Ukrainada urush boshlanganining 100-kunida qariyb 16 mln kishi gumanitar yordamga muhtoj va ularning soni muttasil ortib bormoqda. Xalqaro sud Insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiyani ishlab chiqishga chaqirdi.
Tojikiston-Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida ikki mamlakat OAVlari xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki tomondan uch nafar chegarachi yaralangani aytilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikistonni bog‘laydigan poyezd haftada bir marta Dushanbedan Samarqand orqali Toshkentga qatnaydi, deb xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati «Gazeta.uz» so‘roviga binoan. Safar vaqti — 21 soat.
«Yaxshiroq variantlar borligi aniq», «Bu qanaqadir xususiy bank logotipi emasku», «Koinotdan sovg‘a»… Jamoatchilik faollari o‘zbek so‘mining ramziy belgisi tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha bo‘yicha turlicha fiklar bildirishdi. Ayrimlar o‘z loyihalarini taklif qilishdi. «Gazeta.uz» ularni bir maqolaga to‘pladi.
Prezident YeXHT raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rauni qabul qildi. O‘zbekistonning YeXHTning barcha institutlari bilan hamkorligini kuchaytirish, demokratik yangilanishlar, jumladan konstitutsiyaviy islohotni ekspertlik jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish ustuvor ahamiyatga ega ekani aytildi.
Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligi sharafiga tantanalar bo‘lib o‘tmoqda. «Gazeta.uz» londonliklar va qirollikning boshqa shaharlari aholisi qirolicha yubileyini qanday nishonlayotgani aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkalarini avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali xususiylashtirish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Qoraqalpog‘istonda 132 nafar poygachi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ralli bahslarida qatnashmoqda. Sportchilar Mo‘ynoqdan Orol dengizining hozirgi qirg‘og‘igacha 415 km masofani bosib o‘tadi. Musobaqa O‘zbekistonda motosport turlarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Poytaxt hokimligi aholidan daraxtlar atrofi betonlangani yoki asfalt yotqizilayotgan holatlar haqida Xalq Nazorati platformasi orqali xabar berishni so‘radi. Ta’kidlanishicha, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochilar bilan tezda bog‘lanishga yordam beradi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 17,39 so‘mga qimmatlab, yana 11 ming so‘mlik chegaradan o‘tdi — 11 012,06 so‘m. Yevro ham o‘sdi, rubl arzonladi.
Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrifining ikkinchi kunida Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatlar yetakchilari Urganchdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona faoliyati bilan tanishdi (foto).
Milliy valyuta — «so‘m» ramziga eng kreativ loyiha sifatida 508 ta ijodiy ish orasidan Jumagaldiyev Sarvar grafik belgisi g‘olib deb topildi. MB buni «milliy valyutaning o‘ziga xos timsolini yorqin ifoda etgan eng kreativ loyiha» deb atadi. Jami 17 mingta ariza kelib tushdi, finalga shundan 54 tasi o‘tdi.
Rubl hozirgi kunda qanchalik mustahkam valyuta? Nega fevral oyidagi keskin pasayishdan so‘ng valyuta barqarorlashdi? Rossiya valyutasini qanday xavflar kutib turibdi?
Hukumat qarori bilan Xorijiy OTMda kontrakt asosida o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya ajratiladi. Qolaversa, «Yangi O‘zbekiston» universitetining ayrim talabalariga davlat granti beriladi. Har ikki holatda ham talabgorlar o‘qish tugagach 5 yilgacha ishlab berishi kerak bo‘ladi.
Samarqandda qozog‘istonlik va mahalliy turistlarga kuch ishlatgan, shu jumladan, elektroshoker qo‘llagan Ichki ishlar bo‘limining ikki nafar xodimi ishdan bo‘shatildi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mo‘g‘uliston TIV O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilganini e’lon qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi va Kiyevning «Dinamo» klubida to‘p surgan o‘zbekistonlik futbolchi Maksim Shatskix «Paxtakor» jamoasi sport direktori bo‘ldi. Shatskix klubga iqtidorli futbolchilarni akademiyadan asosiy jamoagacha jalb qilish hamda yosh, yuqori salohiyatli futbolchilarni topishda ko‘maklashadi.
Jazirama yoz kunlari ochiq suv havzalarida cho‘milishning paytiligiga qaramay, so‘nggi yillarda Toshkentda fuqarolar uchun birorta ham suv havzasi barpo etilmadi, borlari ham yo‘q qilindi. XX asr shaharsozlari qanday qilib Toshkent iqlimiga mos obyektlar qurgan va nima uchun suv havzalarini qaytarish kerak?
Dam olish kunlari respublikaning ko‘pchilik qismida quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutiladi. 3−4 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Poytaxt hokimiyati Toshkent aeroportiga tutash hududlarni Uzbekistan Airports balansiga o‘tkazadi. Kompaniya rahbari Ra’no Jo‘rayeva avvalroq, bu aeroport vokzaloldi maydonda o‘z loyihasi va rejasini amalga oshirish uchun zarurligini ta’kidlagandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting