 yoshdan oshganlarga harbiy xizmatga ruxsat bergan. Deputat Rasul Kusherbayev bunday fors-major holatlarda masala fuqaro foydasiga hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.
Toshkentning Gagarin ko‘chasida ham rekonstruksiya ishlari boshlandi. Bu yerda allaqachon yo‘lak plitalari olib tashlangan, uylarning fasadlari yangilanadi, o‘rindiqlar o‘rnatilib, yangi yashil maydonlar barpo etiladi. Gagarin maydoni Madaniy meros agentligidan ruxsat olinganidan keyin ta’mirlanadi.
Nasibulla Mo‘minov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, viloyatning Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.
Toshkent shahar «Yangi Sergeli» ko‘chasidagi yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in chiqdi. Hodisa natijasida do‘konning 900 kv.m maydonida ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting