Arxiv

«Yerusti halqa yo‘li»dagi metroning 5- va 7-bekatlari oralig‘ida vaqtincha avtobus qatnaydi
14 iyul 2022, 12:15

«Yerusti halqa yo‘li»dagi metroning 5- va 7-bekatlari oralig‘ida vaqtincha avtobus qatnaydi

Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi tufayli metro harakati vaqtincha to‘xtatildi va uning o‘rniga «Rohat 5-metro bekati — Qo‘yliq 7-metro bekati» oralig‘ida vaqtincha ikkita avtobus qatnaydi.

O‘zbekistonda gumondorlarga nisbatan elektron brasletdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi
14 iyul 2022, 11:45

O‘zbekistonda gumondorlarga nisbatan elektron brasletdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

2024 yil 1 dekabrga qadar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlab turilgan shaxslarning qochishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi
14 iyul 2022, 11:31

Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi

O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, ulardan 7 tasi Samarqanddagi «Muzeylar kvadrati»da joylashadi. Qo‘qonda Zamonaviy san’at muzeyi, Urganchda Lazgi muzeyi tashkil etiladi.

Iyun oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Bu nimaga bog‘liq?
14 iyul 2022, 10:45

Iyun oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Bu nimaga bog‘liq?

Iyunda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Biroq, aholida import tovarlar va birinchi galdagi zaruriy mahsulotlar narxi oshishi bo‘yicha xavotirlar kuchaygan. Qolaversa, ishbilarmonlar yoqilg‘i, import xomashyo va ehtiyot qismlar qimmatlashi oqibatida narx sun’iy ko‘tarilishidan xavotirda.

Xonandalar daromad solig‘ini deklaratsiya asosida to‘lash tartibi belgilandi
14 iyul 2022, 10:42

Xonandalar daromad solig‘ini deklaratsiya asosida to‘lash tartibi belgilandi

Prezident farmoni bilan xonanda va ijrochilarga daromad solig‘ini deklaratsiya asosida to‘lash tartibi belgilandi. Shuningdek, to‘yxona va restoranlarda xizmat ko‘rsatuvchi ijrochilar 2024 yil 1 yanvargacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Qirg‘izistonda maktab direktori lavozimida ishlash muddati cheklandi
14 iyul 2022, 10:29

Qirg‘izistonda maktab direktori lavozimida ishlash muddati cheklandi

Qirg‘iziston prezidenti davlat va munitsipal maktablari direktorlarini tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Maktab direktorlari 5 yil muddatga tayinlanadi, shundan so‘ng ular yana raqobatlashishi kerak bo‘ladi.

50 dan ortiq chegara bojxona postlarida elektron navbatlar joriy etiladi
14 iyul 2022, 09:41

50 dan ortiq chegara bojxona postlarida elektron navbatlar joriy etiladi

O‘zbekistondagi 50 dan ortiq chegara bojxona postlarida elektron navbatlar joriy etiladi, haydovchi o‘tkazish punktiga kelmasdan turib telefon orqali ham navbatga yozilishi mumkin. Bunda birinchi navbatda tez buziluvchan bo‘lgani uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ortgan avtomobillarga ustunlik beriladi.

JSST barcha mamlakatlarga niqob rejimini qaytarishni tavsiya qiladi
14 iyul 2022, 07:04

JSST barcha mamlakatlarga niqob rejimini qaytarishni tavsiya qiladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha hukumatlarni koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishining oldini olish uchun harakat qilishga chaqirdi. Niqob rejimi, masofa saqlash, tez-tez qo‘l yuvish, ko‘pchilik yig‘ilgan joylar va havo yaxshi aylanmaydigan xonalardan qochish tavsiya etildi.

13 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 iyul 2022, 22:00

13 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Qoraqalpog‘istonda qisqartirilgan komendantlik vaqti, 200 ming so‘mlik banknota, kutilayotgan jazirama kunlar, YPX postlarida jarimali transportlarning to‘xtatilishi, O‘zbekistonga keladigan Turkmaniston prezidenti, soxta eksponat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 13 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

YTH: Toshkentda elektrosamokatdan yiqilgan fuqaro shifoxonada olamdan o‘tdi
13 iyul 2022, 19:44

YTH: Toshkentda elektrosamokatdan yiqilgan fuqaro shifoxonada olamdan o‘tdi

Toshkentda elektrosamokat boshqaruvini yo‘qotgan fuqaro ariqqa yiqilib tushib, olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tokioga aviaparvozlarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda
13 iyul 2022, 19:34

Uzbekistan Airways Toshkentdan Tokioga aviaparvozlarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil martida to‘xtatilgan Toshkent — Tokio muntazam reysini qayta yo‘lga qo‘ymoqda.

Farg‘onadagi muzeyda 70 ta eksponat soxta bo‘lib chiqdi
13 iyul 2022, 19:01

Farg‘onadagi muzeyda 70 ta eksponat soxta bo‘lib chiqdi

Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 dona noyob eksponat qalbakilari bilan almashtirilgani aniqlandi.

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlaydi
13 iyul 2022, 18:14

«Humo» xokkey klubi Qozog‘iston chempionatida ishtirok etishni boshlaydi

Toshkentning «Humo» xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana Qozog‘iston Pro ligasida o‘ynashni boshlaydi. Jamoa koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda ishtirok etmayotgandi.

Jazirama issiqda qanday jon saqlash mumkin? — tavsiyalar
13 iyul 2022, 18:00

Jazirama issiqda qanday jon saqlash mumkin? — tavsiyalar

Jazirama issiq ko‘pchilikning hayotiga xavf solishi mumkin. Bunday sharoitda tanani, xonadonimizni qanday salqin holda saqlashimiz va sog‘lig‘imizni qanday himoya qilishimiz mumkin? «Gazeta.uz» ushbu maqolada bu boradagi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etadi.

YeTTB Samarqandga elektrobuslar xarid qilish uchun 95 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin
13 iyul 2022, 17:46

YeTTB Samarqandga elektrobuslar xarid qilish uchun 95 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin

YeTTB Samarqand shahri uchun elektrobuslar partiyasi, ular uchun quvvatlash shoxobchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini sotib olishga 95 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin.

Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi
13 iyul 2022, 17:44

Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi

Hukumat qarori bilan Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish, «ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot olib borish hamda xorijlik ekspertlar ishtirokida ilmiy anjumanlar tashkil etish maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi.

17−22 iyul kunlari harorat 47 darajagacha isib ketishi kutilmoqda — O‘zgidromet
13 iyul 2022, 17:35

17−22 iyul kunlari harorat 47 darajagacha isib ketishi kutilmoqda — O‘zgidromet

17−22 iyul kunlari O‘zbekistonning turli hududlarida havo xarorati +41 darajadan +47 darajagacha, xususan, Toshkent shahrida +45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Buni sinoptiklar mintaqadan jaziramani «surib haydab yuboradigan» sovuq antitsiklon oqimlari mavjud emasligi bilan izohlashmoqda.

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi
13 iyul 2022, 17:03

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat rejimi yumshatildi

Qoraqalpog‘istonda komendantlik vaqti 23 dan soat 5 ga qadar etib qisqartirilmoqda, bunga qadar soat 21 dan soat 7 gacha edi. Respublikadagi vaziyat barqarorlashgani tufayli prezident hududda favqulodda holat rejimini yumshatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Yevro kursi tushishda davom etmoqda, dollar esa yana ko‘tarildi
13 iyul 2022, 16:38

Yevro kursi tushishda davom etmoqda, dollar esa yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,91 so‘mga qimmatlab, 10 935,19 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

Andijon hokimi qarorida qanday qilib vazirlarga topshiriq ketgani tushuntirildi
13 iyul 2022, 15:42

Andijon hokimi qarorida qanday qilib vazirlarga topshiriq ketgani tushuntirildi

Andijon viloyati hokimi prezident qarori bandlari ko‘chirilgan hujjatni imzoladi, buning oqibatida u bir qancha vazirlar va Toshkent shahar hokimiga topshiriq bergandek tasavvur uyg‘otdi. Viloyat adliya boshqarmasi bu qanday sodir bo‘lgani va hujjat nega huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganini tushuntirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting