Arxiv

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 30 foizgacha oshirdi
21 sentabr 2023, 18:03

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 30 foizgacha oshirdi

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 500 bazis punktga — 30 foizgacha oshirdi. Bu regulyatorga yangi rahbar tayinlaganidan beri asosiy stavkaning to‘rtinchi marta oshirilishi hisoblanadi. Mamlakatda iyul-avgust oylarida inflyatsiya ko‘rsatkichlari kutilganidan yuqori bo‘lgan.

Eronda endi islomiy kiyinish qoidalarini buzgan ayollar 10 yilgacha qamalishi mumkin
21 sentabr 2023, 17:28

Eronda endi islomiy kiyinish qoidalarini buzgan ayollar 10 yilgacha qamalishi mumkin

Eron parlamenti “Hijob va iffat to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi, unga ko‘ra ayollar islomiy kiyinish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. BMT ushbu qonunni “gender aparteidining bir shakli” deb atadi.

15 turdagi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etildi
21 sentabr 2023, 17:04

15 turdagi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan, o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxati kengaytirildi. Unga minora kranlari, o‘zgaruvchan tok generatorlari va boshqalar kiritildi.

Fotosuratlarda Toshkent tarixi: Markaziy bog‘dagi yoshlar karnavali
21 sentabr 2023, 16:22

Fotosuratlarda Toshkent tarixi: Markaziy bog‘dagi yoshlar karnavali

1950−1960-yillarda sentabrning ilk dam olish kunlari yosh toshkentliklar uchun shahar Markaziy bog‘idagi karnaval bilan bog‘liq edi. “Gazeta.uz” shahar aholisidan yoshliklaridagi karnavalni qanday eslashlari va u nima uchun o‘tkazilgani haqida so‘radi. O‘zbekiston Milliy arxivi bayram suratlarini taqdim etdi.

Samarqandda 3 kunlik chaqalog‘ini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi
21 sentabr 2023, 16:13

Samarqandda 3 kunlik chaqalog‘ini 50 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qamaldi

Oqdaryo tumanida ayol bir yigitdan homilador bo‘lib, buni yaqinlaridan yashirish maqsadida tug‘ilajak farzandini 50 mln so‘mga sotib yubormoqchi bo‘ldi. Sud unga nisbatan 5 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

JIDUning maksimal ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talabasi prezident grantida o‘qiydi
21 sentabr 2023, 15:39

JIDUning maksimal ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talabasi prezident grantida o‘qiydi

“Temurbeklar maktabi” imtiyozi sababli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 189 ball to‘plab, kontraktga o‘qishga kirgan 5 talaba prezident grantida o‘qiydi. Yana bir shunday talabaning ham muammosi hal qilingan. “Temurbeklar maktabi” kvotalarini esa alohidalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Visa kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi
21 sentabr 2023, 15:27

Visa kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi

Markaziy Osiyoda 30 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan Visa raqamli to‘lovlar kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi. Kompaniya rahbarlari mazkur yangilik mamlakatda barcha moliya institutlari va savdo hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun yordamning kuchayishini qayd etdi.

Qarshi shahri hokimining o‘zini 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qarori bekor qilindi
21 sentabr 2023, 15:13

Qarshi shahri hokimining o‘zini 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qarori bekor qilindi

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev o‘zini uning sektori “Eng tashabbuskor sektor” deb e’tirof etilgani uchun 75 mln so‘m bilan rag‘batlantirish bo‘yicha qaror chiqargandi. Qashqadaryo viloyati hokimi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdimnomasiga binoan bu qarorni bekor qildi.

Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi
21 sentabr 2023, 15:05

Toshkentda YTH oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi shifoxonaga yotqizildi

Yashnobod tumanida 3 ta avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sabab 3 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana 5 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
21 sentabr 2023, 14:22

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi
21 sentabr 2023, 14:20

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi
21 sentabr 2023, 12:51

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi

O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi
21 sentabr 2023, 12:49

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi

Qonunchilik palatasi deputalari radarlar masalasini muhokama qilib, tadbirkorlar “tuzoq” qo‘ymasligi kerakligini aytishdi. Jamoat faollari esa “ularning fikrlarini populistik gaplar” deb atab, “haqiqiy va tirik deputatlar” aslida yo‘llardagi o‘limlar sonini kamaytirishni o‘ylashi lozimligini ta’kidlashdi.

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda
21 sentabr 2023, 11:59

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda
21 sentabr 2023, 11:38

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Citibank O‘zbekistonda sho‘’ba banki ofisini ochishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan bilan uchrashuvda ma’qulladi.

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
21 sentabr 2023, 10:38

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Nyu-Yorkda FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga to‘p sovg‘a qildi
21 sentabr 2023, 10:25

Nyu-Yorkda FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga to‘p sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda FIFA rahbari bilan uchrashib, O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuvda Janni Infantino prezidentga uning ismi tushirilgan to‘p sovg‘a qildi. Avvalroq Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka tortiq qilingandi.

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi
21 sentabr 2023, 10:11

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi

Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki guruhi prezidenti uchrashuvida bankning Maslahat kengashi ko‘magida investitsiyalar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi
21 sentabr 2023, 10:04

Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi

Rassom Inkuzart Toshkentda yangi rasm chizdi. U o‘ylamay sarf qilinayotgan suvga bag‘ishlangan.

Toshkent markazidagi “Sharq” va O‘zA binolari sotuvga qo‘yiladi
20 sentabr 2023, 23:45

Toshkent markazidagi “Sharq” va O‘zA binolari sotuvga qo‘yiladi

“Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va O‘zA ko‘chiriladi, ularning Toshkent markazidagi 1975−1979-yillarda qurilgan binolari sotuvga qo‘yiladi. Bu yerda “zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan yagona mulkiy majmua”ni yaratish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting