Qarshi shahrida drift qilishga uringan 19 yoshli Nexia haydovchisi yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Zarba kuchliligi oqibatida mashinada bo‘lgan uning ikki do‘sti vafot etdi.
Hukumat qarori bilan pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha tartib tasdiqlandi. Hujjat bilan sohada band bo‘lgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlar elektron platformaga kiritilishi belgilandi.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning fevral oyi yog‘ingarchilik bo‘yicha quruqroq, harorat rejimi bo‘yicha esa mamlakatning katta qismida me’yor atrofida o‘tadi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun yilning ikkinchi oyi ob-havosi bo‘yicha videoli va matnli sharh tayyorladi.
Yangiyo‘l tumanida ikki fuqaro 4 tup shumtol daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Ular bu orqali tabiatga 412 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
O‘zbekistonda Hyundai brendi rasmiy distribyutori Astana Motors kompaniyalari guruhiga kiruvchi Hyundai Auto Asia olti yilligini nishonladi va Hyundai Tucson krossoverining yangilangan versiyasini taqdim etdi.
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahridagi Riviera savdo majmuasida farrosh ayol lift shaxtasini tozalayotgan vaqtda uskuna harakatlanishni boshlagan. Oqibatda xodim lift toshlari qisib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Ekspertiza tayinlandi, tekshiruv boshlandi.
O‘zmilliybank Tasviriy san’at galereyasida rassom Diyor Raziqovning “Mexanizm” nomli keng ko‘lamli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. “Gazeta.uz” sharhlovchisi Dmitriy Povarov masterning retrospektiv ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilarni jalb qiladigan ijodiy “tishli g‘ildirak”lar haqida fikr yuritdi.
Yagona platformada yuritiladigan davlat organlari saytlari, kambag‘allikdan chiqarilgan 719 ming fuqaro, aviatsiya muzeyini ochish rejasi, “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonda ayrim bojxona yig‘imlari stavkalari JST talablariga muvofiqlashtirish doirasida pasaytirildi. Bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, yangi stavkalar tadbirkorlarga 700 mlrd so‘mni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, xalqaro kurerlik jo‘natmalari uchun yig‘im joriy etiladi.
O‘zbekistonda ayrim ulgurji iste’molchilar uchun gaz ta’minotiga cheklovlar joriy etildi, deb xabar qildi “Hududgazta’minot”. Sabab sifatida allaqachon bartaraf etilgan avariya tufayli magistral gaz quvurlarida bosimning pasaygani keltirildi.
Donald Tramp Meksika “noqonuniy giyohvand moddalar, xususan, fentanil oqimini to‘xtatish uchun 10 ming nafar Milliy gvardiya a’zosi bilan shimoliy chegarasini mustahkamlashga rozi bo‘lganidan keyin” Meksikaga yangi tarif joriy etishni bir oyga to‘xtatdi.
Prezident “Uy-joyning yagona hayotiy sikli”ni joriy etish taklifini ma’qulladi. 1-iyuldan boshlab quruvchilar ulushdorlar mablag‘ini faqat notarial tasdiqlangan shartnomalar orqali jalb qilishi mumkin. Qurilish ishlarining kamida 30 foizi developerlarning o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirilishi kerak.
Prezidentga yirik transport infratuzilmasi loyihalarining borishi bo‘yicha axborot berildi. Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li YAIMni 2,6% oshirib, YTHlarni 40% ga kamaytirishi mumkin. Davlat rahbari yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirishni buyurdi.
Prezident armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish muhimligini aytdi. U mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Andijonda er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortilgandi. Sud qarori yuzasidan apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmagan. Viloyat prokuraturasi mazkur sud hujjatlarini o‘rganishni boshladi.
Hilton mehmonxonasida brilliantlar, ularning haqiqiyligi va investitsion jozibadorligini baholashga bag‘ishlangan oylik Fonon mahorat darslari seriyasi boshlandi.
Saudiya Arabistoni va BAA Rossiya tomonidan Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv uchun ehtimoliy joy sifatida ko‘rilmoqda, deb yozdi Reuters. Ikki davlat ham Putinni hibsga olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud a’zosi emas.
Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonga 2025-yilning ilk oyida 3 mlrd dollar xorijiy investitsiya kelgani ma’lum qilindi. Fevralda ham shuncha sarmoya jalb qilish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda 2024-yilda “103” xizmatiga 2713 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida kuzatilgan. Bunday chaqiriqlar o‘tgan yilga nisbatan 792 taga kamaygan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting