SES Afg‘oniston gazli ichimligining xavfsizligini qayta tekshiradi
5 iyul 2024, 22:33

SES Afg‘oniston gazli ichimligining xavfsizligini qayta tekshiradi

Sanepidqo‘m Afg‘onistonning gazlangan anor ichimligini tekshirishda zararli moddalarni aniqlamadi, ammo mahsulot xavfsizligini qayta tekshirishga qaror qildi. Avvalroq Qirg‘iziston bolalarda konsentratsiyani kamaytiradigan bo‘yoq mavjudligi sababli afg‘on ichimliklarini musodara qilishni boshlagandi.

Dunyo mamlakatlari havo ifloslanishiga qarshi qanday kurashmoqda?
5 iyul 2024, 22:04

Dunyo mamlakatlari havo ifloslanishiga qarshi qanday kurashmoqda?

Havo ifloslanishi inson salomatligi uchun eng jiddiy ekologik tahdidlardan biri. Muammo yiliga 4,2 mln kishining bevaqt o‘limi sababi bo‘lmoqda. Dunyo mamlakatlari bunga qarshi qanday kurashayotgani — Markaziy Osiyoda toza havo yaratish konferensiyasi sharhida.

Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘paytiriladi
5 iyul 2024, 21:12

Siyosiy partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish ko‘paytiriladi

Prezident siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar joriy etilmoqda
5 iyul 2024, 20:45

Deputat va senatorlar uchun yangi talab va jazolar joriy etilmoqda

Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.

Endi Telegram bot orqali samokatlar qoidabuzarligi haqida shikoyat qilish mumkin
5 iyul 2024, 19:50

Endi Telegram bot orqali samokatlar qoidabuzarligi haqida shikoyat qilish mumkin

O‘zbekiston mikromobillik assotsiatsiyasi fuqarolar elektr samokat haydovchilarining qoidabuzarligi to‘g‘risida shikoyat yuborishi mumkin bo‘lgan Telegram bot yaratdi. Bot qanday ishlashini tushuntiramiz.

Samarqandda SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘lda bolani mashina urib yubordi. U omon qolmadi
5 iyul 2024, 18:50

Samarqandda SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘lda bolani mashina urib yubordi. U omon qolmadi

Samarqandda Nexia 2022-yilgi SHHT sammiti oldidan kengaytirilgan yo‘ldan o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yubordi. “Peshexod”lar orasidagi masofa 1 km bo‘lgani uchun aholi doimiy ravishda bu yerdan yo‘lni kesib o‘tadi. Viloyat YHXB aholini bolalarga e’tiborli bo‘lishga, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.

O‘zbekistonda iyun oyi kuzatuvlardagi eng issiq iyunlar beshligiga kirdi
5 iyul 2024, 18:11

O‘zbekistonda iyun oyi kuzatuvlardagi eng issiq iyunlar beshligiga kirdi

O‘zgidromet 2024-yilning iyunini kuzatuv yillari uchun eng issiq iyunlar beshligiga kiritdi. Eng issiq ob-havo 27−28-iyunkunlari kuzatildi va harorat +43 darajagacha ko‘tarildi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyni ekstremal quruq oy deb tavsiflash ham mumkin.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-iyul)
5 iyul 2024, 17:39

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (6−7-iyul)

Uch tilda “Yaxshi bo‘lish osonmi 4” va yana sakkizta kinopremyera, “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” ko‘rgazmasi, bolalar uchun ijodiy mahorat darslari va maʼrifiy dasturlar, akvaparklardagi musiqiy bayramlar hamda dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Bu yil 805 mingdan ortiq abituriyentga testda qatnashishga ruxsat berildi
5 iyul 2024, 17:38

Bu yil 805 mingdan ortiq abituriyentga testda qatnashishga ruxsat berildi

2024-yil oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan 894 279 nafar abituriyentning 805 688 nafari testda qatnashadi. 88 591 kishining topshirgan hujjati turli sabablar bilan qabul qilinmagan. Imtihon olish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino tayyorlanmoqda.

“Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida
5 iyul 2024, 17:31

“Tutqanog‘i tutib qolgan”. Farg‘ona IIB — idora xonasida hushini yo‘qotgan yigit haqida

Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

“Moddiy manfaat olish maqsadi bo‘lmagan”. Madaniyat vazirligi — Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki haqida
5 iyul 2024, 16:04

“Moddiy manfaat olish maqsadi bo‘lmagan”. Madaniyat vazirligi — Ozodbek Nazarbekovning reklama roligidagi ishtiroki haqida

Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning kiyim brendi reklamasidagi ishtirokini izohlab, bundan “mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgani, vazirning moddiy manfaatdorlik olish maqsadi bo‘lmagani”ni bildirdi. “U mamlakatning barcha qonunlariga qat’iy rioya etadi”, — deydi vazirlik.

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi
5 iyul 2024, 15:44

Farg‘onada fuqaro IIB xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi

Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.

Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi
5 iyul 2024, 14:08

Raqobat qo‘mitasi elektr hisoblagichlarning ortiqcha hisoblayotgani holatlarini o‘rganadi

Internetda iste’molchilarning elektr hisoblagichlar ishlatilgan elektr energiyasini oshirib ko‘rsatayotgani yoki ijtimoiy me’yor doirasida noto‘g‘ri to‘lovlar olayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan ana shunday muammolarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi
5 iyul 2024, 12:02

O‘zbekistonda xorijiy siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi

“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyatini taqiqlovchi qo‘shimcha kiritildi.

Britaniya saylovlarida leyboristlar g‘alaba qozondi, Kir Starmer yangi bosh vazir bo‘ladi
5 iyul 2024, 11:59

Britaniya saylovlarida leyboristlar g‘alaba qozondi, Kir Starmer yangi bosh vazir bo‘ladi

Britaniyani 14 yil boshqargan Konservativ partiya parlament saylovlarida mag‘lub bo‘ldi. Navbatdagi bosh vazir Kir Starmer boshchiligidagi Leyboristlar partiyasi ko‘pchilik ovozlarni qo‘lga kiritdi.

Qarshida Song Plus va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi
5 iyul 2024, 11:35

Qarshida Song Plus va Spark to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi

Qarshi shahrida BYD Song Plus yo‘liga chiqib kelgan Spark bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Spark haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
5 iyul 2024, 11:01

Navoiyda 8 yoshli qiz mashina bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Asialuxe Travel iyulda dam olish uchun top-5 yo‘nalish bilan o‘rtoqlashdi
5 iyul 2024, 11:00

Asialuxe Travel iyulda dam olish uchun top-5 yo‘nalish bilan o‘rtoqlashdi

Yoz — unutilmas sayohatlar vaqti. Asialuxe Travel turoperatori iyul oyida dam olish uchun beshta yaxshi manzillar ro‘yxatini tayyorladi.

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi
5 iyul 2024, 10:58

Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori etib tayinlandi

Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Mobiuz`da bir qancha servislardan foydalanib bo‘lmayapti, asosiy xizmatlar ishlamoqda
5 iyul 2024, 10:34

Mobiuz`da bir qancha servislardan foydalanib bo‘lmayapti, asosiy xizmatlar ishlamoqda

Mobiuz mobil operatorida balans va qoldiqlarni tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni to‘ldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlar ishlamayapti. Mobil internet, qo‘ng‘iroqlar va SMS odatdagidek ishlamoqda. Kompaniya profilaktika ishlari davomida abonentlar aloqadan uzilib qolmasligini bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting