Arxiv

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uch nafar hokimini jazoladi, yana uch nafarini esa mukofotladi
26 dekabr 2021, 14:46

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uch nafar hokimini jazoladi, yana uch nafarini esa mukofotladi

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uchta tumani hokimlarini jarimaga tortdi. Tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi reytingidan kelib chiqib, uch nafar hokimga esa ustama belgilandi.

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi
26 dekabr 2021, 13:19

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi dovonda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatildi

26 dekabr kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqoracha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga dovonda tinimsiz qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.

OTMlarda qishki ta’til belgilanganidan avvalroq boshlandi
26 dekabr 2021, 12:36

OTMlarda qishki ta’til belgilanganidan avvalroq boshlandi

Oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda akademik litsey va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining qishki ta’tillari 25 dekabr kuni belgilanganidan uch kun oldin boshlandi.

Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
25 dekabr 2021, 20:28

Eldor Shomurodov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

O‘zbek futbolining yil yakuniga bag‘ishlangan «Uz Football Awards-2021» marosimida Eldor Shomurodov «Yilning eng yaxshi futbolchisi», Dilshod Rahmatov «Yilning eng yaxshi futzalchisi» va Dildora Nozimova esa «Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi» deb e’tirof etildi. Taqdirlash marosimi tafsilotlari va sovrindorlar bilan suhbat — «Gazeta.uz» reportajida.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi
25 dekabr 2021, 16:58

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha «Uzbekistan GTL» zavodining ochilish marosimida qatnashdi va nutq so‘zladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, majmuada ishlab chiqarilgan mahsulotlar hisobiga yiliga 500 mln dollarlik import o‘rni qoplanib, 200 mln dollarlik eksport va 2 trln so‘mlik soliq tushumlari ta’minlanadi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3,42 mlrd dollarni tashkil etadi.

Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga saylandi
25 dekabr 2021, 15:20

Odil Ahmedov O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga saylandi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Odil Ahmedov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi. Shuningdek, u O‘FA Ijroiya qo‘mitasining a’zoligiga ham tasdiqlandi.

Buxoro viloyati XTB o‘qituvchi va o‘quvchilardan noqonuniy tarzda 1,2 mlrd so‘m undirmoqchi bo‘ldi
25 dekabr 2021, 13:54

Buxoro viloyati XTB o‘qituvchi va o‘quvchilardan noqonuniy tarzda 1,2 mlrd so‘m undirmoqchi bo‘ldi

Buxoro viloyati Xalq ta’lim boshqarmasining «Yoshlik» sport jamiyatiga o‘quvchi va o‘qituvchilarni a’zolikka qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilinib, natijada ulardan 1,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirish ko‘zda tutilgan. Prokuraturaning aralashuvidan so‘ng, buyruq bekor qilindi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi
25 dekabr 2021, 11:12

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Farg‘ona shahri hokimi Mirzoxid Ubaydullayev iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar
25 dekabr 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: Yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar

Gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti, norin, gril tovug‘i, gaz pechida pishirilgan qo‘y kuragi, qozonda pishirilgan lo‘la-kabob — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun issiq taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 dekabr 2021, 22:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Omikronnin 110 mamlakatda aniqlangani, Janubiy Koreyada hukumat sobiq prezident Pak Kin Xeni afv qilgani, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina bilan chegarada to‘planayotgani, Saudiya Arabistonining Yaman poytaxtiga hujum uyushtirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 dekabr 2021, 22:00

24 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shveysariya bankidagi muzlatilgan $70 mlnni qaytarib olayotgan Gulnora Karimova, Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘rtasida qurilayotgan yangi magistral yo‘l, QQS imtiyozlari muddati uzaytirilayotgan oziq-ovqatlar, o‘z Tracker avtomobilini ishlab chiqarishni reja qilayotgan UzAuto Motors, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ta’mirtalab bo‘lib qolgan yangi yo‘llar va Yangi yilga narxi oshayotgan taksilar — «Gazeta.uz» ning 24 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi magistral yo‘l quriladi
24 dekabr 2021, 21:03

Qozog‘istondan O‘zbekistonga yangi magistral yo‘l quriladi

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 280 kilometrlik yangi avtomobil va temir yo‘l qurilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur yo‘lning Markaziy Osiyo davlatlarini Qozog‘istonning janubiy, markaziy va shimoliy hududlari orqali Rossiya bilan birlashtirishi kutilmoqda

Yangi yilga viloyatlararo taksi narxlari qancha bo‘ladi?
24 dekabr 2021, 18:34

Yangi yilga viloyatlararo taksi narxlari qancha bo‘ladi?

Turli hududlardan Toshkentda tahsil oluvchi talabalar Yangi yil ta’tilidan oldin uylariga samolyot, poyezd, avtobus va yengil mashinalarda yetib olishadi. «Gazeta.uz» Toshkentdan O‘zbekistonning olis hududlaridan bo‘lmish Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga qaysi transport turlariga chiptalar qolganligi va taksilar narxi qanchagacha oshishi mumkinligini o‘rgandi.

Buyuk Britaniya kompaniyasi Namanganda 90 mln dollarga kanalizatsiya tizimini quradi
24 dekabr 2021, 18:32

Buyuk Britaniya kompaniyasi Namanganda 90 mln dollarga kanalizatsiya tizimini quradi

Buyuk Britaniyaning Metito Utilities Limited kompaniyasi Namangan shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlarini qurish bo‘yicha tenderda g‘olib chiqdi. Loyiha qiymati 90 mln dollarga baholanmoqda. obyektdan erkin foydalanish uchun davlat yiliga 9 mln dollar to‘laydi.

Yoshlar forumi doirasida 40 ta eng istiqbolli startap loyihaga 50 mln so‘mdan berildi
24 dekabr 2021, 18:29

Yoshlar forumi doirasida 40 ta eng istiqbolli startap loyihaga 50 mln so‘mdan berildi

«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida respublika bo‘ylab tanlab olingan 40 ta eng istiqbolli startap loyihalari g‘oliblariga «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasidan 1 mlrd so‘m, BMT Taraqqiyot dasturi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qo‘shma loyihasi tomonidan esa 100 ming dollar grant mablag‘lari ajratildi.

DXX Andijonda 12 nafar diniy tashkilot tarafdorini qo‘lga oldi
24 dekabr 2021, 18:19

DXX Andijonda 12 nafar diniy tashkilot tarafdorini qo‘lga oldi

DXX Andijon viloyatida avval «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan, biroq, ozodlikka chiqqach ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilishda davom etgan 12 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

MDH davlatlari prezidentlari Sankt-Peterburgda uchrashadi
24 dekabr 2021, 18:06

MDH davlatlari prezidentlari Sankt-Peterburgda uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.

Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
24 dekabr 2021, 17:49

Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi maktabdagi ta’mirlash ishlarini bajarilgani haqidagi dalolatnomani tasdiqlatib berish evaziga tadbirkordan 2000 dollar olganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
24 dekabr 2021, 17:25

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 9,02 so‘mga pasayib, 10 798,23 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ko‘tarildi, rubl kursi esa pasaydi.

O‘zbekiston kredit olish bo‘yicha MDHda oxirgi o‘rinni egalladi
24 dekabr 2021, 16:52

O‘zbekiston kredit olish bo‘yicha MDHda oxirgi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston ipoteka kreditlarini olish bo‘yicha reytingda 111 davlat ichida 104-o‘rinni, MDHda esa oxirgi pog‘onani egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting