O‘zbekistonda, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasidan ma’lum bo‘lishicha, Kanadada bosh konsulxona ochish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Braziliya, Argentina va Amerika qit’asining boshqa davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonning turli shaharlaridan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus qatnovlari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Xususan, Buxoro — Turkiston, Toshkent — Ufa, Nukus — Urumchi yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi. Transport vazirligi qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchilarga hamkorlik taklif qildi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida nazorat reyd tadbiri vaqtida 4 nafar noma’lum shaxs tuman ekologiya bo‘limi boshlig‘i va bosh mutaxassisiga jarohat yetkazdi. Ular mashinasida yo‘lni to‘sib, inspektorlar faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Xodimlarga shifoxonada birinchi yordam ko‘rsatildi, IIB vaziyatni o‘rganmoqda.
Hukumat qarori bilan turistik klasterlarni tashkil etish tartibi tasdiqlandi. Turoperator — mehmonxona — transport xizmatlarini ko‘rsatadigan, mehmonlarni saqlash va hunarmandchilik mahsulotlari sotish uchun sharoiti mavjud tadbirkorlar turistik klaster maqomini olishga ariza yuborishi mumkin.
Deputatlar majburiyatlar reyestrini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Unda sud va boshqa hujjatlar bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmaydigan qarzdorlar ma’lumotlari bo‘ladi. Bunda joriy etilgan cheklovlar majburiyat bajarilgunga qadar o‘z kuchida qoladi.
Daniya, Grenlandiya va Kanada bosh vazirlari AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning ushbu hududlar ustidan nazorat o‘rnatish istagini bildirgan bayonotlariga izoh berdi. “Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli”, — deb javob berdi grenland hukumati rahbari.
JSST metapnevmovirus bo‘yicha izoh berarkan, u yangi virus emasligini ta’kidladi. U keng tarqalgan bo‘lib, qish va bahorda aylanib yuradi va shamollashga o‘xshash respirator alomatlarni keltirib chiqaradi. Virusli infeksiya uchun odatiy profilaktika choralari — qo‘llarni yuvish va xonani shamollatish.
BAA Isroil va AQSh bilan Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyin G‘azo sektorining kelajagi bo‘yicha yopiq muzokaralar olib bormoqda, deb yozdi Reuters. Abu Dabi Falastin ma’muriyatini isloh qilish, huquq va vakolatlarini kengaytirish tarafdori.
2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik 234 ta davlat xaridi noqonuniy o‘tkazilgani aniqlanib, natijalari bekor qilindi, deb Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi monitoring xulosalarini e’lon qildi. Ularning aksariyati SSV, Transport vazirligi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Qonunchilik palatasida qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Hujjat bilan sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Oliy sud ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan kontentlar ro‘yxatini yangiladi. Ular orasida Telegram, YouTube, Instagram`dagi va audio, video va matn formatdagi materiallar bor.
Donald Tramp Grenlandiya va Panama kanali AQSh nazoratiga o‘tishi kerakligi, buning uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilmasligini aytdi. U, shuningdek, Kanadani Qo‘shma Shtatlarga qo‘shish uchun “iqtisodiy kuch” bilan tahdid qildi. AQShning saylangan prezidenti yana nimalar dedi — “Gazeta.uz” obzorida.
Hukumat qarori bilan attraksionlar xavfsizligi bo‘yicha texnik reglament va ularning davlat reyestrini yuritish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati asosan to‘rtta idora tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyot va moliya vaziri etib Nurullan Erlepesov Umirzakovich tayinlandi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumat rahbarlari uch davlat chegaralari tutashgan nuqtada umumiy chegara uchastkalari chizig‘i masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Ular ushbu yig‘ilish “xalqlar va mamlakatlar farovonligi yo‘lida mintaqa taqdirini o‘nlab yillar davomida belgilab berishiga” ishonch bildirdi.
23-dekabr kuni Bo‘stonliq tumanida 4 yoshli qiz onasining kaltaklashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgandi. Bola 15 kun o‘tib tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori bilan 2025-yil fevral oyidan aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti tariflari narxi oshirilmoqda. Ro‘yxat.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 290 mln dollarga kamayib, 2024-yil yakuniga ko‘ra 41 mlrd 181,6 mln dollarni tashkil etdi. Yil davomida oltin narxining ko‘tarilishi fonida rezervlar qiymati 6,6 mlrd dollarga ko‘paydi.
Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi.
Ilyas Nurimbetov Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston filiali direktori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar SSV Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting