“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi
14 iyul 2023, 13:16

“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi

Davaktiv “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va “Andijon biokimyo zavodi” AJdagi 76 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Korxonalarning ustav fondi 9,6 mlrd va 24 mlrd so‘m, ikkala zavodning ham ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,83 mln dekalitrni tashkil etadi.

Kim “Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi”, deb o‘ylasa, xato qiladi — Shavkat Mirziyoyev
14 iyul 2023, 13:03

Kim “Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi”, deb o‘ylasa, xato qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekistonda haqiqiy safarbarlik endi boshlanishini ta’kidladi. “Kimki „Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi“, deb o‘ylasa, xato qiladi”, — dedi 3-muddatga saylangan prezident.

“Konstruktiv muxolifat faoliyatini kafolatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev
14 iyul 2023, 12:49

“Konstruktiv muxolifat faoliyatini kafolatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda konstruktiv muxolifat faoliyati, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari kafolatlanishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi
14 iyul 2023, 12:15

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi

Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. bo‘ldi
14 iyul 2023, 11:40

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. bo‘ldi

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Prezident sobiq rahbar Husnutdin Xosilovni faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olgandi.

Dam olish kunlari harorat pasayadi
14 iyul 2023, 11:18

Dam olish kunlari harorat pasayadi

Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab Kavkazdan kirib kelayotgan havo harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Dam olish kunlari harorat +33…+38 daraja, faqat ayrim joylarda 39…+40 darajagacha issiq bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi ish haqini natura shaklida to‘lash tartibini belgiladi
14 iyul 2023, 11:07

Vazirlar Mahkamasi ish haqini natura shaklida to‘lash tartibini belgiladi

Hukumat ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan o‘zi yoki oilasi iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari berish, uy xizmatchilari bilan esa oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish mumkin bo‘ladi.

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona tomonidan kimyoviy moddalar oqizib kelingani aniqlandi
14 iyul 2023, 10:58

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona tomonidan kimyoviy moddalar oqizib kelingani aniqlandi

Bosh prokuratura o‘rganishi davomida Toshkent shahrida joylashgan 18 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bo‘zsuv kanaliga yuqori konsentratsiyada ifloslangan kimyoviy moddalar oqizilgani aniqlandi va korxonalar ogohlantirildi.

OTB O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi direktor tayinladi
14 iyul 2023, 10:57

OTB O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi direktor tayinladi

Kanokpan Lao-Araya Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bo‘ldi. Bungacha u bankning Qirg‘izistondagi vakolatxonasini boshqargan.

Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati: o‘zbekistonliklar yana 2 ta medal oldi
14 iyul 2023, 10:45

Yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati: o‘zbekistonliklar yana 2 ta medal oldi

Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 22 yoshli Farida Soliyeva yugurish bahslarida 2-o‘rinni, balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivil 3-o‘rinni oldi. Avvalroq bosqon uloqtirish bahsida Suhrob Xodjayev kumush medalga ega chiqqandi.

Banklarda dollar kursi biroz pasaydi
14 iyul 2023, 09:54

Banklarda dollar kursi biroz pasaydi

Tijorat banklari 14-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 525−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 630−11 640 so‘m.

Yevroparlament Qirg‘iziston hukumatini OAVga bosimni to‘xtatishga chaqirdi
14 iyul 2023, 09:35

Yevroparlament Qirg‘iziston hukumatini OAVga bosimni to‘xtatishga chaqirdi

Yevroparlament deputatlari ko‘pchilik ovoz bilan Qirg‘izistonda so‘z erkinligiga bosim to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjatda mamlakat rasmiylari bir qator munozarali qonun loyihalarini qaytarib olishga va qator jurnalistlarga nisbatan ayblovlarni olib tashlashga chaqirilgan.

Jamshid Tursunov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga rahbar bo‘ldi
14 iyul 2023, 00:31

Jamshid Tursunov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga rahbar bo‘ldi

Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va Avtoyo‘l rahbari o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi bo‘ldi. U avvalroq ishdan bo‘shatilgan, sohaga 20 yildan ortiq rahbarlik qilgan Abdurahmon Abduvaliyevning o‘rnini egalladi.

13-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
13 iyul 2023, 22:00

13-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

G‘azalkentda qotillikda gumonlangan shaxslar ushlangani, Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi, O‘zbekiston avtomobil bozoridagi pasayish, Namanganda nashida sabab aka-singilga sud hukmi o‘qilgani, Asakadagi zavodni to‘liq qayta ishga tushiradigan UzAuto Motors va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

O‘zbekiston standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda — AQShning odam savdosi bo‘yicha hisoboti
13 iyul 2023, 21:33

O‘zbekiston standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda — AQShning odam savdosi bo‘yicha hisoboti

O‘zbekiston “odam savdosiga barham berish bo‘yicha minimal standartlarga to‘liq rioya etayotgani yo‘q, ammo buning uchun jiddiy sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi AQSh Davlat departamentining dunyodagi odam savdosi bo‘yicha yangi hisobotida.

Qashqadaryolik fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlayotgani aniqlandi
13 iyul 2023, 19:37

Qashqadaryolik fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlayotgani aniqlandi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini qonunga xilof ravishda saqlayotgani, ulardan biri nobud bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, u ikki ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygan. Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 51,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovni sudga berdi
13 iyul 2023, 18:57

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovni sudga berdi

Ipakchilik qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovni sudga berdi. Saytda uning ipakchilik sohasidagi kompaniyalar bilan aloqador bo‘lishi mumkinligi haqida maqola chop etilgan. Davlat xizmatchisi raddiya e’lon qilish, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.

Poytaxtdagi uch tumanning ayrim hududlarida 14-iyul kuni “svet” o‘chiriladi
13 iyul 2023, 17:50

Poytaxtdagi uch tumanning ayrim hududlarida 14-iyul kuni “svet” o‘chiriladi

Toshkent shahridagi Olmazor, Yashnobod va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida 14-iyul kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Yengil atletikachi Suhrob Xodjayev Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi
13 iyul 2023, 16:13

Yengil atletikachi Suhrob Xodjayev Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Suhrob Xodjayev Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mahalla raislarini so‘kkan Bandixon prokuroriga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi
13 iyul 2023, 16:02

Mahalla raislarini so‘kkan Bandixon prokuroriga nisbatan intizomiy chora qo‘llanildi

Bandixon prokuroriga mahalla raislarini haqoratlagani uchun intizomiy chora qo‘llanildi. Lekin prokuror Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddaci bilan ham javobgarlikka tortilishi kerak edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting