18−24 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu tog‘larda bo‘lishi kutilayotgan yuqori issiq harorat foni hisobiga sodir bo‘ladi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet.
2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga umumiy qiymati 34,1 mln dollar bo‘lgan 1125 ta elektromobil olib kirildi. Import hajmi 4,5 barobarga o‘sgan.
Armanistonda o‘tgan 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida o‘zbekistonlik Aziza Abduvaliyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan O‘zbekiston bilan chegaradosh hududga uchinchi raketa hujumi uyushtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qoraqalpog‘istondagi fojiali voqealarni tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi ishonch telefonini ishga tushirdi. Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.
Jahon shaxmat reytingida o‘zbekiston ilk bor kuchli yigirmatalikka kirdi. Birinchi uchta o‘rinni AQSh, Rossiya, Xitoy egallab turibdi. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston — 37, Qirg‘iziston — 76, Tojikiston — 85, Turkmaniston — 116 — o‘rinda bormoqda.
SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonga koronavirus «omikron» shtammining yangi kichik turi kirib kelishi mumkinligini inkor etmadi. U kasallik omikronning boshqa kichik turlari bilan bir xil tarzda kechishi hamda mavjud vaksinalar kovidning barcha turlari asoratlaridan himoya qilishini ta’kidladi.
Bosh prokuratura Karate federatsiyasining sobiq rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ular hujjatlarni qalbakilashtirish va o‘ta yirik miqdorda budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari 18 iyuldan haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Favqulodda holat rejimida Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida taqdim etmaganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi, deb xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi.
Qashqadaryoda davlat organiga tegishli xizmat mashinasini davlat raqamisiz boshqargan haydovchi jarimaga tortildi. Avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi.
O‘zbekistonda iyun oyidagi xorijdan pul o‘tkazmalari miqdori rekordni yangilab, 2,34 mlrd dollarni tashkil qildi. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,25 martaga ko‘p.
Norvegiyada bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi Lazizbek Rajabboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
15 iyuldan «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsumiga start berildi. Bu safar qariyb 900 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda. Navbatdagi mavsumda har bir bosqichga 20 kundan — jami 60 kun muddat beriladi. Qoraqalpog‘istonda esa tashabbusli budjet jarayoni bir oy farq bilan o‘tkaziladi.
FVVning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hozirda Oqsuv-Ayuli kasalxonasida jarohatlangan besh nafar o‘zbekistonlik davolanmoqda.
Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev nomzodi ma’qullandi. Bungacha u qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sardor Umurzakov prezident Administratsiyasi rahbari lavomiziga tayinlandi, shu munosabat bilan u bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi.
IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi 24−28 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Forum mavzusi: «Rassom va jamiyat: kelajak san’ati konsepsiyasi». 2020 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli biyennale o‘tkazilmagandi.
“CSI” kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin riteylerlar nima uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Volgograd viloyatida tadbirkor o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kuch ishlatib, ularning hujjatlarini olib qo‘ygani va oylik maoshini ham to‘lmagani aniqlandi. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya huquq-tartibot organlari bilan ish beruvchini jinoiy javobgarlikka tortishga erishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting