O‘zbekistonning davlat budjeti daromadlari o‘sishida sekinlashuv davom etmoqda
3 iyun 2024, 15:52

O‘zbekistonning davlat budjeti daromadlari o‘sishida sekinlashuv davom etmoqda

O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari birinchi chorakda 5,3 trln so‘mga oshib, 52,6 trln so‘mni tashkil etdi. Daromadlar o‘sishi 11,3 foizgacha sekinlashdi (2023-yil yanvar-mart oylarida o‘sish 12,8 foiz bo‘lgan).

Mayda oylik inflyatsiya 2017-yil dekabridan buyon yangi rekordni o‘rnatdi, bu kommunal tariflar oshishi fonida yuz berdi
3 iyun 2024, 15:31

Mayda oylik inflyatsiya 2017-yil dekabridan buyon yangi rekordni o‘rnatdi, bu kommunal tariflar oshishi fonida yuz berdi

May oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 2,8 foizgacha tezlashdi, bu 2017-yil dekabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yillik narxlar o‘sishi 10,5% dan oshdi. Ko‘rsatkichga gaz (+29%), elektr (+67%) va ijara (+17,3%) tariflarining oshishi ta’sir qildi. Dori-darmonlar narxi o‘sishda davom etdi.

Chery va ADM Global Zominda Tiggo 7 Pro avtomobil egalarining bayramona uchrashuvini o‘tkazdi
3 iyun 2024, 15:00

Chery va ADM Global Zominda Tiggo 7 Pro avtomobil egalarining bayramona uchrashuvini o‘tkazdi

ADM Global kompaniyalar guruhi Jizzax viloyatida navbatdagi With Chery With Love tadbirini tashkillashtirdi. Unda O‘zbekiston bo‘ylab 60 dan ortiq Tiggo 7 Pro egalari bir joyda yig‘ildi.

CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun konsorsium tuzilishi mumkin
3 iyun 2024, 14:30

CASCA+ transport yo‘lagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun konsorsium tuzilishi mumkin

O‘zbekiston va yana 5 ta davlat vakillari CASCA+ transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakillari faoliyatni muvofiqlashtirish va tez buziluvchi yuklarni muzlatkichli konteynerlarda tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi.

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak`dagi so‘nggi xonadonlarga chegirmalar amal qilmoqda
3 iyun 2024, 13:00

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak`dagi so‘nggi xonadonlarga chegirmalar amal qilmoqda

Bog‘ ichidagi shahar — Park City Labzak qulay shart-sharoitlar, yashil bog‘lar manzarasi va poytaxtning markaziy tumanlaridan birida joylashgan so‘nggi xonadonlarni taklif etmoqda.

Gruziya parlamenti spikeri “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
3 iyun 2024, 12:26

Gruziya parlamenti spikeri “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Gruziya parlamenti spikeri ommaviy noroziliklarga qaramay, prezident Salome Zurabishvili veto qo‘ygan “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi bahsli qonunni imzoladi. Hujjat imzolangandan keyin darhol kuchga kiradi.

IHTga turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik O‘zbekistonga o‘tkazildi
3 iyun 2024, 12:02

IHTga turizm yo‘nalishi bo‘yicha raislik O‘zbekistonga o‘tkazildi

Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ning turizm yo‘nalishi bo‘yicha raisligi Ozarbayjondan O‘zbekistonga o‘tkazildi. Ta’kidlanishicha, mamlakat o‘z raisligi davomida IHT hududida “kelajak turizmi”ni shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Hafta davomida havo isib boradi
3 iyun 2024, 11:14

Hafta davomida havo isib boradi

Iyunning birinchi ish haftasida ob-havo O‘zbekiston bo‘yicha quruq bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 4−5-iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat hafta boshida 32, keyinroq 35 darajagacha isiydi.

O‘tkir diareyadan qanday saqlanish mumkin? SSV tavsiyalari
3 iyun 2024, 10:48

O‘tkir diareyadan qanday saqlanish mumkin? SSV tavsiyalari

SSV yozda aholi, ayniqsa, bolalar o‘rtasida avj oladigan o‘tkir diareya belgilarini sanab, qanday qilib kasallikning oldini olish mumkinligi bo‘yicha tavsiyalar berdi. Gigiyenaga rioya qilish, qaynatilgan suv ichish, shifokor maslahatisiz antibiotiklarni qo‘llamaslik shular jumlasidan. Batafsil.

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi
3 iyun 2024, 09:43

Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi

Prezident va tadbirkorlarning yillik muloqoti bu yil Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi. U yerda xalqaro biznes-forum ham o‘tkaziladi. Ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha komissiya tuzildi. “Qoraqalpog‘istonda biznes yuriting” dasturi doirasida yirik brendlarni respublikaga jalb etish rejalashtirilmoqda.

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud boshlanadi
2 iyun 2024, 23:18

“Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud boshlanadi

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, uning o‘g‘li, akasi — jami 37 kishiga nisbatan 3-iyundan ochiq sud boshlanadi. Sudlanuvchilar tovlamachilik, jinoiy uyushma tashkil etish, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, bezorilik va JKning boshqa moddalari bo‘yicha ayblanmoqda.

Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i rahbarlari 15 sutkaga qamaldi
2 iyun 2024, 16:24

Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i rahbarlari 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘i ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani va boshqa huquqbuzarliklar uchun 15 sutkaga qamaldi. Ularning “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari bog‘da 40 mingga yaqin odam to‘planishi va xavf tug‘dirishga sabab bo‘ldi.

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi
2 iyun 2024, 11:12

Sirdaryodagi lak-bo‘yoq ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi

Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.

“Xalq puli davlat budjetiga o‘tdimi, u davlatning puliga aylanadi” — Qashqadaryo adliya boshqarmasi boshlig‘i
2 iyun 2024, 09:58

“Xalq puli davlat budjetiga o‘tdimi, u davlatning puliga aylanadi” — Qashqadaryo adliya boshqarmasi boshlig‘i

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev OAV vakillari bilan suhbatda “xalq puli, xalq mulki davlat budjetiga o‘tsa, o‘z-o‘zidan u davlatning puliga aylanishini” ta’kidladi. Adliya vazirligi davlat organlari xalq oldida hisobdor ekanini eslatib, holat o‘rganilayotganini bildirdi.

Tartibsizlik va tirbandliklar tufayli Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi
1 iyun 2024, 15:20

Tartibsizlik va tirbandliklar tufayli Toshkentdagi “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi

Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi.

“Bolalar ehtiyoji uchun xavfsiz cho‘milish havzalari kerak” — Surayyo Rahmonova
1 iyun 2024, 12:59

“Bolalar ehtiyoji uchun xavfsiz cho‘milish havzalari kerak” — Surayyo Rahmonova

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning fikricha, bolalarni taqiqlangan joyda cho‘milmaslik haqida ogohlantirishning o‘zi yetarli emas. “Ularning ehtiyoji uchun muqobil xavfsiz cho‘milish havzalari kerak”, — dedi u. Ombudsman bu masala bo‘yicha viloyat xokimlariga so‘rov kiritilganini ma’lum qildi.

Tailand va Filippinning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilindi
1 iyun 2024, 11:31

Tailand va Filippinning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilindi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tailand va Filippinning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilib olindi. TIV rahbari Baxtiyor Saidov Filippin bilan “foydalanilmagan ulkan salohiyatlar” borligini ta’kidladi.

Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga bahorda 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi
1 iyun 2024, 09:47

Sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga bahorda 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi

Bahorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi. Bu haqda Senatdagi muhokamada so‘z bordi. Bu masala avvalgi yillarda ham bir necha bor ko‘tarilgan.

Akmal Saidov BMT Inson huquqlari qo‘mitasi a’zosi bo‘ldi
1 iyun 2024, 00:36

Akmal Saidov BMT Inson huquqlari qo‘mitasi a’zosi bo‘ldi

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov 2025—2028-yillarga mo‘ljallangan BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. BMTning mazkur organiga O‘zbekistondan birinchi marta vakil saylandi.

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida yo‘lovchi ayol hushidan ketdi
31 may 2024, 22:59

Toshkent aeroportining uchib kelish zalida yo‘lovchi ayol hushidan ketdi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxt aeroportiga qo‘ngan yo‘lovchi ayol bojxona nazorati paytida sog‘lig‘idagi muammolar sabab hushidan ketdi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting