Andijon viloyatidagi «Do‘stlik» chegara postida umumiy qiymati 862,8 mln so‘m bo‘lgan qariyb 6000 dona sovuq qurolning olib kirilishiga chek qo‘yildi.
«Agrobank» Qarshi filiali rahbari 1998 yilda «o‘lgan» deb topilgan fuqarodan tirikligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘radi. Bundan norozi fuqaro murojaat yo‘lladi. Bank holatga izoh berib, qonuniy hujjatlar bankka to‘liq taqdim etilgach, kredit ajratish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida mamlakatlarning eng muhim mintaqaviy va global muammolar bo‘yicha birlashgan pozitsiyalarini aks ettiruvchi deklaratsiya imzolanishi rejalashtirilmoqda — Vladimir Norov SHHT sammitida qanday masalalar ko‘rilishi haqida ma’lum qildi.
Andijon viloyatida «Bo‘z Iqbol chorvasi» kompaniyasi rahbari daraxtga osilgan holda topildi. Singlisining aytishicha, u bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullangan va muassasalar qarzlarini to‘lamagani uchun o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligi holatga izoh berdi.
Dam olish kunlari havo harorati tungi vaqtda +23 darajagacha tushadi, kunduzi esa +36 darajadan oshmaydi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi, cho‘l zonalarda esa chang-to‘zonlar ko‘tarilishi kutilmoqda.
Davlat ekologiya qo‘mitasi korxonalarda tekshirish o‘tkazish, davlat xizmatini ko‘rsatish va murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jami 831 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzgani aniqlandi. Biznes-ombudsman qo‘mitaning 99 nafar mansabdoriga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirdi.
Magistraturaga qabul uchun topshirilayotgan sertifikatlarning 70 foizi soxtalashtirilgan, deya tanqid qildi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov. U mas’ullarga qabul yakunida sertifikatlarni yana bir bor tekshirish, soxta hujjatlar topshirganlarni esa o‘qishdan chetlatish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Sariosiyo tumanida fuqaro o‘zining qarindoshini o‘ldirish uchun 50 mln so‘mga odam yolladi. Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gumondor kelishilgan puldan 1,8 mln so‘mini berganida ushlandi. Uning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, 10 yildan 15 yilgacha qamalishi mumkin.
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi yakunida Rossiya O‘zbekiston bilan Afg‘onistondagi mavjud voqelikni tan olish va hozirgi rahbariyat bilan shu haqiqatlarga asoslanib ishlash kerakligi borasida juda yaqin pozitsiyaga egaligini ma’lum qildi.
Termitlar dunyo bo‘ylab aholi uylari va tarixiy yodgorliklarga jiddiy zarar yetkazmoqda. Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi direktori «Gazeta.uz» bilan suhbatda termit qanday hasharot ekanligi, hukumat ushbu muammoga qarshi qay darajada kurashayotgani va yechimini kutayotgan masalalar haqida gapirdi.
O‘qishga hujjat topshirgan 1,2 mln nafar abituriyent, xalqaro plastik kartalardan pul yechishga komissiya o‘rnatayotgan banklar, AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi, yarim yilda javobgarlikka tortilgan 1785 nafar mansabdor shaxs, sel kelish xavfi, Gruziyaga sayohat va boshqalar — «Gazeta.uz» da kun dayjesti.
Shavkat Mirziyoyev va Sergey Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etish va iqtisodiy tiklanishiga ko‘makni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Samarqandda o‘tkaziladigan SHHT sammiti kun tartibini, shuningdek, kambag‘allikka qarshi kurashish, innovatsiyalar, muqobil energetika, bulutli texnologiyalar va IT sohasida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish va chakana savdo faoliyatini tartibga solish talablari soddalashtiriladi, sohadagi tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Adliya vazirligi DSQ va SES bilan birga 1 sentabrgacha tegishli hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 34,29 so‘mga arzonlab, 10 908,11 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida 174 mlrd so‘mlik 77 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotildi. Tuzilgan bitimlarning o‘rtacha qiymati 2,2 mln so‘mni tashkil etgan.
1 sentabrdan boshlab xususiy sektorda ishlovchi ayollarga ham davlat budjetidan 2 mln so‘m miqdordagi homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi. Buning uchun Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi. Avvalroq prezident ushbu maqsadlar uchun 170 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qilgandi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida $10 ming evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga, Sirdaryoda $5 ming evaziga Guliston davlat universitetiga kiritib qo‘yishga uringanlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Samarqandda esa soxta hujjatlar asosida Qozog‘istondan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
AQSh Senati Amerikaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi. Shu vaqtgacha mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Deniyel Rozenblyum esa mamlakatning Qozog‘istondagi elchisi bo‘ldi.
Xalqaro plastik kartalardan naqd pul yechib olish uchun «Kapitalbank» 0,7 foiz, «Ipak Yo‘li» banki esa 1 foiz miqdorda komissiya o‘rnatdi. Banklar buni naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish bilan izohladi. Iqtisodchi Otabek Bakirov qolgan banklar ham komissiya o‘rnata boshlashi mumkinligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting