«O‘zagrosug‘urta» tomonidan so‘nggi bir oy ichida tabiiy ofatlar uchun to‘langan sug‘urta tovoni qariyb 5 mlrd so‘mni tashkil qildi. Xususan, kompaniya mirzaobodlik tadbirkorning baliqchilik xavzasi va binolariga yetkazilgan zarar bo‘yicha 138 mln so‘mlik sug‘urta qoplamalarini to‘liq amalga oshirdi.
Prezident qaroriga binoan, 2022 yil 1 yanvargacha tez yordam avtomobillari import bojxona bojidan ozod qilindi. Ta’kidlanishicha, ushbu imtiyoz nodavlat tibbiyot tashkilotlariga ham tegishli.
«O‘zbekneftgaz» Ai-80 markali benzin ishlab chiqarishdan butunlay voz kechishni rejalashtirmoqda. Uning o‘rniga Ai-91, Ai-93, Ai-95 markali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish va Yevro-5 talablariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarishga o‘tish kutilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga qimmatladi va 10 148 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining ikkinchi hafta davomida o‘sishi.
Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘ini 20% ga oshirish bo‘yicha taklifiga izoh berdi. Unga ko‘ra, mazkur taklif Tarif va notarif tartibga solish kengashining Kotibiyatiga taqdim etilmagan va xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli ko‘rib chiqilishi va qo‘llanilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.
1 iyundan «yashil» va «sariq» toifadagi hududlar o‘rtasida ichki turizm qayta yo‘lga qo‘yiladi. Turizm sohasiga yondosh tashkilotlarga (turoperatorlar, mehmonxonalar va boshqalar) o‘z faoliyatini boshlashga ruxsat etildi va ularga davlat tomonidan bir qator imtiyozlar, preferensiyalar va ko‘shimcha ko‘maklar ko‘rsatiladi.
Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov karantin davrida chakana savdoda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, ushbu davrda onlayn buyurtmalar sezilarli oshgan, nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosida savdo hajmi 70% dan 100% gacha tushib ketgan. U nooziq-ovqat tovarlari chakana savdosi internet orqali rivojlanishi kerakligini aytmoqda.
«Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligini ta’kidladi.
33 mln dollarga sotuvga qo‘yilgan Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasiga xaridor chiqmadi. Narx tushirilgach, 80,1 foizlik ulush Singapurning shoular ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga 23,2 mln dollarga sotildi.
Prezident samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatish, 262 ta korxonani qayta tashkil etish, shuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezidentga “O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan” loyihasi taqdim etildi. U birinchi bosqichda “yashil” hududlar o‘rtasida ichki turizmga ruxsat berish zarurligini ta’kidladi. Keyinchalik koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari tiklash rejalashtirilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning turli mamlakatlarida millionlab odamlar ishsiz qolishmoqda. Turli davlatlarda ishini yo‘qotganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday choralar ko‘rilayotgani — «Gazeta.uz» tahlilida.
O‘zbekistonda birinchi chorakda ishsizlik 9,4 foizni tashkil qildi. Eng yuqori ishsizlik darajasi Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida — 9,8 foiz, eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida — 7,8 foiz qayd etildi. Ishsizlar soni qariyb 1,4 mln kishini tashkil etmoqda.
Faqatgina xorijlik investorlarga berilayotgan preferensiyalar endilikda mahalliy xususiy sarmoyadorlarga ham taqdim etiladi. Ular o‘z hisoblaridan 25 mln dollarlik loyihani boshlasalar, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari byudjet hisobidan qilib beriladi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushgan bo‘lsa, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Mablag‘larning katta qismi iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga va tibbiyot sohasiga yo‘naltirilgan. Suv ta’minoti va irrigatsiya tadbirlariga 504 mlrd so‘m sarflangan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan benzin mahsuloti importiga aksiz solig‘ini 5 foizdan 20 foizga oshirish yetarlicha iqtisodiy asoslantirilmagan va maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasini nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga topshirish rejalashirilmoqda. Shuningdek, “Qamchiq” dovonida “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.
Dollarning rasmiy kursi 9,7 so‘mga qimmatlashib, 10139 so‘mga yetdi. Xorijiy valyutalar kursi o‘tgan hafta arzonlashgan edi.
«O‘zagrosug‘urta» AJ Buxorodagi tabiiy ofat oqibatida viloyatning qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan sodir bo‘lgan sug‘urta hodisalari yuzasidan jami 2,7 mlrd so‘m to‘lab berdi. Xususan, kompaniyada mol-mulkini sug‘urtalagan qorako‘llik fermerga kuchli shamoldan yetkazilgan zarar uchun qariyb 1 mlrd so‘m qoplab berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting