Iqtisodiyot

DP World kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda
21 oktabr 2022, 12:20

DP World kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

BAAning yirik port operatorlaridan biri O‘zbekistonda transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha imkoniyatlarni o‘rganmoqda. Kompaniya Toshkent viloyatida logistika markazi qurishga qiziqish bildirdi.

21-oktabr uchun banklar belgilagan dollar kursi
21 oktabr 2022, 11:17

21-oktabr uchun banklar belgilagan dollar kursi

Markaziy bank 21-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 136,41 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari dollar kursining yangi qiymatini e’lon qildi.

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi
20 oktabr 2022, 16:46

PMTI ekspertlari «qo‘ng‘iroq huquqi»ning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rgandi

«Qo‘ng‘iroq huquqi» yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, deydi PMTI mutaxassislari. Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik esa samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda «aqlning» mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi
20 oktabr 2022, 15:54

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb $584 mlnga kamaydi

Оktabr oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 583,8 mln dollarga kamayib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yalpi xalqaro zaxiralar xajmi yil boshidan beri 1,64 mlrd dollarga yoki 4,7 foizga kamayishni qayd etdi.

20 oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi
20 oktabr 2022, 11:30

20 oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 20 oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 148,99 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari 1 dollarni 11 200 — 11 215 so‘mda taklif qilmoqda.

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt
20 oktabr 2022, 10:53

O‘zbekistonda 9 oyda 216 mingta avtomobil ishlab chiqarildi, ularning har uchinchisi Cobalt

O‘zbekistonda to‘qqiz oyda jami 216 380 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu davrda eng ko‘p Cobalt (69 816 dona), Gentra (64 074 dona) hamda Damas (52 673 dona) yig‘ilgan.

OTB O‘zbekistonning to‘rtta shahrini rivojlantirish uchun $59 mln kredit ajratdi
18 oktabr 2022, 12:17

OTB O‘zbekistonning to‘rtta shahrini rivojlantirish uchun $59 mln kredit ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki Xovosda ko‘p funksiyali jamoat markaziga ega istirohat bog‘i, Xivada raqamli muzeyga ega tashrif buyuruvchilar markazi, Jizzaxda suv tarmoqlarini rivojlantirish va to‘rtta shaharda qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini yaxshilash uchun $59 mln dollarlik kredit ajratdi.

Tijorat banklari dollarni 11 200 so‘mdan sotishni boshladi
18 oktabr 2022, 10:48

Tijorat banklari dollarni 11 200 so‘mdan sotishni boshladi

Markaziy bank 18 oktabr uchun 1 AQSh dollarini 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Yangilangan kurs ortidan tijorat banklari mijozlarga dollarni 11 200 so‘mdan taklif qilmoqda.

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari yana ko‘tarildi
17 oktabr 2022, 16:22

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,83 so‘mga qimmatlab, 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Islom moliyasi haqida nimalarni bilamiz?
17 oktabr 2022, 15:15

Islom moliyasi haqida nimalarni bilamiz?

Hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foiz bo‘lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Javoblar — «Gazeta.uz» materialida.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
15 oktabr 2022, 20:01

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani tayyorlaydi. Tomonlar dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalasi sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.

«Maqsad — ayollar oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish». Aziza Umarova mentoring dasturi haqida
15 oktabr 2022, 16:00

«Maqsad — ayollar oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish». Aziza Umarova mentoring dasturi haqida

YeTTB hamda SmartGov konsalting byurosi hamkorlikda O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturini ishga tushirdi. Unda tajribali tadbirkorlar biznesga endi kirib kelayotgan xotin-qizlarga ko‘maklashadi. Loyiha ayollar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, dedi Aziza Umarova.

14-oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi
14 oktabr 2022, 12:47

14-oktabrda tijorat banklari e’lon qilgan dollar kursi

Markaziy bank 14-oktabr uchun o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 108,25 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

III chorakda ko‘chmas mulk narxlari sezilarli darajada oshdi
14 oktabr 2022, 11:24

III chorakda ko‘chmas mulk narxlari sezilarli darajada oshdi

Joriy yilning III choragida ikkilamchi bozorda turar-joy narxlari 5,2%ga, yil boshidan buyon esa 18,1%ga qimmatlashdi. Ko‘chmas mulk ijarasi esa 14% ga oshgan. Narxlarning o‘sishiga talabning ortishi, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, qishloq xo‘jaligi pul tushumlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari yana ko‘tarildi
13 oktabr 2022, 16:19

Dollar, yevro va rublning rasmiy kurslari yana ko‘tarildi

AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,94 so‘mga qimmatlab, 11 108,25 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya ketma-ket beshinchi oy pasayishni qayd etdi
13 oktabr 2022, 15:13

Aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya ketma-ket beshinchi oy pasayishni qayd etdi

MB hisobotiga ko‘ra, sentabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya dinamikasi pasayib, 14,8 foizni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida, past ko‘rsatkichlar Navoiy, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.

2025-yilgacha xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import boji bekor qilindi
13 oktabr 2022, 13:47

2025-yilgacha xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import boji bekor qilindi

Prezident qarori bilan 2025-yilning 1-yanvariga qadar 21 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar import bojidan ozod qilindi. Shuningdek, “bojxona hududida qayta ishlash” rejimi doirasida barcha tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash talabi bekor qilindi.

Tijorat banklarida 13-oktabr kuni belgilangan dollar kursi
13 oktabr 2022, 13:18

Tijorat banklarida 13-oktabr kuni belgilangan dollar kursi

Markaziy bank 13-oktabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 095,31 so‘m etib belgiladi. Shundan kelib chiqib tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.

Uzcard yana xususiylashtirildi
12 oktabr 2022, 23:24

Uzcard yana xususiylashtirildi

Beshta bankka tegishli bo‘lgan Uzcard protsessing markazidagi davlat ulushining 75 foizi kompaniyaning to‘rt nafar ta’sischisiga o‘tkazildi. Davlat aktivlarini boqsharish agentligi hali kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.

Artel bilan aloqador kompaniya sobiq «Buxoroteks» zavodining mol-mulkini 110 mlrd so‘mga sotib oldi
12 oktabr 2022, 22:04

Artel bilan aloqador kompaniya sobiq «Buxoroteks» zavodining mol-mulkini 110 mlrd so‘mga sotib oldi

Sobiq «Buxoroteks» yigiruv-to‘quv kombinati obyektlari autsionda 109,9 mlrd so‘mga sotildi. 115 ming kvadrat metr maydonga ega binolar majmuasining 17,6 gektarlik yer maydonini kimoshdi savdosidan 6 kun oldin tashkil etilgan va Artel bilan bog‘liq Bukhara Next Generation Product kompaniyasi sotib oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting