Arxiv

O‘zbekistonda “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda
3 fevral 2025, 17:57

O‘zbekistonda “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda

Hukumat qarori bilan “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab sertifikatlangan mahsulotlar va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan markirovka qilishni boshlash rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston chegarasidan o‘tishda avtotransportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi
3 fevral 2025, 17:38

O‘zbekiston chegarasidan o‘tishda avtotransportlar uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston davlat chegarasidan avtotransportda o‘tuvchilar endi avvaldan elektron navbat olib qo‘yishi mumkin. Navbatni Bojxona qo‘mitasining rasmiy veb sayti yoki navbatlarni boshqarish tizimi joriy etilgan kutish zonalarida olishi mumkin. Shuningdek, o‘tkazish punktlarida Fast track xizmati paydo bo‘ladi.

O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi
3 fevral 2025, 17:20

O‘zbekistonda chiqindilar umumiy hajmining 10 foizdan ortig‘i plastik, ularni to‘liq qayta ishlash uchun quvvat yetarli emas — Ekologiya vazirligi

O‘zbekistonda yiliga 10,2 mln tonna chiqindi hosil bo‘lib, uning 10,3 foizi plastmassadan iborat. 2022-yilda plastik hajmi 2013-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshdi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan inventarizatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, plastmassaning eng yirik iste’molchilari qadoqlash, transport va qurilishdir.

Franklin Templeton O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi
3 fevral 2025, 16:33

Franklin Templeton O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi AQShning aktivlarni boshqarish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi Franklin Templeton kompaniyasi bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini imzoladi. Kompaniya jamg‘armaga o‘tishi kutilayotgan 18 ta davlat koxonasi va banki aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqaradi.

Toshkentda AQShga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi
3 fevral 2025, 16:12

Toshkentda AQShga jo‘natishni va’da qilib, fuqarodan 20 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Uchtepa tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi
3 fevral 2025, 16:12

Trampning savdo urushi: Kanada va Meksika javob tariflarini e’lon qildi

Tramp Kanada, Meksika va Xitoydan keluvchi tovarlarga keng miqyosli bojlar joriy etdi. Ottava va Mexiko allaqachon javob choralarini e’lon qildi, Xitoy JSTga shikoyat qilishga va’da berdi. YeI mahsulotlari ham bojga tortilishi mumkin. Yangi savdo urushi haqida nimalar ma’lum — “Gazeta.uz” materialida.

O‘zbekistonda palma yog‘ini sinovdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
3 fevral 2025, 15:39

O‘zbekistonda palma yog‘ini sinovdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-martdan palma yog‘i hamda tarkibida shunday yog‘ va transyog‘i bo‘lgan mahsulotlarni majburiy laboratoriya sinovidan o‘tkazish talabi joriy etiladi. Bundan tashqari, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarida palma yog‘idan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi
3 fevral 2025, 15:38

Samarqandda fuqaro chinor daraxtini kesib, tabiatga 115 mln so‘m zarar yetkazdi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zi yashaydigan mahalladagi chinor daraxtini noqonuniy ravishda kesib tashladi. Oqibatda tabiatga 115 125 000 so‘m zarar yetkazdi. Bu ishda jinoyat alomatlari borligi sababli tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

O‘zbekistonda 2024-yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi
3 fevral 2025, 15:10

O‘zbekistonda 2024-yilda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga qisqardi

2024-yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi. Bandlik dasturlari tufayli 719 ming kishi kambag‘allikdan chiqarildi. Kambag‘allikning eng past ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida (5,7 foiz), eng yuqori ko‘rsatkichi Xorazm viloyatida (11,9 foiz) qayd etilgan.

Andijonda erkak 13 yoshli qizga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qildi, bu ishda uning xotini vositachi bo‘ldi
3 fevral 2025, 15:05

Andijonda erkak 13 yoshli qizga pul evaziga jinsiy aloqa taklif qildi, bu ishda uning xotini vositachi bo‘ldi

Andijon viloyatida er-xotin 13 yoshli qo‘shni qizga nisbatan shahvoniy shilqimlikda ayblanib, sud tomonidan 5 sutka qamoq va jarima jazosiga tortildi. Erkak o‘smirga pul taklif qilib, jinsiy aloqa qilmoqchi bo‘lgan, uning oldiga qizni xotini olib kelgan.

O‘zbekistonda ayrim chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foiz qaytariladi
3 fevral 2025, 14:07

O‘zbekistonda ayrim chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foiz qaytariladi

1-apreldan boshlab go‘sht, sut va tuxum sotishdagi tushumi daromadining 90 foizini tashkil etuvchi chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi. “Mikrokreditbank”ka 1 mln ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan “Parranda boqish — daromad topish” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratiladi.

Toshkentda 203 kishi nomiga avtokreditlar rasmiylashtirgan olti shaxsga hukm o‘qildi
3 fevral 2025, 14:00

Toshkentda 203 kishi nomiga avtokreditlar rasmiylashtirgan olti shaxsga hukm o‘qildi

Sud 203 nafar fuqaroga avtokredit rasmiylashtirib, ularning har biriga 150−200 dollardan bergan olti nafar erkakka nisbatan hukm chiqardi. Banklar kartalardan qarzlarni yechib olishni boshlagan, kreditlarni rasmiylashtirgan firma xodimlari esa g‘oyib bo‘lgan. Ular jami 62 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan.

Yanvar oyida O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgardi?
3 fevral 2025, 13:19

Yanvar oyida O‘zbekistonda dollar kursi qanday o‘zgardi?

Yanvar oyida dollar so‘mga nisbatan biroz mustahkamlandi — atigi 0,28 foiz. Amerika valyutasining kursi 13 ming co‘mga yaqinlashdi, biroq so‘nggi haftada so‘mning qiymati ko‘tarildi.

ASKO Comfort avtomobil egalari uchun qulaylik va yuqori sifat uyg‘unligini ta’minlaydi
3 fevral 2025, 13:00

ASKO Comfort avtomobil egalari uchun qulaylik va yuqori sifat uyg‘unligini ta’minlaydi

Avtomobil ehtiyojlari uchun ASKO Comfort ko‘chma servis do‘koni — shina, akkumulyator va diskalarni almashtirishni tez va samarali amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

1-martdan davlat organlari veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Asosiy qoidalar
3 fevral 2025, 12:34

1-martdan davlat organlari veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Asosiy qoidalar

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martdan boshlab davlat organlarining rasmiy veb-saytlari faqatgina yagona platformada yuritiladi. Yangi tashkil etilgan davlat organlari o‘z veb-sayti faoliyatini idora tashkil etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda yagona platformada yo‘lga qo‘yadi.

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. U nima haqda?
3 fevral 2025, 11:49

Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. U nima haqda?

Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Konsepsiya davlatning dunyoviylik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishga hamda mamlakatning taraqqiyoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi
3 fevral 2025, 11:39

Samarqandda Onix haydovchisi YPX inspektorini mashina kapotida sudrab qochib ketdi

Samarqand shahrida Onix haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash talabiga e’tibor bermay, uni avtomobil kapotida sudrab qochib ketdi. Xodim yerga yiqilib jarohat oldi, haydovchi ushlandi.

Hafta davomida harorat +15 darajagacha ko‘tariladi
3 fevral 2025, 11:10

Hafta davomida harorat +15 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda hafta davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib boradi. Havo kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +12…+15 darajagacha iliydi.

Xorazm Transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
3 fevral 2025, 10:41

Xorazm Transport boshqarmasi mutaxassisi 80 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 135 ming dollar so‘rab, 80 ming dollarini olganlikda gumonlanmoqda. U 960 metr kvadrat maydonni ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

“Aviatsiya muzeyini ochish loyihasi muhokama qilinmoqda” — Uzbekistan Airways rahbari
3 fevral 2025, 09:55

“Aviatsiya muzeyini ochish loyihasi muhokama qilinmoqda” — Uzbekistan Airways rahbari

Transport vazirligi rahbarligida Toshkentda aviatsiya muzeyini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda, deya ma’lum qildi Uzbekistan Airways rahbari Shuhrat Xudoyqulov. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha 2025-yilda hal qilinishi kerak.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting