O‘zgidromet rahbarining birinchi o‘rinbosarining fikricha, qurilishlar sabab O‘zbekistonda havo ifloslanishi muammolardan biriga aylanib bormoqda. “Qurilishlar baribir bir kun to‘xtaydi. Mutaxassis sifatida aytaman, 5−10 yildan keyin shahar havosi yaxshi bo‘ladi”, — dedi Ibratjon Karimov.
Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, mart-aprel holatiga O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sdi. «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu tendensiya kelgusi oylarda o‘zgarishi mumkin.
Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Shunday qilib, O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga yetdi.
O‘zbekistonga kelayotganlar uchun bekor qilingan koronacheklovlar, Qatar bilan yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnov, hibsga olingan Andijon shahar hokimi, o‘qishni ko‘chirish talablarini aytgan Abduqodir Toshqulov, 3 yilga qamalgan Ped. universitet «zamdekani» va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 iyundagi xabarlar dayjestida.
Buxoroda mehmonxona, oshxona, savdo do‘konlarining tom qismida, shuningdek, markaziy ko‘chalardagi davlat organlari binolarining birinchi qavatlarida restoran va kafeteriylar tashkil etilmoqda. Prezident mazkur tajribani butun respublika, jumladan, Toshkentda ham tatbiq etishni topshirdi.
Zakarpatyaga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan yana bir insonparvarlik yuki — qiymati 1 mln dollardan ziyod 19 tonnadan ortiq dori-darmon yetib bordi.
Apple yangi dizayndagi MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari, yangi operatsion tizimlar, Watch OS 9 soatlari hamda uzoq kutilgan M2 protsessorini taqdim etdi.
Prezident O‘zbekiston aeroportlariga investorlarni jalb etish, respublika hududlari o‘rtasida havo, temir yo‘l va avtomobil qatnovlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni qoniqarsiz deb baholadi. Transport vaziri «oxirgi marta ogohlantirish» oldi.
Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan Qirg‘izistondan O‘zbekistonga olib o‘tuvchi 155 metrlik maxfiy tunnel topildi. Bundan oldin ham O‘sh viloyatidan Andijonga o‘tish mumkin bo‘lgan 270 metrlik tunnel aniqlangandi.
Prezident O‘zbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Hujjat aviaqatnovni tashkil etishdan tashqari, aviakompaniyalarga bojxona yig‘imlari va soliq to‘lovlaridan ozod etuvchi imtiyozlarni nazarda tutadi.
Toshkent shahridagi Yangiobod bozorining mas’ul xodimlaridan biri tadbirkorga xaridorlar gavjum joydan noqonuniy tarzda savdo do‘koni olib berishga uringani aytilmoqda. U buning evaziga 10 ming dollar talab qilib, shundan 8,5 ming dollarini olganida ushlangan.
Avstriyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ochiq chempionatida uch nafar o‘zbekistonlik yosh dzyudochilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Talabani zo‘rlashga uringanlikda gumonlangan TDPU sobiq dekan o‘rinbosari ishi bo‘yicha sud yakuniga yetdi. Sud ayblanuvchi B.Yu.ni qizning nomusiga tekkanlik fakti bo‘yicha oqladi. Biroq, u talabani derazadan itarib yuborganlikda aybli deb topildi va 3 yilga qamaldi.
Prezident yer maydonlarini auksionga qo‘yishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan Navoiy, Shahrisabz, Qo‘qon shaharlari, Bo‘stonliq, Bekobod, Kitob, Uzun tumanlari hokimlariga oxirgi marta “hayfsan” berdi. Ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi.
Oliy ta’lim vaziri endi faqat ikki toifadagi talabalarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilishi, qolgan hollarda esa akademik mobillik qo‘llanilishini ta’kidladi. «Talaba turmush qursa va davlat xizmatchisi boshqa ish joyiga o‘tsa, vazirning xati bilan ko‘chirishga ruxsat beriladi», — dedi Abduqodir Toshqulov.
«Agrobank» ning yangi — Agromarkaz va Agrozamin-O‘zimizniki loyihalari — fermerlar va tomorqa yer egalariga mo‘ljallangan.
10 iyundan boshlab O‘zbekistonga kirib keluvchi ham xorijlik, ham mahalliy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar, jumladan, manfiy natijali PZR-test hamda kovidga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talabi bekor qilindi.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining «G‘o‘za biotexnologiyasi» laboratoriyasi noodatiy rangda paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazmoqda. Tabiiy rangli tola ishlab chiqarish paxtaning eksport salohiyatini oshiradi, deb hisoblaydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida hibsga olindi. U 2017−2019 yillarda Andijon viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan davrida katta miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.
Rim shahrida Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirda taekvondochi Shuhrat Salayev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting