Respublika bo‘ylab hokimlarning faoliyati samaradorligini aks ettiruvchi reyting natijalari argos.uz portalida e’lon qilindi. «Viloyatlarning TOP tumanlari» umumiy reytingida Navoiy hamda Xorazm viloyatlari kichik farq bilan yetakchilik qilmoqda. Eng quyi pog‘onani esa Surxondaryo viloyati egallagan.
Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini tuzishni boshlagandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Uning boyligi rekord darajadagi 271,3 mlrd dollarga yetgan.
Germaniya federal kansleri Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi. Mamlakatda yangi hukumat tuzilgunga qadar Merkel mazkur vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.
Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari o‘z xonasida 3 kurs talabasiga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda. Qiz qarshilik ko‘rsatgandan so‘ng dekan muovini uni derazadan itarib yuboradi va qiz tushib ketadi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Interpol Seulda firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan yana bir O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Avvalroq ikki erkak firibgarlikda ayblanib, Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan edi.
YouTube Braziliya prezidentini bir haftaga yangi video joylashtirish imkoniyatidan mahrum qilgani, Qozog‘iston afg‘on ayollarining parvozi uchun gumanitar tranzit yo‘lagi ajratayotgani, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De U 88 yoshida vafot etgani, Gretsiyada politsiya anarxist namoyishchilarga qarshi gazdan foydalangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston NATOni zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashishda muhim hamkor deb biladi va aloqalarni rivojlantirish tarafdori, deya qayd etildi mamlakat va alyansning Bryusseldagi vakillari uchrashuvida.
sentabrda respublika bo‘yicha bir oylik o‘rtacha pensiya miqdori 924 780 so‘mni tashkil etdi. O‘rtacha pensiyaning eng yuqori miqdori Toshkent shahrida (1 250 992 so‘m) va eng kam miqdori Andijon viloyatida (801 640 so‘m) qayd etilgan. 2016−2021 yillarda pensiyalar miqdori 2,2 baravarga oshdi.
Moliya vaziri Timur Ishmetovning fikricha, xususiylashtirishdan asosiy maqsad investorlarga davlat bozorlarni tark etayotgani va ular davlat kompaniyalari tomonidan adolatsiz raqobatga duch kelishidan qo‘rqmasligini ko‘rsatishdir. «Samarasiz davlat korxonalaridan qanchalik tez qutulsak, biz uchun shunchalik yaxshi», — dedi u.
Energetika vazirligi tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlarida 22 kun ichida Namangan va Andijon viloyatlari aholisining bir kunlik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Noqonuniy foydalanish davrida tadbirkorlar jami 3,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat ta’tili uzaytirilishi kutilmoqda. Yangi Mehnat kodeksi loyihasida mehnat ta’tili bo‘yicha qator o‘zgarishlar o‘rin olgan.
Homilador ayollarda koronavirusni davolashda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Infeksiyaga chalingan onadan kasallik tug‘ilajak bolaga o‘tadimi yoki bemor ona chaqalog‘ini ko‘krak suti bilan oziqlantirishi mumkinmi? Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Kamola Solihova javo berdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,32 so‘mga pasayib, 10 683,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Seshanba kuni Rossiyadan Toshkent metropoliteni uchun keltirilgan yangi 20 ta vagonlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» ma’lumotiga ko‘ra, mazkur metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi. Shuningdek, uchinchi avloddagi asinxron tortuvchi dvigatelining qo‘llanilishi ekspluatatsion xarajatlarni 40 foizgacha qisqartiradi.
Qamashi tumanida Nexia avtomashinasi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Oqibatda 3 kishi vafot etgan, yana bir nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Soliq to‘lovchining uy-joylarini talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Moliya vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.
Afg‘oniston poytaxtida ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan namoyish o‘tkazdi. Ular BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Avtomobillarni sotib olganda to‘lanadigan yig‘imlar bekor qilinishi kutilmoqda. Moliya vazirligining deputat so‘roviga javoban ma’lum qilishicha, avtomobilni rasmiylashtirish uchun davlat boji miqdori ham qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistonda boshqa davlatlar bilan emlash sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha namunaviy hujjat tayyorlanmoqda. Noyabr oyi o‘rtalarida u ko‘rib chiqish uchun Rossiyaga yuboriladi.
Prezident qarori bilan 10 oktabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), kartoshka hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma va O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting