Koronavirus bemorlari soni 214 nafarga ortib, jami 16966 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida, Toshkent shahrida, Qoroqalpog‘istonda, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax va Navoyi viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.
O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 566 tani, umumiy 16762 tani tashkil etdi. 4 kishining COVİD-19 asoratlaridan vafot etgani tasdiqlandi.
O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo (Yusupov) 99 yoshda hayotdan ko‘z yumdi.
O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 579 tani, umumiy 16,1 mingtani tashkil etmoqda. Sog‘ayganlar 9127, vafot etganlar 83 nafarga (SSV ma’lumoti bo‘yicha) yetdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalindi. Ularning ahvoli yevropalik mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, holati stabil deb topilgan.
O‘zbekistonda 172 kishida koronavirus aniqlanib, rasmiy tasdiqlangan COVID-19 holatlari 16068 taga yetdi. Eng ko‘p holat poytaxt (87) va Toshkent viloyatidan (22) qayd etildi.
Farmatsevtika mahsulotlarini O‘zbekistondan eksport qilish va jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqish vaqtincha to‘xtatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga test topshirish mumkin bo‘lgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ularning 5 tasi Toshkent shahrida, Samarqand, Navoiy, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida esa 1 tadan tashkilotlar COVID-19 ga test oladi.
Madaniyat vazirligi oldinroq ikki tomonlama pnevmoniya va COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 32 yoshli xodimi vafot etganligi haqida xabar berdi.
Zira.uz karamdan tayyorlanadigan yetti xil foydali va mazali salat turini sizga taqdim etadi. Ularga ko‘katlar, makkajo‘xori, suxarik va turli xil ziravorlar qo‘shishingiz mumkin.
O‘zbekistonda kun davomida 541 kishining koronavirus infeksiyasiga chalingani rasman tasdig‘ini topib, jami holatlar 15,6 mingtadan oshdi. Ayni vaqtga qadar 9003 bemor sog‘aydi. Vafot etganlar soni, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 80 nafarga yaqinlashdi. 6525 kishi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.
«Rasmiy statistikaga ishonmang, o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang». Kinorejissyor Sarvar Karimov koronavirusga chalingan otasining vafot etganini ma’lum qildi. Uni bir hafta davomida «tez yordam»ga joylashtira olishmagan. Hozirda butun oilasi uyda COVID-19 dan davolanmoqda.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 6,4 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — 2,2 trln so‘m ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi.
Keyingi ikki hafta davomida Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSH, Isroil va Germaniyadan O‘zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun 18 ta charter reysi tashkil etiladi.
Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar aniq ma’lumot va tahliliy materiallar yo‘qligi tufayli kutilgan natijalarni berayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi prezident. «Hokimlar, sektor rahbarlarining, barcha mutasaddi va mas’ullarning miyasi soat mexanizmiday kunu tun, aniq va bexato ishlashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi u.
Toshkent viloyatida 37 tup daraxt, jumladan, 26 tup ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,1 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Xorazm viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari qurilish ob’ektlarini soxta pudratchilarga tendersiz berish orqali 2,7 mlrd so‘mlik byudjet pullarini o‘zlashtirgani aniqlandi.
Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus holatlari sezilarli darajada pasayganiga asosiy sabab shahar aholisining 60 foizida koronavirus infeksiyasiga qarshi «jamoaviy immunitet shakllangani», deya ta’kidladi.
Toshkentda 8 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan 62 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu — O‘zbekistonda koronavirsga chalingan bemorlar orasidagi 77-o‘lim holatidir.
O‘zbekistonda sud tizimi doirasida prezident va prokuratura vakolatlarini qisqartirish, bosh prokurorni tayinlashning ob’ektiv mezonlarini ishlab chiqish va advokatlar faoliyatining minimal xavfsizligini ta’minlash. BMTning maxsus ma’ruzachisi tomonidan berilgan mustaqil va xolis sud tizimini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting