Prezident — O‘zbekistonda charm sanoati va ipakchilikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
10 may 2024, 22:14

Prezident — O‘zbekistonda charm sanoati va ipakchilikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ikki viloyatida charm klasterlarini tashkil etish, zotli chorva mollarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, pillaning xarid narxini oshirish va charm sanoati hamda ipakchilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni ma’lum qildi.

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga moslashtiriladi
10 may 2024, 21:41

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga moslashtiriladi

Prezident O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish va uning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha milliy dastur bilan tanishdi. Unda 1 mln gektar agroekologik landshaft va degradatsiyaga uchragan yaylovlar holatini yaxshilash, himoya o‘rmon zonalarini yaratish va boshqa chora-tadbirlar bor.

Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi
10 may 2024, 21:39

Toshkent viloyatida kadastr xodimi kaltaklandi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan kadastr xodimi kaltaklandi. Bosh prokuratura holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berdi — video
10 may 2024, 21:29

O‘zbekiston viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berdi — video

10-may kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, sel-suv toshqinlari yuz berdi. Avtomobil yo‘llari, ekin maydonlarini suv bosdi, daraxtlar quladi. Jala tufayli Qamchiq dovoni vaqtincha yopildi. “Gazeta.uz” yog‘ingarchilik va u yetkazgan talafot aks etgan videolarni havola etadi.

Issiqxonalar uchun ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizini davlat qoplab beradi
10 may 2024, 21:08

Issiqxonalar uchun ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizini davlat qoplab beradi

Issiqxona xo‘jaliklari samaradorligini oshirish uchun ularga ma’lum mutaxassislarni yollash bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini va ko‘mir qozoni sotib olish xarajatlarining 20 foizigacha qismini qoplash taklif etilmoqda.

3 yildan beri oshmagandi — Maktabgacha ta’lim agentligi bog‘cha to‘lovi oshgani haqida
10 may 2024, 17:30

3 yildan beri oshmagandi — Maktabgacha ta’lim agentligi bog‘cha to‘lovi oshgani haqida

Maktabgacha ta’lim agentligi davlat bog‘chalarida to‘lovlar oshirilayotganini izohlab, tariflar 3 yildan beri o‘zgarmagani, shu bilan bir vaqtda, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlar oshganini ta’kidladi. Bundan ovqatlantirishning sifatini yaxshilash ham maqsad qilingan, deydi agentlik vakili.

Toshkentda Honor of Kings bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi
10 may 2024, 17:00

Toshkentda Honor of Kings bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi

5-may kuni Next savdo markazida Honor of Kings kibersport yo‘nalishi bo‘yicha turnir finali bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning barcha ishtirokchilariga yangi Infinix Note 40 Pro smartfonlari sovg‘a qilindi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (11−12-may)
10 may 2024, 16:51

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (11−12-may)

Oltita kinopremyera, kofe va choy festivali, Ozoda Nursaidova konserti, art-bozor, kaktuslar ko’rgazmasi, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda
10 may 2024, 16:23

Armanistonda bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib namoyishlar o‘tkazilmoqda

Yerevanda fuqarolik itoatsizligi aksiyalari boshlandi. Namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjonga hududiy yon berishlariga qarshi chiqmoqda.

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi gaz bozorini tartibga solmaydi
10 may 2024, 15:58

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi gaz bozorini tartibga solmaydi

Hukumat Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. U Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va gaz bozorini tartibga solish bo‘yicha funksiyalarga ega bo‘lmaydi.

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10 may 2024, 15:20

Samarqandda 15 yoshli qiz ona bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloq tumanida 15 yoshli qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan 18 yoshli yigitdan farzand ko‘rdi. Holat yuzasidan 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi
10 may 2024, 14:50

O‘zbekistonda ipak olishning muqobil — Xitoy tajribasiga asoslangan usuli yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda Xitoyda bo‘lgani kabi kanakunjut qurtini parvarishlab, undan ipak olish usuli yo‘lga qo‘yiladi. Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, sinov ishlarini boshlashni topshirdi.

Yil boshidan buyon 115 ming o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasidan qaytib keldi
10 may 2024, 14:41

Yil boshidan buyon 115 ming o‘zbekistonlik mehnat migratsiyasidan qaytib keldi

2024-yilning yanvar-mart oylarida 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi mehnat migratsiyasidan qaytib keldi. Yil oxirigacha yana 250−300 ming nafar o‘zbekistonlik mamlakatga qaytishi prognoz qilinmoqda. Prezident qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriq berdi.

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi
10 may 2024, 14:35

“Sayxunobod tajribasi” bo‘yicha ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 400 ga yaqin mas’ul ishdan olindi

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda “Sayxunobod tajribasi” doirasidagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olingani ma’lum qilindi. Shuningdek, mazkur tajriba orqali aprel oyida 365 ming aholi bandligi ta’minlangani bildirildi.

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
10 may 2024, 14:27

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi rahbari Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bungacha sport tashkilotiga Mehriddin Abdullayev rahbarlik qilgan, u ham 2023-yilning martigacha “O‘zbekneftgaz”ni boshqargan.

Ikki viloyatda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi
10 may 2024, 14:17

Ikki viloyatda umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari quriladi

Xitoyning Universal Energy kompaniyasi Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini quradi.

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi
10 may 2024, 11:47

Har bir hududda uy-joylarni renovatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekiston hududlarida uy-joylarni sinov tariqasida renovatsiya qilish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Misol tariqasida Toshkentning Oqtepa massividagi loyiha keltirilgan. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonunni iyun oxirigacha ishlab chiqish belgilandi.

Buxoro viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi
10 may 2024, 11:36

Buxoro viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimda u 2023-yilning fevralida tayinlangan Mirjamol Miralimov o‘rnini egalladi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik to‘xtaydi
10 may 2024, 11:29

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik to‘xtaydi

Shanba kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +19…+23 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanbada esa respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, harorat +28 darajagacha ko‘tariladi. Joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.

Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi. Batafsil
10 may 2024, 11:26

Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi. Batafsil

Apple o‘zining navbatdagi taqdimotida yangi modeldagi planshetlar — iPad Air va iPad Pro`ni namoyish etdi. Ularning yangi modellari diagonali 11 va 13 dyuymli bo‘ladi. 13 dyuymli model kompaniya tarixidagi eng ingichka qurilmaga aylandi — 5,1 mm. Batafsil.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting