Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqib yuborilishi sabab jami 106 mln so‘mlik zarar yetkazildi
15 iyul 2023, 11:38

Surxondaryoda g‘alladan bo‘shagan maydonlar yoqib yuborilishi sabab jami 106 mln so‘mlik zarar yetkazildi

Qumqo‘rg‘on tumanida bir qancha fermer xo‘jaliklari g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida tuproq unumdorligiga jami 106 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undirilishi qayd etildi.

Yaponamama Samarqandda ikkinchi filialini ochmoqda
15 iyul 2023, 11:00

Yaponamama Samarqandda ikkinchi filialini ochmoqda

16-iyul sanasida Yaponamama pan-osiyo restoranining 17-filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda mehmonlarni shou-dasturlar va bepul sushi-rollarning tarqatilishi kutilmoqda.

Rossiyadagi eri bilan janjallashishi oqibatida farzandlarini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi
15 iyul 2023, 09:30

Rossiyadagi eri bilan janjallashishi oqibatida farzandlarini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi

Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol Rossiyada ishlovchi eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qiz farzandlarini kaltaklab, uni tasvirga olib, eriga jo‘natgan. Unga nisbatan jinoiy ish ochildi.

Nima tayyorlaymiz: Baqlajondan taom va salatlar
15 iyul 2023, 09:22

Nima tayyorlaymiz: Baqlajondan taom va salatlar

Baqlajondan tayyorlangan kotletlar, pashtet, gazak, salat, baqlajon chips va boshqalar — Zira.uz baqlajondan turli noodatiy taomlarni tayyorlab ko‘rdi. Mazali yegulik va salatlarning retsepti bilan tanishing.

AP: Rossiya minglab ukrainalik tinch aholini qamoqxonalar tarmog‘ida saqlamoqda
14 iyul 2023, 23:05

AP: Rossiya minglab ukrainalik tinch aholini qamoqxonalar tarmog‘ida saqlamoqda

Minglab Ukraina fuqarolar Rossiya Ukraina tomonidan bosib olingan hududlardagi rasmiy va norasmiy qamoqxonalarda saqlanmoqda. Ular qiynoqqa solinib, qul sifatida mehnatga majburlanmoqda, deyiladi Associated Press surishtiruvida.

SSV Nurafshondagi tug‘uruqxonada homilador ayolning o‘limi yuzasidan ma’lumot berdi
14 iyul 2023, 22:16

SSV Nurafshondagi tug‘uruqxonada homilador ayolning o‘limi yuzasidan ma’lumot berdi

SSV Nurafshon shahridagi tug‘uruqxonada homilador ayol chaqalog‘i bilan vafot etgani yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, ayol muassasaga o‘ta og‘ir ahvolga keltirilgan va “sepsis. I-II darajali septik shok” tashxisi qo‘yilgan. Biroq olib borilgan jadal reanimatsion terapiyaga qaramay, ayol vafot etgan.

14-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
14 iyul 2023, 22:00

14-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Pezident sifatida qasamyod qilgan Shavkat Mirziyoyev, uning inauguratsiya marosimidagi nutqi va rejalari, yana boshlanadigan “Tashabbusli budjet”, ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi, Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona kimyoviy moddalar oqizib kelgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston para atletlari jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi
14 iyul 2023, 21:53

O‘zbekiston para atletlari jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Parijda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi 3 ta — 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, paraatletchilar 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziya olishdi.

O‘zgidromet Toshkent kanallaridagi suv sifatini tekshirdi
14 iyul 2023, 20:49

O‘zgidromet Toshkent kanallaridagi suv sifatini tekshirdi

Toshkent kanallari va uning atrofidagi suv omborlaridan olingan namunalar eng ko‘p ifloslangan suv Salar kanali, eng tozasi esa Anhor kanali va Chorvoqda ekanini ko‘rsatdi. Bular 12-iyuldagi bir kunlik ma’lumotlar, umuman olganda, O‘zgidromet muntazam ravishda tahlillar o‘tkazib turadi.

Barbara Ouklini fanlarni oson o‘zlashtirish haqida asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi
14 iyul 2023, 19:00

Barbara Ouklini fanlarni oson o‘zlashtirish haqida asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi

AQShlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi” kitobi o‘zbek tiliga o‘girilib, “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi.

Sirdaryoda hokim va hokim o‘rinbosarlariga 16 ta Tracker xarid qilish rejalashtirilmoqda
14 iyul 2023, 17:52

Sirdaryoda hokim va hokim o‘rinbosarlariga 16 ta Tracker xarid qilish rejalashtirilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yildi.

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi
14 iyul 2023, 17:43

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi

Erondan issiq tropik havoning kirib kelishi hisobiga 11-iyuldan O‘zbekiston bo‘ylab termik depressiya kuzatildi. Biroq bu davr uzoq davom etmadi. Dam olish kunlarida harorat pasayadi. Kelgusi haftada harorat yana qisqa muddatga ko‘tarilishi mumkin.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi
14 iyul 2023, 16:54

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi. Bu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz`ga qarshi da’vo arizasini qaytarib oldi
14 iyul 2023, 16:39

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz`ga qarshi da’vo arizasini qaytarib oldi

Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga bergan arizasini qaytarib oldi. U o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov bo‘yicha raddiya e’lon qilishni, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilgandi.

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
14 iyul 2023, 16:31

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 32 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank
14 iyul 2023, 16:20

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank

Markaziy bank O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bo‘yicha tarqalayotgan xabarlarga bergan munosabatida zaxiralar 11,3 oylik importni qoplashga yetishini bildirdi. Bu minimal talabdan qariyb 4 barobarga ko‘p. Ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 mlrd dollarga kamaygan.

“Biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak” — prezident
14 iyul 2023, 15:42

“Biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak” — prezident

O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitini asrash, suv taqchilligining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi, dedi prezident. U, shuningdek, O‘zbekiston faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

“Korrupsiya bo‘lmasa, hammasi xalqqa va’da berganimizdek bo‘ladi” — O‘zbekiston prezidenti
14 iyul 2023, 15:41

“Korrupsiya bo‘lmasa, hammasi xalqqa va’da berganimizdek bo‘ladi” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya nutqida “hamma tizim o‘zgaradi”, deya va’da berdi. Qonunlar, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladiganlar o‘rnini yoshlar egallashini bildirdi. Prezident korrupsiya bo‘lmasa, “barcha ishlar xalqqa va’da berilganidek bo‘ladi”, deya ta’kidladi.

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi
14 iyul 2023, 14:45

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Azimov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. etib tayinlandi. Avvalgi rahbar Sohib Saifnazarov prezident topshirig‘i bilan ishdan bo‘shatilgandi.

“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi
14 iyul 2023, 13:16

“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi

Davaktiv “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va “Andijon biokimyo zavodi” AJdagi 76 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Korxonalarning ustav fondi 9,6 mlrd va 24 mlrd so‘m, ikkala zavodning ham ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,83 mln dekalitrni tashkil etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting