UzAuto o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit ajratishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi
12 yanvar 2025, 09:19 2

UzAuto o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit ajratishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Kompaniya avtomobil xarid qilish uchun qator banklarda turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganini qo‘shimcha qildi.

Ostona-Samarqand yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda
11 yanvar 2025, 18:26

Ostona-Samarqand yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston Ostona-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Tomonlar sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi va ishchi guruh tuzdi.

Pokiston bosh vaziri fevralda O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
11 yanvar 2025, 18:01

Pokiston bosh vaziri fevralda O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning fevral oxirida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo kelishuvlariga imzo chekishi rejalashtirilgani xabar qilindi.

Harbiy sud Komil Allamjonovga suiqasd ishini ko‘rishni boshladi — huquq himoyachisi
11 yanvar 2025, 16:38

Harbiy sud Komil Allamjonovga suiqasd ishini ko‘rishni boshladi — huquq himoyachisi

O‘zbekiston Harbiy sudi Prezident administratsiyasi departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Mahkama mutlaqo maxfiy boshlandi, deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi
11 yanvar 2025, 15:49

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi

Toshkent shahrida tergovga gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan pora evaziga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasida yordam bermoqchi bo‘lgan tergovchi ushlandi. U va uning sherigi fuqarodan 20 ming AQSh dollari olganlikda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati AQShning Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlik qiladi
11 yanvar 2025, 14:45

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati AQShning Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Kolorado konlar maktabi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda Texnologik metallar oliy maktabini ham tashkil etib, qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda yanvar oyida ob-havo qanday bo‘ladi? (video)
11 yanvar 2025, 12:15

O‘zbekistonda yanvar oyida ob-havo qanday bo‘ladi? (video)

2025-yilning yanvar oyi, prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik va harorat rejimi bo‘yicha me’yor atrofida o‘tadi. Ammo oyning uchinchi o‘n kunligi sovuqroq kelishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun yanvar ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi. Video.

Toshkentda shifokorlar 2 yoshli qizchaning qornidan 135 dona magnit sharcha chiqarib oldi
11 yanvar 2025, 11:06

Toshkentda shifokorlar 2 yoshli qizchaning qornidan 135 dona magnit sharcha chiqarib oldi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 2 yoshli qizchaning qornidan 135 dona magnit sharcha chiqarib olindi. Bungacha qayt qildirish yo‘li bilan 14 ta sharcha olingan. Qizchaning ahvoli qoniqarli.

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi
11 yanvar 2025, 10:18

Toshkent metropoliteniga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteni to‘rt vagonli yangi 3 ta metro poyezdlariga ega bo‘ldi. Poyezdlar 9−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, yo‘nalishlarga chiqariladi.

Shavkat Mirziyoyev 13−16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi
11 yanvar 2025, 09:27

Shavkat Mirziyoyev 13−16-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan BAAda bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti 13−16-yanvar kunlari BAAga tashrif buyuradi. Shavkat Mirziyoyev u yerda prezident Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammitida ishtirok etadi.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tdi — Romano
11 yanvar 2025, 09:04

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga o‘tdi — Romano

Mashhur futbol jurnalisti Fabritsio Romano “Lans” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” klubiga transfer qilinganini e’lon qildi. O‘zbekistonlik futbolchi APL jamoasiga 40 mln yevroga sotilgan.

Nima tayyorlaymiz: teftel va frikadelkalar
11 yanvar 2025, 00:59

Nima tayyorlaymiz: teftel va frikadelkalar

Pomidorli qaylada pishgan pishloqli teftellar, frikadelkali zapekanka, lapshali frikadelkalar va boshqa teftel hamda frikadelkalar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Zo‘ravonlikka moyil o‘qituvchilarga psixologik yordam berish mexanizmi paydo bo‘ladi
10 yanvar 2025, 21:58

Zo‘ravonlikka moyil o‘qituvchilarga psixologik yordam berish mexanizmi paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish taklif etilmoqda. Ularning kasbiy so‘nishi va stresslarning oldini olish uchun simulyator va keyslar yaratish ham rejalashtirilmoqda.

Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi
10 yanvar 2025, 21:27

Davlat bog‘chalarida “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi

Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarini “Yagona mavsumiy taomnoma” bo‘yicha ovqatlantirish, bunga autsorsni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Hududlar kesimida bir bola uchun kunlik xarajat belgilab olinadi. Uning nazorati bilan yangi Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish markazi shug‘ullanadi.

Sud Trampga to‘lovlar ishi bo‘yicha shartlarsiz ozodlikni tayinladi
10 yanvar 2025, 20:36

Sud Trampga to‘lovlar ishi bo‘yicha shartlarsiz ozodlikni tayinladi

Sud Donald Trampga pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha hukm chiqardi va unga hech qanday shartlarsiz ozodlikni tayinladi. Ya’ni u qamoq yoki jarima kabi jazolarni olmaydi.

Bo‘stonliqda qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi
10 yanvar 2025, 19:24

Bo‘stonliqda qo‘ng‘ir ayiq o‘ldirib ketildi

Bo‘stonliqdagi Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida noma’lum shaxslar Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni sirtmoq bilan o‘ldirgani aniqlandi. Ular hayvonning terisini qoldirib, boshqa qismlarini olib ketgan. Hozirda huquqbuzarlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari faoliyati tiklanmoqda
10 yanvar 2025, 19:12

Toshkentda elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari faoliyati tiklanmoqda

Energetika vazirligi tadbirkorlar bilan uchrashib, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari bilan bog‘liq muammolarni muhokama qildi. Tadbirkorlarga energetika qoidalariga rioya qilish zarurligi eslatildi. Uchrashuv ishtirokchilaridan birining “Gazeta.uz”ga aytishicha, shohobchalar tarmoqqa ulana boshlagan.

M Cosmetic Cosmos aksiyasining finali va ajoyib konsert bo‘lib o‘tadi
10 yanvar 2025, 19:00

M Cosmetic Cosmos aksiyasining finali va ajoyib konsert bo‘lib o‘tadi

12-yanvar kuni Magic City bog‘ida shu qishning uzoq kutilgan tadbiri — M Cosmetic Cosmos “Kosmik” aksiyasining finali, o‘zbek estradasi san’atkorlari ishtirokidagi noyob konsert, shuningdek, M Cosmetic sovg‘a to‘plamlari o‘yini bo‘lib o‘tadi.

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar olib kelindi
10 yanvar 2025, 18:57

Toshkent hayvonot bog‘iga yangi hayvonlar olib kelindi

Toshkent hayvonot bog‘i kolleksiyasi uchta alpaka, bitta lama va har xil turdagi beshta turna bilan to‘ldirildi.

Qo‘ng‘iroqqa javob berishda kartadan pul yechib olinmaydi, ammo ma’lumotlar va SMS kodini ulashmaslik lozim — MB
10 yanvar 2025, 18:44

Qo‘ng‘iroqqa javob berishda kartadan pul yechib olinmaydi, ammo ma’lumotlar va SMS kodini ulashmaslik lozim — MB

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda begona raqamlardan qo‘ng‘iroqlarga javob berilayotganda bank kartalaridan pul avtomatik yechib olinayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Regulyator login, parol va SMS kodlarini notanish shaxslarga berish, shuningdek, zararli APK fayllarni o‘rnatish mumkin emasligini eslatdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting