Samarqandda turistlarga elektroshoker qo‘llagan IIB xodimlarining ikki nafar rahbari ham lavozimidan ozod etildi. Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur voqeadan keyin xodimlarga fuqarolar bilan qanday muomalada bo‘lish va elektroshoker qo‘llash tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tarqatilgan.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi YUNISEFdan 2150 ta kompyuter qabul qilib oldi, bu mamlakatning samarali vaksina va immunizatsiya boshqaruvini joriy etish imkoniyatlarini oshirishi kutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi bosh direktori lavozimiga Abdushukur Sadikov tayinlandi. U mazkur lavozimda Nodirjon Tursunovning o‘rnini egalladi.
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari ishiga to‘sqinlik qilish, ularga noqonuniy topshiriqlar berish uchun javobgarlik belgilash taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan jismoniy shaxs BHMning 5 baravari, mansabdor esa 7 baravari miqdorida jarimaga tortiladi yoki 10 sutkaga qamoqqa olinadi.
Tbilisidagi «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirda o‘zbekistonlik dzyudochilar bitta kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Mo‘g‘uliston O‘zbekistonga go‘sht mahsulotlari eksportini oshirishni taklif qildi. O‘zbekistondan Mo‘g‘ulistonga esa oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish hajmi oshiriladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni rivojlantirish uchun charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Shanba kuni Uchko‘prik tumanida 16 yoshli qizini bir yigit bilan uchrashib yurganini ko‘rib qolgan ota uni urib, tan jarohatlari yetkazgani aytilmoqda. Buning oqibatida qiz vafot etgan. Gumondor hibsga olindi, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiyalik turist Polina Yermakova O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tganidan bir necha kun o‘tib Toshkentda dron olib kirgani uchun hisbga olingandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bojxona xodimi kvadrokopterni olib kirishga e’tiroz bildirmagan. Sud uni oqladi, biroq dron undan tortib olindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 29,91 millionni tashkil etmoqda. 100 kishiga 84 ta abonent to‘g‘ri kelmoqda. Har beshinchi foydalanuvchi Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.
Samarqand viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ulardan biri 5000, boshqasi 2800 dollarni sotishga uringani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkentning yirik bozorlarida olomon shovqini orasida ayol kishining baland ovozi eshitiladi: «Qadimiy xo‘rozqandlar! Bolalaringizni xursand qiladigan shirinliklar hali ham bor». «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam «kinder» davrida kim va nima uchun xo‘rozqandlarni tayyorlashda davom etayotganini o‘rgandi.
Samarqand viloyatida mashina 4 yoshli qizchani piyodalar o‘tish joyida urib yubordi, u vafot etdi. YHXX mahallada suhbat uyushtirib, aholiga «ogohlikka chorlovchi» bukletlar tarqatdi.
Hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab havo ochiq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati hududlarga qarab, +35…+42 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, juma kuni esa ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
O‘zbekiston birinchi prezidentining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan Georgiy Kraynov 88 yoshida vafot etdi. U so‘nggi yillarda Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yakshanba kuni kechasi Samarqand viloyati Narpay tumanidagi oziq-ovqat do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV yong‘in oqibatida uchta do‘konning taxminan 70 kv.m. maydonda shift, tom qismi va oziq-ovqat mahsulotlari zararlanganini ma’lum qildi.
Poytaxtning Yunusobod tumanida noma’lum shaxs mushukka qarata taxminan pnevmatik quroldan o‘q otgani aytilmoqda. IIBB aholidan uy yoki ko‘cha hayvonlariga nisbatan har qanday zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berishni so‘ramoqda.
Buxoroda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi doirasida Buxoro shahri 2022 yilda — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi.
Turkmaniston 1 iyundan boshlab O‘zbekistonga tranzit yuk tashishga ruxsat berdi. Bir qator talablar ham o‘rnatildi: avtomobillar avtokolonnada harakatlanishi kerak, haydovchilarga to‘xtash va kabinadan chiqish taqiqlanadi va boshqalar.
Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum yakunlangani va unda 7,9 mln fuqaro (saylovchilarning 86,06%) qatnashganini ma’lum qildi. Referendumning dastlabki natijalariga ko‘ra, 77,18 foiz saylovchi islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan, 18,66 foizi esa qarshi ovoz bergan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi Qatar U23 jamoasi darvozasiga oltita gol urib, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogining chorak finaliga yo‘l oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting