Prezident 23-noyabr kuni Ozarbayjonga boradi
22 noyabr 2023, 17:38

Prezident 23-noyabr kuni Ozarbayjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tkaziladigan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etish uchun 23−24-noyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.

Endi viloyat kadastr boshliqlari bosh vazir tomonidan tayinlanadi
22 noyabr 2023, 17:37

Endi viloyat kadastr boshliqlari bosh vazir tomonidan tayinlanadi

O‘zbekiston bosh vaziri Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqini oldi. O‘zbekiston prezidenti kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifati “zamondan orqada” ekanini ta’kidladi.

Brend Chery avtomobillarining O‘zbekistondagi barcha modellari uchun narxlarni optimallashtirildi
22 noyabr 2023, 17:00

Brend Chery avtomobillarining O‘zbekistondagi barcha modellari uchun narxlarni optimallashtirildi

Chery Uzbekistan brendi avtomobillarning barcha modellari narxini pasaytirish va transport xarajatlarini optimalashtirishni e’lon qildi.

O‘zbekiston U-17 JCHning chorak finaliga chiqdi
22 noyabr 2023, 15:42

O‘zbekiston U-17 JCHning chorak finaliga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston oxirgi marta 2011-yilda turnirning bu bosqichiga chiqqan (video, foto, statistika).

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, qurbon bor
22 noyabr 2023, 14:38

Samarqandda yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, qurbon bor

Oqdaryo tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etdi. 17 kishi jarohatlandi.

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 samolyoti bilan to‘qnashdi
22 noyabr 2023, 14:25

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 samolyoti bilan to‘qnashdi

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 yo‘lovchi layneri bilan to‘qnashdi va samolyotning tumshuq qismiga shikast yetdi. Hodisaga avtobus haydovchisining aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Havo kemasiga ertasi kuni parvozlarga ruxsat berilgan.

Oqilona foydalanilmayotgan kadastrsiz yerlar hokimliklar zaxirasiga qaytariladi — prezident
22 noyabr 2023, 13:37

Oqilona foydalanilmayotgan kadastrsiz yerlar hokimliklar zaxirasiga qaytariladi — prezident

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning shartli kadastr qiymati 350 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin, dedi prezident. U aerosuratlar va yer kadastrini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish topshirig‘ini berdi. Agar kadastrsiz yerlardan oqilona foydalanilmasa, ular hokimliklar zaxirasiga qaytariladi.

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi
22 noyabr 2023, 13:17

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ommaviy mushtlashuv bo‘ldi

Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘ldi. Migrantlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets
22 noyabr 2023, 13:06

“O‘zbekiston futbolchilari Eronga qarshi o‘yinda o‘z xarakterini ko‘rsatdi” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari xarakter ko‘rsatib, Eron bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, birinchi bo‘limdagi kamchiliklar, Eronning provokatsiyalari, xorij klublarida to‘p surayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

Markaziy bank rahbari — makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya va monetar siyosat “ovozi” haqida
22 noyabr 2023, 11:55

Markaziy bank rahbari — makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya va monetar siyosat “ovozi” haqida

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘nggi yillarda iqtisodiyot yuqori budjet taqchilligi sharoitidagi hayotga moslashgani va bu “og‘irlikni pul-kredit siyosatiga yuklayotganini” ta’kidladi. U fiskal konsolidatsiya zarurati va monetar siyosatning “ko‘tarilgan ovozi” haqida gapirdi.

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi
22 noyabr 2023, 11:38

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi

Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.

JCH-2026 saralashi: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi (+ video)
22 noyabr 2023, 11:18

JCH-2026 saralashi: O‘zbekistonlik futbolchilar Eron bilan durang o‘ynadi (+ video)

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinida Eron bilan durang o‘ynadi. Terma jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, ikkinchi bo‘limda Oston O‘runov va Igor Sergeyevning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (video, foto).

Prezident Toshkent metrosida 2 daqiqali intervalni ta’minlash topshirig‘ini berdi
22 noyabr 2023, 11:02

Prezident Toshkent metrosida 2 daqiqali intervalni ta’minlash topshirig‘ini berdi

Prezident vagonlar parkini yangilash, Toshkent metropolitenida poyezdlar orasidagi ikki daqiqali intervalni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, metropolitenni 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda, bunda asosiy e’tibor yerosti metrosiga qaratiladi.

Xalqaro mikromoliya tashkiloti Oasis Credit Toshkentda ikkinchi filialini ochdi
22 noyabr 2023, 11:00

Xalqaro mikromoliya tashkiloti Oasis Credit Toshkentda ikkinchi filialini ochdi

Oasis Credit mikromoliya tashkiloti ikkinchi filialning ochilishini e’lon qildi. Endilikda kompaniya tadbirkorlarni sifatli moliyashtirish bilan ta’minlay oladi.

Tadqiqot: Dunyo aholisining eng boy 1 foizi eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq uglerod gazi chiqindilarini chiqaradi
22 noyabr 2023, 10:25

Tadqiqot: Dunyo aholisining eng boy 1 foizi eng kambag‘al 66 foizdan ko‘proq uglerod gazi chiqindilarini chiqaradi

Global iqlim tengsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng boy 1 foiz aholi daromadlari past bo‘lgan 66 foiz aholiga qaraganda ko‘proq miqdorda tabiatga uglerod gazi chiqindilari chiqaradi.

Chilonzorda Chilonzor City va Smart siti qurilishi rejalashtirilmoqda
22 noyabr 2023, 10:23

Chilonzorda Chilonzor City va Smart siti qurilishi rejalashtirilmoqda

Poytaxtning Chilonzor tumanida Chilonzor Sity turar joy majmuasi va “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektarli avtoturargohi o‘rnida Smart siti majmuasini qurish taklif qilinmoqda. Bu tuman aholisini kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Toshkentda Hyundai urib yuborgan 41 yoshli piyoda vafot etdi
22 noyabr 2023, 10:15

Toshkentda Hyundai urib yuborgan 41 yoshli piyoda vafot etdi

Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
22 noyabr 2023, 09:37

Farg‘onada er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi

Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Iqlim o‘zgarishi sohasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston farovonligini oshirishga yordam beradi — Jahon banki
21 noyabr 2023, 18:14

Iqlim o‘zgarishi sohasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston farovonligini oshirishga yordam beradi — Jahon banki

Jahon banki guruhi hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotini karbonsizlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar mamlakatga taraqqiyot maqsadlariga erishish va fuqarolar farovonligini oshirishga yordam berishi qayd etildi. Hisobotda buni amalga oshirish uchun bir qancha tavsiyalar berib o‘tilgan.

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotganini tanqid qildi
21 noyabr 2023, 17:29

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda sustkashlik bo‘layotganini tanqid qildi

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda barcha sohalar ham natijadorlikka erisha olmayotganini ta’kidladi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatidagi loyihalarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting