Davlat OTMlarini xususiylashtirish bo‘yicha jarayon hali ham boshlanmagan. Oliy ta’lim vazirining fikricha, «bunga hali tayyor emasmiz». «Chunki juda ko‘p davlat tashkilotlari orasida xususiylashtirilgandan keyin ish bermagani ham bor… 2023 yildan boshlab kirishish niyatidamiz», — dedi Abduqodir Toshqulov.
Dam olish kunlari havo harorati +34…+39 darajagacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqoriroq. Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayadi.
Payshanba kuni O‘zbekistonda 59 kishida (poytaxtning o‘zida — 45 kishida) koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu mart o‘rtalaridan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ketma-ket uchinchi kun kovid statistikasida o‘sish kuzatilmoqda.
Hozirda Rossiyada Markaziy Osiyodan 4 millionga yaqin, jumladan, O‘zbekistondan — qariyb 2 million mehnat migrantlari faoliyat yuritadi. XMTning qayd etishicha, Rossiya iqtisodiyotining qisqarishi migrantlarning daromadlari va ularning mamlakatlaridagi iqtisodiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.
O‘zbekistonlik sportchi Nigora Suvonova og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida uchta kumush hamda Abrorbek Ma’rufbekov bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy qilinadi. Tibbiy brigada bemorning ahvoli va kasallik turiga qarab, tuman va hududidan qat’i nazar unga yaqin masofadan yuboriladi. Markaziy shifoxonalarda esa tun-u kun ishlaydigan shoshilinch qabul bo‘limlari tashkil etiladi.
1946 yil AQSh diplomati Jorj Kennanning «Uzun telegrammasi»da Sovet Ittifoqi siyosiy tizimiga berilgan ta’rif hali ham dolzarb bo‘lishi mumkin. Sovetlarning faqat kuch tilini tushunishi, tashqi dunyo haqida obyektiv ma’lumotga ega bo‘lmagan Stalin, yengish oson bo‘lgan propaganda — hujjatdagi qiziqarli fikrlar.
Agar yangi Konstitutsiya qabul qilinsa, hamma qatori prezident Shavkat Mirziyoyevga ham saylovlarda qatnashish imkoni yaratib beriladi, dedi Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev. U Shavkat Mirziyoyevning «hokimiyatga tish-tirnog‘i bilan yopishib olgan siyosatchi emas"ligini qo‘shimcha qildi.
«Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi qonun Milliy gvardiyaga bu boradagi davlat siyosatini amalga oshirish huquqini berdi. Hujjat bilan qurol-yarog‘ va maxsus texnikani qo‘llash shartlari ham belgilab qo‘yildi.
OTMlar uchun qabul kvotalari, hujjat topshirish sanasi, magistraturaga yiliga 2 marta qabul o‘tkazilishi, Kelin-kuyov mojarosidan keyin ayollarga zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiradigan Senat, hibsga olingan Agrar universitet rektori va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 16 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 21−22 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelishi kutilmoqda.
Senat raisi Tanzila Narbayeva AQSh davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya, Demokratlar partiyasidan kongressmen Ami Bera va AQShning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasining katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan uchrashdi.
Iqtisodiyot tarixida giperinflyatsiya holatlari ko‘p bor yuz bergan. Ammo bu kabi holatlar hozirgi kunda ham turli mamlakatlarda ro‘y bermoqda. Pulning qadrsizlanishi, aynan hozirgi xalqaro vaziyat fonida yana dolzarb mavzuga aylanmoqda.
IIV Kiberxavfizlik markazi rahbari so‘nggi uch yilda kiberjinoyatlar soni 8,3 baravarga ortib ketganini ma’lum qildi. «Hozirgi kunda bank mijozlarining shaxsiy ma’lumotlarini olgan holda mikrokredit rasmiylashtirish holatlari juda kuchayib boryapti», — dedi Behzod Mamajonov.
1 iyundan parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oygacha revolver kreditlar ajratiladi. Bundan tashqari, parrandachilik xo‘jaliklariga davlat tomonidan imtiyoz va subsidiyalarni my.vetgov.uz sayti orqali berish yo‘lga qo‘yilmoqda.
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.
Toshkent davlat agrar universiteti sobiq rektori Botirjon Sulaymonov moliyaviy va qabul bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov u hibsga olinganini ma’lum qildi. «Xatoliklar bo‘lmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta ish bo‘lmas edi», — dedi vazir.
Xorijdagi ta’lim muassasalaridan O‘zbekistondagi davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish taqiqlandi. Talabalar turmush qurganda, davlat xodimining ish joyi boshqa hududga ko‘chirilganda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Samarqanddagi shifoxonalardan birida ayol 1,5 yoshlar atrofidagi farzandini uxlamagani uchun qattiq siltab, bir necha bor kaltakladi. Viloyat IIB ayol ruhiy sog‘lomligi, biroq, voqea paytida stress va asabiy holatda bo‘lganini ma’lum qildi. Unga nisbatan qiynash moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda dala maydonida ona-bola birgalikda boshqa bir ayolni «samosud» qilgani aytilmoqda. Videoda yigit tokqaychi ushlab olgani, ayol esa jabrlanuvchining bosh qismiga urayotganini ko‘rish mumkin. Samarqand viloyat IIB hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting