Shavkat Mirziyoyev o‘lim jazosini qaytarish haqidagi takliflarga qo‘shilmasligini aytib, uni taqiqlash to‘g‘risidagi normani Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi. «Chunki yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqidir», — dedi u.
Dushanbadan chorshanbagacha respublikaning turli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va do‘l yog‘adi, harorat esa +23…+28 atrofida bo‘ladi. Ayrim tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi mavjud. O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi va harorat +39 darajaga ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Yakshanba kuni yana 93 kishining koronavirusga topshirgan PZR-test tahlili musbat natijani ko‘rsatdi. Shanba kuni esa 108 kishida virus aniqlangandi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, hozirda 2 mingdan ortiq bemor kovidga qarshi davolanmoqda.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Osiyo kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va jamoasi faqat g‘alaba uchun maydonga tushganini aytdi. Kapadzening so‘zlariga ko‘ra, jamoa bu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchayadi va Osiyo chempioni bo‘lishdek maqsadiga erishadi.
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy islohotni o‘tkazish zaruratiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi tahlikali zamonda O‘zbekistonda insonning yuksak o‘rni va qadrini, mamlakat uchun qanday qadriyat va manfaatlar ustuvor ahamiyatga ega ekanligini «Konstitutsiyada aks ettirish — davr taqozosidir».
Andijon shahar sobiq hokimi Bahrom Haydarov hibsga olingach uning imzosi bilan 26 ta hujjat tasdiqlangandi. Shaharning yangi hokimi Gofurjon Abdurahmonov mazkur hujjatlarni, qolaversa, sobiq hokim imzolagan yana 4 ta hujjatni bekor qildi. Ularning asosiy qismi yer maydonini auksionga qo‘yish bilan bog‘liq.
Andijon shahridagi xonadonlarning birida ikki nafar voyaga yetmagan fuqaroning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni viloyat prokurori o‘z nazoratiga oldi.
Yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Hodisa oqibatida Bangladesh va Hindistonda kamida 42 kishi vafot etgani aytilmoqda.
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonda muvaqqat hukumat TIV rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Yakshanba kuni Toshkent shahar hokimligi kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirdi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalarni qo‘ymaslik so‘ralmoqda.
Malayziyaning PETRONAS kompaniyasi HSE bosh menejeri Nafisa Xodjayeva — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Undan shifokorlik amaliyotini nima uchun tark etgani, korporatsiyada gender tengligiga munosabat qandayligini bilib oldik, shuningdek, yoshlarga maslahatlar berishini so‘radik.
Surxondaryodagi to‘yda kelinni urgan kuyov jazodan qutulib qoldi. Sud kelinning da’vo va arizasi yo‘qligi sababli ma’muriy jazo qo‘llamadi.
«Milliy» stadionida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bahsida jamoat tartibini buzgan muxlislar uchta modda bilan javogarlikka tortilishi mumkin. Shuning uchun, ishqibozlardan «hakamlarga, futbolchilarga, jumladan, raqib jamoaga, texnik xodimlarga hurmat ko‘rsatish zarurligi» eslatib o‘tildi.
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni yoshlari o‘rtasidagi Osiyo kubogi finaliga qiziqish musobaqa O‘zbekistonda o‘tayotganini inobatga olganda anchagina yuqori. Tashkilotchilik darajasi shunga mosmi? Final chiptalari mojarosi hal bo‘ldimi? O‘zi nima shovqin? «Gazeta.uz» voqealar rivojini bir joyga to‘pladi.
Yakshanba kuni futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi final uchrashuvi o‘tkazilishi munosabati bilan soat 12:00 dan 00:00 ga qadar Toshkentdagi «Milliy» stadioni atrofidagi ko‘chalar avtotransport vositalari uchun yopiladi.
Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov avtomobil oynalarni qoraytirish bepul bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. So‘nggi haftalarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #tonirovka_jinoyat_emas xeshtegi ostida video joylashni boshlashdi.
27−29 may kunlari ayol dasturchilar uchun TumarisHack onlayn-hakatoni bo‘lib o‘tdi.
Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment hamda bosh vazirga ishonchsizlik votumini e’lon qilish tartibini joriy etish, bodikamerasi yo‘q ichki ishlar xodimining maqomini oddiy fuqaroga tenglashtirish, o‘zbek tilini bilishni majburiy qilish — Konstitutsiya bo‘yicha ayrim takliflar «Gazeta.uz» materialida.
Adliya vazirligi nikoh tuzish va ajrimlar bo‘yicha arizalarni eksperiment tariqasida DXMlar orqali qabul qilish taklifini bildirmoqda. Qolaversa, bola tug‘ilganda tug‘ruqxona beradigan QR-kodli ma’lumotnomani metrikaga tenglashtirish kutilmoqda. Hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting