O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi
6 yanvar 2025, 15:18

O‘zbekistonning uchta davlat bankini xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi

O‘zbekistonda “Asakabank”, “O‘zsanoatqurilishbank” va “Aloqabank”ni xususiylashtirish yana keyinroqqa qoldirildi. Mamlakatning bu yirik davlat banklari aksiyalari 2025-yilda sotilishi rejalashtirilmoqda.

Fevraldan yotoqli poyezdlarning ham chiptalari qimmatlaydi
6 yanvar 2025, 14:54

Fevraldan yotoqli poyezdlarning ham chiptalari qimmatlaydi

1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli poyezdlar chiptalari ham qimmatlaydi. Biletlar narxi 10,5 foizga oshadi. Avvalroq tezyurar poyezdlarda ham narx oshishi haqida xabar berilgandi.

Surxondaryoda avtomaktablarga litsenziya berish to‘xtab qolgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborildi
6 yanvar 2025, 14:44

Surxondaryoda avtomaktablarga litsenziya berish to‘xtab qolgani yuzasidan YHXXga senator so‘rovi yuborildi

Surxondaryo viloyatida avtomaktablarga litsenziya berilmayapti. Avtodromlarga qo‘yilgan yangi talablar sabab nomzodlarni imtihonlardan o‘tkazish ishlari to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan YHXXga senator so‘rovi yuborildi. Avvalroq “Gazeta.uz” bu muammo boshqa hududlarda ham bor ekanini yozgandi.

Seshanbadan yana sovuq tushadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
6 yanvar 2025, 13:38

Seshanbadan yana sovuq tushadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

7-yanvarda O‘zbekistonga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keladi, ko‘plab hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Hafta davomida kunduzgi harorat +5…+8 dan 0…-3 gacha o‘zgarib turadi.

Buxoroda kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasida ayblangan 17 yoshli yigit ishi yopildi
6 yanvar 2025, 12:24

Buxoroda kriptoaktivlar noqonuniy aylanmasida ayblangan 17 yoshli yigit ishi yopildi

Buxoroning Jondor tumanida yashovchi 17 yoshli yigit 17 mlrd so‘mlik (1,3 mln dollar) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida gumonlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Yigit aybiga iqror bo‘lgani va tergovga yordam bergani uchun jinoyat ishi harakatdan tugatildi.

O‘zbekistonning ayrim tijorat banklarida dollar 13 000 so‘mdan sotilmoqda
6 yanvar 2025, 11:27

O‘zbekistonning ayrim tijorat banklarida dollar 13 000 so‘mdan sotilmoqda

O‘zbekistonning ayrim banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 13 000 va undan yuqori etib belgilandi. Sotib olish kursi esa 12 940 so‘mgacha ko‘tarildi.

UzAuto Motors 7-yanvar kuni Cobalt uchun yana kontraktatsiyani ochadi
6 yanvar 2025, 10:49

UzAuto Motors 7-yanvar kuni Cobalt uchun yana kontraktatsiyani ochadi

UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi.

Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi
6 yanvar 2025, 10:33

Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

FVB xodimlari Toshkentning Yashnobod tumanida 10 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaroni qutqardi. Fuqaro yengil tan jarohati olgan, hozirda shifokorlar nazorati ostida.

Metapnevmovirus yangi kasallik emas, ortiqcha xavotirga hojat yo‘q — SSV
6 yanvar 2025, 10:22

Metapnevmovirus yangi kasallik emas, ortiqcha xavotirga hojat yo‘q — SSV

SSV OAVda e’lon qilinayotgan metapnevmovirus 2001-yildan beri dunyoda qayd etilgan mavsumiy kasallik ekanini ma’lum qildi. O‘RVI bilan kasallanganlarning 1,2 foizida infeksiya aniqlangan. U O‘RVI belgilari bilan o‘tadi, ba’zan bronxiolit va pnevmoniya chaqiradi, ko‘p hollarda asoratsiz o‘tib ketadi.

Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya o‘rnatildi
6 yanvar 2025, 09:58

Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya o‘rnatildi

Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet qo‘shma loyihasi doirasida Toshkent shahrida havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya ishga tushirildi. O‘zbekistonda bunday stansiyalarning umumiy soni 19 taga yetdi.

O‘zbekistonda 6−12-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
6 yanvar 2025, 09:41

O‘zbekistonda 6−12-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy hafta boshi iliqroq, o‘rtalari bulutli va sovuq (ba'zi viloyatlarda qor), oxirida esa harorat asta ko‘tarilib, quruq bo‘lishi kutilmoqda. 8-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qor yog‘ishi, harorat tunda -10 darajagacha pasayishi mumkin.

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi
6 yanvar 2025, 08:54

O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 1-fevraldan boshlab poyezd chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi. Xususan, “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari esa 30 foizga ko‘tariladi.

Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilgan 22 yoshli o‘zbekistonlik shartli 5 yil ozodlikdan mahrum qilindi
5 yanvar 2025, 14:55

Ukrainaga qarshi Rossiya tomonida jang qilgan 22 yoshli o‘zbekistonlik shartli 5 yil ozodlikdan mahrum qilindi

Sud Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi kurashgan 22 yoshli o‘zbekistonlikni shartli jazoga hukm qildi. Ayblanuvchining aytishicha, u deportatsiya o‘rniga, shuningdek, moddiy ahvoli tufayli armiyaga qo‘shilishni tanlagan. Harbiy harakatlardagi ishtiroki uchun u medal va Rossiya fuqaroligini olgan.

Qozog‘iston O‘zbekiston tomon yangi temiryo‘l qurmoqda
5 yanvar 2025, 13:42

Qozog‘iston O‘zbekiston tomon yangi temiryo‘l qurmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l quriladi. Liniyaning qurilishi mavjud Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish va O‘zbekistonga eksport tashish hajmini oshirish imkonini beradi, deya ta’kidladi QTY.

Botir Tursunov SHHT bosh kotibi o‘rinbosari bo‘ldi
5 yanvar 2025, 09:14

Botir Tursunov SHHT bosh kotibi o‘rinbosari bo‘ldi

Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchi-vakili va SHHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil bo‘lib kelayotgandi.

Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
4 yanvar 2025, 22:24

Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi novvoyxona yashirin ravishda tarmoqqa ulanib, qariyb 1,33 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi, daliliy ashyolar tegishli organlarga yuborildi.

Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi jang qilgan O‘zbekiston fuqarosi 10 dan ortiq ukrainalik askarni o‘ldirganini tan oldi
4 yanvar 2025, 21:56

Rossiya tomonida Ukrainaga qarshi jang qilgan O‘zbekiston fuqarosi 10 dan ortiq ukrainalik askarni o‘ldirganini tan oldi

O‘zbekiston sudi Rossiya tomonida turib Ukrainadagi urushda qatnashgan 39 yoshli erkakni 4 yil 2 oyga ozodlikdan chekladi. Ayblanuvchining aytishicha, janglarda u 10 dan ortiq ukrainalik askarni o‘ldirgan. Hukm, xususan, aybiga iqror bo‘lgani uchun yumshatildi.

Ko‘p qavatli uylar oldi, mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi
4 yanvar 2025, 21:27

Ko‘p qavatli uylar oldi, mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi

Dala chetlari, shaxsiy tomorqalar, xonadonlar, ko‘p qavatli uylar oldi va mahallalarning ichki ko‘chalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilmoqda. Maxsus ishchi guruh tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, urug‘ va ko‘chat tanlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Limitdan oshgan elektr uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori aholi uchun emas, yuridik shaxslar uchun o‘zgardi — Energetika vazirligi
4 yanvar 2025, 20:31 4

Limitdan oshgan elektr uchun qo‘shimcha to‘lov miqdori aholi uchun emas, yuridik shaxslar uchun o‘zgardi — Energetika vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi iste’moli 200 kVt/soatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 so‘m emas, 540 so‘m to‘lanishi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotlar tarqalmoqda, deya xabar qildi Energetika vazirligi. Limitdan oshgandagi qo‘shimcha to‘lov miqdori aholiga emas, tadbirkorlarga kamaygan.

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasidagi 25,5 ga yer 522,7 mlrd so‘mga sotildi
4 yanvar 2025, 20:01

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasidagi 25,5 ga yer 522,7 mlrd so‘mga sotildi

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti ro‘parasida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yaqinida qurilayotgan 25,5 gektar yer uchastkasi 522,7 mlrd so‘mga sotildi. Auksionda bitta taklifdan so‘ng Valid Trading g‘olib bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting