Arxiv

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi
14 iyun 2022, 14:27

Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri bo‘ldi

Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi
14 iyun 2022, 14:09

Birjada shakar narxi 26,1 foizga arzonlashdi

Birjadagi uch savdo kuni yakunlari bo‘yicha shakarning o‘rtacha narxi 26,1 foizga — 1 kg uchun 10,7 ming so‘mgacha tushdi. Shu bilan birga, shakar zavodlari mazkur davrda taklif hajmini oshirmadi.

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14 iyun 2022, 13:40

Qarshi davlat universitetiga $10 ming evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ikki nafar abituriyentni Qarshi davlat universitetiga 10 ming dollar evaziga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushbu pullarni olganida qo‘lga tushdi. Surxondaryoda esa Pedagogika kolleji direktori o‘rinbosari 5 mln so‘m evaziga o‘qishga qabul qilishini aytib, 100 dollar olganida ushlandi.

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda
14 iyun 2022, 13:31

Toshkentdan tezyurar elektrichkalar qatnovini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda

Prezident Toshkentdan Xojikent, Bekobod va Angren yo‘nalishida zamonaviy tezyurar elektropoyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari huzuridagi taqdimotda hozirgi poyezdlar parki eskirgani va yo‘lovchilar oqimiga bardosh bera olmasligi ta’kidlandi.

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
14 iyun 2022, 12:43

Qozog‘istondan 31 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 51 nafar xorij fuqarosi dorivor kavraklarni yig‘ish bilan shug‘ullangani aniqlandi, ularning 31 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Sud qarori bilan ular migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilindi.

O‘zbekiston Antigua va Barbuda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
14 iyun 2022, 12:37

O‘zbekiston Antigua va Barbuda bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Antigua va Barbuda O‘zbekiston diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi.

Qon topshir, hayotni saqla
14 iyun 2022, 12:23

Qon topshir, hayotni saqla

Qon hamma joyda kerak, ammo unga muhtojlar qonni hamma joyda ham ololmaydi. «Qon topshirish — birdamlik harakatidir. Donorga aylaning va hayotlarni saqlab qoling» — bu Butunjahon donorlar kuni chaqiruvidir. O‘zbekistonda qon topshirish mumkin bo‘lgan manzillar — «Gazeta.uz» materialida.

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin
14 iyun 2022, 12:07

Hafta o‘rtasida poytaxtda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Toshkentda chorshanba-payshanba kunlari ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lmagan 4 ballik magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ron vaqtida arterial gipertoniya va bronxial astma bilan og‘rigan odamlar ko‘proq aziyat chekadi, shu bois bu vaqtda kamroq harakat qilish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
14 iyun 2022, 12:03

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash o‘yinlari yakuniga yetmasdan turib, muddatidan ilgari Osiyo kubogi-2023 yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda
14 iyun 2022, 11:21

Transplantatsiya sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik joriy etilmoqda

Senat inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirish sohasidagi qonunchilik normalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi. Senatorlar a’zo va to‘qimalarni olish maqsadida odam o‘g‘rilash yoki odam savdosi xavfi bilan bog‘liq vatandoshlarning qo‘rquvi haqida ham so‘z yuritishdi.

Tojikistonga $356 mingni yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi
14 iyun 2022, 10:30

Tojikistonga $356 mingni yashirincha olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi

Bekobodlik ikki nafar ayol 356 ming dollarni kiyimlari orasiga yashirgan holda Tojikistonga olib chiqishga uringanida qo‘lga olindi. Ular bu ishni xizmat haqi evaziga tojikistonlik fuqaro iltimosiga ko‘ra amalga oshirgani aytilmoqda. Hozirda pullarning haqiqiy egalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonlik sportchi Parij paralimpiadasi uchun ilk litsenziyani qo‘lga kiritdi
14 iyun 2022, 09:56

O‘zbekistonlik sportchi Parij paralimpiadasi uchun ilk litsenziyani qo‘lga kiritdi

Server Ibragimov para o‘q otish bo‘yicha Jahon kubogi bahslarida bronza hamda kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, u O‘zbekiston delegatsiyasiga Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari uchun birinchi litsenziyani taqdim etdi.

Dunyoda yadro zaxiralari o‘sishi mumkin, 9 yadro derjavasi qurollarini modernizatsiya qilmoqda — SIPRI
14 iyun 2022, 08:33

Dunyoda yadro zaxiralari o‘sishi mumkin, 9 yadro derjavasi qurollarini modernizatsiya qilmoqda — SIPRI

Sovuq urush tugaganidan so‘ng yadro arsenallarini qisqartirish to‘xtatildi, to‘qqizta davlat yadro arsenallarini modernizatsiya qilmoqda. Stokgolm tinchlik tadqiqotlari instituti (SIPRI) o‘zining yillik «Qurollanish, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik» sharhida ularning zaxiralari va siyosatlarini tahlil qildi.

Ochiq ma’lumotlarni oshkor etmagan davlat xizmatchilari jarimaga tortiladi
13 iyun 2022, 23:51

Ochiq ma’lumotlarni oshkor etmagan davlat xizmatchilari jarimaga tortiladi

Senatorlar davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi tuzatishlarni ma’qulladi. Endilikda davlat organlarining mas’ul xodimlari ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni e’lon qilmasa, 3 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.

Toshkent yerusti halqa metrosining 2-bosqichi qachon tugaydi va bu qanchaga baholanmoqda?
13 iyun 2022, 23:29

Toshkent yerusti halqa metrosining 2-bosqichi qachon tugaydi va bu qanchaga baholanmoqda?

Yer usti metrosining 2-bosqichi qurilishi 2023 yil mart oyida yakunlanishi kutilmoqda. «Qo‘yliq»dan «Quruvchilar» massivigacha bo‘lgan 5 ta bekatni yil oxirigacha, yana 2 bekatni «Navro‘z» bayramiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Kichik biznesga kreditlarni to‘lashda yordam beriladi
13 iyun 2022, 22:15 1

Kichik biznesga kreditlarni to‘lashda yordam beriladi

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik biznes subyektlariga kreditlar va lizing shartnomalari bo‘yicha foizlarning bir qismini to‘lash uchun kompensatsiyalar hamda kreditlar bo‘yicha kafolatlar beriladi.

Uzum ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
13 iyun 2022, 22:06

Uzum ko‘chatlarini shpalerga ko‘tarish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan xo‘raki va kishmishbop tokzorlarni barpo etgan talabgorga Bog‘dorchilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, sanoatbop tokzorlarni barpo etganga esa Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan bir martalik subsidiya beriladi.

13 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 iyun 2022, 22:02

13 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Alkogol va tamaki bo‘yicha qonunni rad etgan Senat, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi 3-tunnel topilgani, otasi va akasini bolg‘a bilan o‘ldirgan samarqandlik o‘g‘il, suv bosgan «O‘rikzor» bozori, kaltaklangan Sevimli muxbiri va operatori va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 13 iyundagi xabarlar dayjestida.

Oziq-ovqat inqirozi — bugun va ertangi kun
13 iyun 2022, 19:30

Oziq-ovqat inqirozi — bugun va ertangi kun

Dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi boshlandi. Endi vaziyat yomonlashib boraveradimi? Bizni qanday ssenariylar kutmoqda? Vaziyat qachon o‘nglanishi mumkin? «Gazeta.uz» ushbu maqolada bu boradagi turli tahlillar va fikrlarni sizning e’tiboringizga havola etadi.

Buyuk Britaniya eksport vaziri Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi
13 iyun 2022, 19:23

Buyuk Britaniya eksport vaziri Toshkentda muzokaralar o‘tkazdi

Buyuk Britaniya eksport vaziri Mayk Friyer Toshkentga tashrif buyurib, ITSV, Moliya vazirligi, OTMK va Uzbekistan Airports bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ularda O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun investitsiya jalb qilish, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting