O‘zbekistonda 1-iyundan davlat bolalar bog‘chasida bola ta’minoti uchun to‘lovlar miqdori o‘rtacha 18,7−21 foizga oshadi. 2025-yildan boshlab narxlar yana ko‘tariladi. Narxlar so‘nggi bor uch yil avval oshgan edi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi Alisher Qayumov va prezident Tarman Shanmugaratnam ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Toshkent investitsiya forumida Singapur parlamenti delegatsiyasi va mamlakatdagi 25 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etadi.
O‘zbekiston ikkinchi bor Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (PISA) ishtirok etadi. Loyiha yana Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. PISA-2025`ning pilot testlari joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Hozirda ta’lim sohasi mutaxassislari metodologiya bilan tanishmoqda.
O‘zbekistonda may oyi quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Birinchi o‘nkunlikda harorat kunduzi +26…+29 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘nkunliklarda kunduzgi harorat +23…+28 dan +30…+35 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim joylarda momaqaldiroq, tog‘li hududlarda kuchli jala va sellar bo‘lishi xavfi bor.
Energiya tariflari oshadi, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lganlarga moddiy yordam beriladi, hokimliklarga zilzila xavfi bo‘yicha oylik xulosalar kiritiladi, ayrim o‘zanlarda noruda qazib olishga moratoriy joriy etiladi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga tadbirkorlar jalb etiladi — 1-maydan nimalar o‘zgaradi?
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasidagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhim xomashyo — litiy, grafit, indiy, vanadiy, reniyning yangi konlarini o‘zlashtirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u kamyob metallarni qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalarni ishlab chiqishni topshirdi.
O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi majburiy badallarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi. Toshkentda ular binoning maydoni va qavatlar soniga qarab 1 kv metr uchun 1147 so‘mdan 1829 so‘mgacha bo‘ladi. Uy boshqaruvi kompaniyalari ko‘rsatishi shart bo‘lgan minimal ishlar va xizmatlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Toshkentdan Chorvoqqa kuniga ikki mahal avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan ertalab 8:00 va kechki 18:00 da jo‘naydi, Xumsondan 6:00 va 16:00 da qaytadi. Yo‘lkira — 20 ming so‘m.
ANORBANK Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyoti bankining yillik anjuman yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Tadbirlar doirasida bank hamda XSRIK O‘zbekistonda Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso Toshkentga tashrif buyuradi. U prezident va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazadi, Xorijiy investorlar kengashi va Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
Sud Erondan qaytgan 27 yoshli namanganlik fuqaroni Facebook`da prezident Shavkat Mirziyoyevga nisbatan tuhmat va haqoratli izohlar yozgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.
Marg‘ilon shahridagi “Xo‘ja porso” MFY aholisi avtohalokat xavfi yuqori bo‘lgan chorrahaga svetofor o‘rnatishga ko‘mak berishni so‘rab ombudsmanga murojaat qildi. Ombudsmanning “tegishli tashkilotlar”ga murojaatidan so‘ng masala ijobiy hal etildi.
Chet elda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan va fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarni xorijdan olib kirishda fitosanitariya sertifikatini talab qilish bekor qilinmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini birinchi o‘yishda qabul qildi.
O‘zbekistonda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 77 foizni tashkil etmoqda. 2024-yil yakunigacha ko‘rsatkich 81 foizga yetkazilishi reja qilinmoqda.
O‘zbekistonda uy-joy sotib olish jarayonining shaffofligini oshirish uchun quruvchilarga soliq solinadigan bazani har bir kvadrat metr uchun minimal miqdordan kelib chiqib belgilash taklif qilinmoqda. Toshkent shahrida o‘rtacha minimal miqdor kvadrat metr uchun 5−7,5 mln so‘m etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda minimal iste’mol xarajatlari 4,3 foizga o‘sdi — oyiga 621 ming so‘mdan 648 ming so‘mgacha. Ushbu ko‘rsatkich kambag‘allik chegarasini aniqlashda ishlatiladi. Mazkur summa 1-maydan gaz va elektr energiyasi tariflari oshishi munosabati bilan yil boshidan buyon ikkinchi marta yangilandi.
Toshkent hayvonot bog‘ida jonzotlarning yashash sharoitini yaxshilash uchun navbatdagi vasiylik dasturi ochildi. Bunda korpuslarni ta’mirlash, o‘yinchoq, ovqat olib berish, davolatish va boshqalar amalga oshiriladi. Bu davrda vasiy va uning oilasiga imtiyozlar, jumladan, zooparkka bepul kirish imkoni beriladi.
O‘zbekistonda 1-iyuldan to‘lovlar naqd pulda amalga oshirilganda fiskal cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali olinadigan soliq keshbeklarini to‘lash bekor qilinishi mumkin. Naqd pulsiz to‘lovlar uchun keshbek miqdori esa hozirgi 1 foizdan 2 foizgacha oshirilishi mumkin.
Toshkentda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mebel sexi, shuningdek, Qarshida 1 mlrd so‘mlik gazni qonunga xilof ravishda ishlatgan korxona aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting