Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) Boshqaruvchilar kengashining Samarqanddagi yillik yig‘ilishida ishtirok etadi. U yig‘ilishning yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi hamda tadbir doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi bandlik vaziri bo‘lgandi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatning shimoliy hududlarida yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat sababli fuqarolarga qator tavsiyalar berdi. Elchixona xavfsizlik choralarini ko‘rishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi, rasmiy xabarlarini kuzatib borish so‘raldi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal mundialida 24-sentabr kuni nimchorak finalning ilk o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Braziliya Buxoroda Kosta-Rikani tor-mor keltirgan bo‘lsa, Ukraina Toshkentda Niderlandiyani mag‘lub etdi. 25-sentabrda pley-offning Ispaniya — Venesuela va Paragvay — Afg‘oniston uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Chilonzor tumanidagi maktabda sinov muddatida bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchisi birinchi ish kunida 6-sinf o‘quvchisini unga gap qaytargani uchun urdi. Bolaning ota-onasi holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qildi. Ayni paytda surishtiruv ishlari ketmoqda.
O‘zbekistonda Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi dasturi amalga oshiriladi. “Avitsenna” nomi ostida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi. Davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri shakllantiriladi.
Sayxunobod tumanida mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qilgan Captiva haydovchisi 4 yil 6 oyga qamaldi. Oldin ham sudlangan shaxs jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mangistau-Nukus yo‘lovchi poyezdida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida fuqarolar va vagonlarga shikast yetmagan. “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ko‘ra, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
Uchko‘prik tumanida poyezd vagonlari ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan uch o‘quvchidan ikki nafarini 27 ming voltli tok urdi. Ulardan birining tanasi 65 foiz kuygani, yana birining o‘ng oyoq suyagi singani aytilmoqda.
Antikorrupsiya agentligi avgust-sentabr oylarida 3,1 mlrd so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonun buzilishi holatlarini aniqladi. Xususan, 1,5 milliard so‘mlik tenderda affillangan shaxslar ishtirok etgan. Ushbu xaridlar natijalari bekor qilindi.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Malibu-2 va Lacetti mashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida haydovchilar va yana bir nafar yo‘lovchi jarohatlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vladimir Kramnik terma jamoa uchinchi o‘rinni egallagan shaxmat olimpiadasi natijalaridan mamnun. Shuningdek, u Nodirbek Abdusattorov boshqa yosh shaxmatchilar bilan birga “juda-juda uzoq vaqt top darajada qolishini” aytdi.
Kun.uz Surxondaryo qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining tuman hokimi bilan suhbatda barcha fermerlarni yig‘ib, paxta narxini 6800 so‘mgacha pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar imzolash zarurligini bildirgan audioyozuvini e’lon qildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va hokimlik holatga izoh berdi.
O‘zbekistonda barcha kollej va kasb-hunar maktablari texnikumlarga aylantiriladi, binolarning bir qismi maktablar uchun beriladi. Texnikumlar qisman akademik mustaqillikka ega bo‘ladi va pullik xizmatlar ko‘rsata oladi. Ulardan 14 tasida Britaniyaning BTEC dasturi joriy etiladi.
BMT Bosh assambleyasi davlatlar kelgusi avlodlar va sayyora uchun yaxshiroq kelajakni ta’minlash bo‘yicha bir qator harakatlarni o‘z zimmalariga oladigan Kelajak uchun paktni ma’qulladi.
Shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev 2021-yildan beri AQSh terma jamoasida dona surib kelayotgan Gulruhbegim Tohirjonovani O‘zbekiston terma jamoasiga qaytarish niyati borligini aytdi. “Gulruhbegim baribir O‘zbekistonga kerak, u yaxshi va salohiyatli shaxmatchi”, — dedi Sa’dullayev.
“Adolat” partiyasi tabiiy resurslarni samarali boshqarish uchun qonunlarni takomillashtirish, ekologik baholash va jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash tashabbusini ilgari surmoqda.
Samarqandda muqaddam sudlangan 2 shaxs 3 nafar fuqaroni 52,7 ming dollarga Isroilga ishga yuborishni va’da qilgani aniqlandi. Prokuratura departamenti ularga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting