Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi
26 iyul 2024, 17:25

Toshkentdagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida rejalashtirilgan lenta shou bekor qilindi

Tarmoqlarda “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida osmondan lentalar yog‘dirilishi aytilgan video tarqaldi. Poytaxt Ekologiya boshqarmasi bunday harakatlarning tabiatga zararini tushuntirdi. Tashkilotchilar animatorlar lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatishi reja qilinganini ma’lum qildi, shunga qaramay shou bekor qilindi.

Toshkentda xavfli “manyovr”lar qilgan “garmoshka” avtobus haydovchisi ishdan olindi
26 iyul 2024, 17:04

Toshkentda xavfli “manyovr”lar qilgan “garmoshka” avtobus haydovchisi ishdan olindi

Toshkentda “garmoshka” avtobus haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xavfli “manyovr”lar qildi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, “qora ro‘yxat”ga qo‘shildi, haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish yuzasidan sudga taqdimnoma kiritildi.

O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” g‘olibi bo‘ldi
26 iyul 2024, 17:00

O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” g‘olibi bo‘ldi

Futzal bo‘yicha “Mirabror Usmanov CUP — 2024” xalqaro xotira turnirida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi. Musobaqada Tojikiston, Qirg‘iziston va Gvatemala terma jamoalari ham ishtirok etdi.

Timur Kapadze Misr bilan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi
26 iyul 2024, 16:44

Timur Kapadze Misr bilan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi

O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Misr bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yindan avval fikrlarini bildirib o‘tdi. U bo‘lajak raqibning kuchli tomonlari hamda imkoniyatlarini yaxshi bilishlarini va oldingi o‘yindan kerakli xulosalar chiqarilganini ta’kidladi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-iyul)
26 iyul 2024, 15:30

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (27−28-iyul)

“Dedpul va Rosomaha” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, ko‘rgazmalar, Tohir Sodiqov konserti, yulduzli festival, qo‘l mehnati mahsulotlari yarmarkasi, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

YHXXning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonun buzilishi holati aniqlandi
26 iyul 2024, 15:25

YHXXning 26,5 mlrd so‘mlik tenderida qonun buzilishi holati aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish maqsadida o‘tkazgan 26,5 mlrd so‘mlik tenderida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining buzilgani aniqlandi.

BYD Uzbekistan Factory 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderga izoh berdi
26 iyul 2024, 14:52

BYD Uzbekistan Factory 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderga izoh berdi

BYD Uzbekistan Factory Sergeli tumanidagi portlash paytida shikastlangan va Xitoydan olib kelingan avtomobillarning bir qismi ta’mirlash uchun ajratib olinganini tasdiqladi. Kompaniya avvalroq 850 ta avtomobilni ta’mirlash bo‘yicha tender e’lon qilgandi. Mashinalar tizimdagi korxonalar orasida sotilmoqda.

DXX to‘rtta viloyatda narkotik hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotishga uringanlarni qo‘lga oldi
26 iyul 2024, 12:16

DXX to‘rtta viloyatda narkotik hamda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotishga uringanlarni qo‘lga oldi

DXX Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Andijon viloyatlarida turli giyohvandlik va “Regapen” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. Narkotik moddalar va dorilarning aksariyati Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan (foto, video).

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
26 iyul 2024, 12:12

Prezident 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-iyuldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi.

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi
26 iyul 2024, 11:54

Dam olish kunlari juda issiq bo‘ladi

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari havo juda issiq bo‘ladi. Harorat +43…+45 darajagacha boradi.

Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi
26 iyul 2024, 11:20

Toshkentda hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bola qutqarib qolindi

Yangihayot tumanidagi uylarning birida nazoratdan chetda qolgan 1 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni sog‘-salomat olib chiqdi.

Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
26 iyul 2024, 11:09

Andijonda 2 ta “zapravka” salkam 9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi
26 iyul 2024, 10:34

O‘zbekistonda parlament saylovlari 27-oktabrda o‘tkaziladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkaziladi. Markaziy saylov komissiyasi saylov kompaniyasi 2024-yil 26-iyulidan boshlanishini e’lon qildi.

Farg‘ona tumanidagi sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi
26 iyul 2024, 09:43

Farg‘ona tumanidagi sel oqimi ko‘chalarni qum-shag‘alga to‘ldirdi

Farg‘ona tumani Shohimardon mahallasida sel oqimi qishloq vrachlik punkti hamda aholi xonadonlarini qum-shag‘alga to‘ldirdi. Viloyat FVBga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Hozirda maxsus texnikalar ish olib bormoqda.

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi
25 iyul 2024, 22:40

Parij-2024: O‘zbekistonlik kamonchilar 1/32 final bosqichiga chiqdi

25-iyul kuni Olimpiya o‘yinlari kamondan otish bahslarining 1-saralash bosqichi boshlandi. Unda Ziyodaxon Abdusattorova 649 ochko to‘plab, 34-o‘rinni band qildi. Amirxon Sodiqov esa 674 ochko bilan 13-natijani qayd etdi. Ular 31-iyul kuni 1/32 final bosqichidan medallar uchun kurashni boshlaydi.

“Isroil to‘liq g‘alabagacha kurashadi”. Netanyahu AQSh Kongressida nutq so‘zladi
25 iyul 2024, 22:31

“Isroil to‘liq g‘alabagacha kurashadi”. Netanyahu AQSh Kongressida nutq so‘zladi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh Kongressidagi nutqida Isroil HAMAS bilan to‘liq g‘alabagacha kurashishini aytdi va G‘azodagi urushni Eron bilan kurashga qiyosladi. Uning chiqishi Vashingtonda norozilik namoyishlarini yuzaga keltirdi. U namoyish a’zolarini “Eronning foydali ahmoqlari” deb atadi.

“Asosiy stavkani pasaytirish sikliga o‘tish haqida gapirishga hali erta” — MB raisi
25 iyul 2024, 21:43

“Asosiy stavkani pasaytirish sikliga o‘tish haqida gapirishga hali erta” — MB raisi

MB asosiy stavkasining 13,5 foizga tushirilishi pul-kredit sharoitlarining qat’iylik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi — uning “cheklovchi” xarakteri saqlanib qoladi, dedi MB raisi. Uning so‘zlariga ko‘ra, regulyatorning asosiy maqsadi joriy yil oxirigacha inflyatsiya darajasini 9 foizga tushirishdir.

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi
25 iyul 2024, 20:20

Zargarlik buyumlariga import bojxona bojlari 20% dan 10% gacha pasaytiriladi

1-noyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumush, 65 grammgacha bo‘lgan tilla tayyor zargarlik buyumlarini bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, undan yuqori og‘irlikdagilarini esa deklaratsiya asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi.

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB
25 iyul 2024, 19:33

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 25 foizga oshdi, Rossiyaning ulushi kamayishda davom etmoqda — MB

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 25 foizga oshib, 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning dastlabki prognozlaridan ikki barobar ko‘p. AQSh, Germaniya, Janubiy Koreya va Polshadan tushumlar keskin oshdi. Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda.

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi
25 iyul 2024, 19:05

Sud “Navoiyazot"ning Raqobat qo‘mitasiga da’vosini qanoatlantirmadi

Iyun oyida Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot"ni o‘g‘itlar narxini oshirib yuborganlikda ayblab, uning 20,5 mlrd so‘m asossiz daromadini undirishga qaror qilgan edi. Kompaniya ayblovga qo‘shilmadi va qo‘mita qarori ustidan shikoyat qildi, biroq sud da’voni rad etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting