Prezident tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni cheklovchi, uning chegaralarini belgilovchi farmonni imzoladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun tartibga solish yukini kamaytirish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligida ishchi guruh tuzildi.
Rossiyaning Wildberries marketpleysi Toshkentda O‘zbekistondan tayyor mahsulotlar — to‘qimachilik, charm, qurilish materiallari va elektr jihozlarini sotish bo‘yicha to‘laqonli logistika majmuasini tashkil qiladi. Loyiha qiymati 130 mln dollarga teng.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi. Financial Times’ning yozishicha, O‘zbekiston tomoni bu iltimosni amaldagi cheklovlar milliarderning mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritishiga xalal berayotgani bilan izohlagan.
Litsenziyasi bekor qilingan «Turkistonbank» bir guruh omonatchilarning mablag‘larini subordinar qarz sifatida rasmiylashtirishi oqibatida, kamida 59 kishi o‘ziga tegishli 57 mlrd so‘m mablag‘larni qaytarib ololmayapti. Markaziy bank mijozlar murojaatini ko‘rib chiqish jarayonini nazoratga oldi.
Prezident qarori bilan MCHJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularda ichki auditni tashkil etish bekor qilinadi. 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.
Markaziy bank o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 157,04 etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Osiyo taraqqiyot banki ajratadigan qarz O‘zbekistonda «yashil» ipotekani kengaytirishni moliyalashtiradi. Bunday kreditlardan isitish va sovutish tizimlarini ta’mirlash yoki o‘rnatish, quyosh panellarini o‘rnatish, gidroizolyatsiyani yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanish mumkin.
Mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun «Canoat ipotekasi» dasturini ishlab chiqishni taklif qildi, shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchilar uchun bojxona imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident 65 ta yirik korxonada ishlab chiqarish kamaygani, sanoat zonalari infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolar va qimmat xom ashyo uchun mutasaddilarni tanqid qildi. Xom ashyo importi hisobiga zaxira yaratish va Yevropaga sanoat eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 171,04 so‘m etib belgilandi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha takliflarini yangiladi.
Prezident zargarlik sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlarni ma’lum qildi: jismoniy shaxslarga qiymati $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat beriladi, xomashyo olib kirish va olib chiqish litsenziyasi bekor qilinadi va ular import bojlaridan ozod qilinadi.
Samarqandda o‘tgan II O‘zbekiston Iqtisodiy forumi qatnashchilari qatorida XVJ departamenti direktori Jihad Azur ham bor edi. U «Gazeta.uz» uchun yozgan maqolasida mintaqa davlatlari uzoq muddatli tuzilmaviy muammolar yechimi bo‘yicha islohotlarni amalga oshirsa, ko‘proq natijaga erishishi mumkinligini qayd etdi.
Toshkent shahar moliya bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtning 1-yarim yillikdagi daromadlari 3,2 trln so‘mni tashkil etib, mahalliy budjetda prognozdan tashqari 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ qolgan. Tumanlar kesimida eng yuqori foyda Olmazor, Yunusobod va Yashnobodda qayd etilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 5 yildan keyingi O‘zbekistonga ta’rif bera turib, bu vaqtda faqat bitta davlat banki qolishi, eski elektr stansiyalari yangilanishi, aholi jon boshiga YAIM $2800 bo‘lishini aytib o‘tdi. JB vakili Anna Berde esa sekin olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.
1 AQSh dollarining rasmiy kursi 11 132,41 etib belgilangandan so‘ng tijorat banklari mijozlar uchun takliflarni yangiladi.
«O‘zavtosanoat» rahbarining birinchi o‘rinbosari Azizbek Shukurov boj to‘lovlari pasayib, bozor «inomarka»lar uchun ochilgan taqdirda ham UzAuto Motors «yo‘qolib ketmaydi», degan fikrda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi 95 foizlik ulushni saqlab qolishning imkoni bo‘lmas, ammo ulushda keskin pasayish kuzatilmaydi.
O‘zbekiston fiskal muvozanatni ta’minlash uchun budjet taqchilligini kamaytirishga e’tibor qaratishi kerak, deb hisoblaydi moliya vaziri. «Barcha xarajatlarni qisqartirish talab etilsa ham, bizning siyosat inflyatsiyaga qarshi kurashish bilan muvofiq bo‘lishi kerak. Bu farovonlikka xizmat qiladi», — dedi u.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov Uzcard`ning 210,1 mlrd so‘mga xususiylashtirilishi va nega davlat ulushining ochiq savdolarga qo‘yilmaganiga izoh berdi.
Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, hozirda tashqi qarz olish qimmatga tushmoqda. Shuning uchun O‘zbekiston iqtisodiy siyosatda e’tiborni davlat budjeti va qarz olish imkoniyatlaridan ko‘ra, xususiy pul mablag‘laridan foydalanishni ko‘zda tutuvchi tarkibiy islohotlarga qaratishi kerak.
O‘zbekiston banklari ikkilamchi sanksiyalar xavfi sabab «Mir» kartalari bo‘yicha to‘laqonli xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yishga hozircha tayyor emas, dedi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmurotov.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting