O‘zbekistonda seshanbadan havo harorati ko‘tarilib, ish haftasi oxirigacha +35…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 12-iyulgacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Raqobat qo‘mitasi Maxam-Chirchiq mahsulotlari narxini belgilashda me’yoriy hujjatlarga rioya etilmagani uchun mineral o‘g‘itlar narxi 10−15 foizga oshganini ma’lum qildi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Samarqand shahridagi qurilish maydonida 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli daraxtlar ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilindi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Yandex Uzbekistan kuzda mamlakatdagi biznesini rivojlantirish va xizmatlarni kengaytirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni reja qilmoqda. Kompaniya o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ham ishga tushiradi.
Angren shahrida 157 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi 3,4 mln so‘m jarimaga tortildi. U “bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini” aytdi. U Instagram`da bolalar yo‘lda nobud bo‘layotgani haqidagi izohlarga javoban ularning taqdiri tug‘ilgunga qadar belgilab bo‘linganini ta’kidlagandi.
1-sentabrdan boshlab haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin.
O‘zbekistondagi yetakchi distribyutorlik kompaniyalaridan biri Balton Trading Asia vakillari 3PL xizmatlari va ularning afzalliklari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, 18 ming kvadrat metr maydonda “A+” toifadagi respublikada yagona “yashil” omborni taqdim etdi.
Poytaxt YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi (“Gvardeyskaya”) rekonstruksiya qilish uchun yopiladi. Haydovchilar shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin.
Toshkent aeroportida soat 19:44 atrofida noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qancha reyslar Samarqand, Namangan va Navoiy aerodromlariga yo‘naltirildi. Ayni paytda aeroportda ob-havo sharoiti barqarorlashdi va cheklovlar olindi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.
Tajribadan ustun kelgan yoshlik, Pepeni yig‘latgan oqshom, muxlislarni yana xavotirga qo‘ygan Sautgeyt, yarim finalga yetolmagan “Turkiya ertagi” — Yevropa chempionatining chorak final bahslari qanday o‘tdi?
Navoiy shahrida 18−23 yosh atrofidagi yigitlar 16 yoshga to‘lmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘ldi, deya yozmoqda Kun.uz. Ularning 5 nafari 3,5 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Gumonlanuvchilar orasida IIB tergovchisi ham bor.
Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan.
O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Unda Shavkat Mirziyoyev savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi hamda muqobil energetika bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Falastin va Afg‘oniston muammolariga yana bir bor e’tibor qaratdi.
S&P birinchi marta O‘zbekistondagi eng yirik korxona hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga kredit reytingini berdi. 2023-yilda NKMK dunyodagi to‘rtinchi yirik oltin qazib oluvchi (90,2 tonna) bo‘lgandi, biroq suv bilan bog‘liq, shuningdek, bitta konga qaramlik xavflari mavjud.
Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.
O‘zbekiston prezidenti Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.
Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Toshkent shahrida prokurorlar va FVB xodimi pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olindi.
O‘zgidromet 7−9-iyul kunlari Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qancha tumanlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Eronda o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida Mas’ud Pezeshkiyon g‘alaba qozondi. Etnik ozarbayjon bo‘lgan Pezeshkiyonga 16,4 mln eronlik — saylovda qatnashganlarning 54,8 foizi ovoz berdi. Uning raqibi Said Jaliliy esa 13,5 mln ovoz to‘pladi.
Isroil HAMASdan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi takliflar oldi va bir necha oy davomida berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting