Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 2022-yil yanvardagi tartibsizliklarga izoh berdi. “Voqealar mamlakatga hokimiyatni birlashtirish kerakligini va davlat rahbari „Xudoning yerdagi soyasi“ emas, balki yollanma menejer ekanini o‘rgatdi”, — dedi u.
Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqach, “siyosiy andishasi bilan ajralib turmadi” va amaldorlar bilan yig‘ilishlarni davom ettirdi. Qozog‘iston rahbari Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat ikki hokimiyatchilikka va undan keyingi inqirozga, jumladan, 3 yil oldingi yanvar voqealariga sabab bo‘ldi.
Bekobod shahri IIB binosida 43 yoshli fuqaroni kaltaklab o‘ldirgan IIB xodimiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Deputat Alisher Qodirov gaz zapravkadan mas’ullarga murojaat qilgan va keyinchalik “mayda bezorilik” sabab 15 sutkaga qamalgan fuqaroni tanqid qildi. “Bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku”, — deb yozgan deputat.
Shavkat Mirziyoyev AQShning Yangi Orlean shahrida mashina odamlar orasiga kirib borgani bilan bog‘liq “terrorchilik harakati” munosabati bilan Jo Baydenga ta’ziya maktubi yubordi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.
Bir oy oldin Ekologiya vazirligida ish boshlagan Erkin Muhitdinov O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori etib tayinlandi. O‘rmon xo‘jaligi idorasini yetti yildan ortiqroq davomida Nizomiddin Bakirov boshqarib kelayotgandi.
Shanba kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi kutilmoqda. Yakshanbada esa yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +1…+8 daraja atrofida bo‘ladi.
1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.
O‘zbekiston hukumati kechikib bo‘lsa-da, belgilangan limitdan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi va gaz uchun qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini pasaytirdi. Limitning o‘zi esa oshirildi.
2024-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda palovning o‘rtacha narxi 15,6 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi. Oshning eng yuqori narxi Toshkentda, eng pasti esa Namanganda qayd etildi. Palov indeksi mamlakatda xarid qobiliyati paritetini aniqlashning norasmiy usuli hisoblanadi.
Janubiy Koreyada harbiylar va qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatgani uchun prezidentlikdan chetlatilgan Yun Sok Yolni hibsga olish orderi muvaffaqiyatsiz kechdi. 31-dekabrda Koreya tarixida ilk bor sud amaldagi prezidentni hibsga olishga order bergandi. Yol bungacha chaqiruv qog‘ozlarini 3 marta e’tiborsiz qoldirgan.
O‘zbekistonda elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanganlik uchun javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar uchun jarimadan qarzdorligi hisobiga tarmoqdan uzish o‘rniga bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklif etilmoqda.
2024-yil O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 9,8 foizni tashkil etdi, bu Markaziy bank kutilmalaridan yuqori. 1 yilda kartoshka deyarli 40 foiz, sabzi 18,3 foizga qimmatladi. Gaz tariflari o‘rtacha 2,3 baravar, elektr energiyasiniki esa qariyb 1,7 baravar, propan narxi 30,9 foizga, benzinniki 5,9 foizga oshdi.
AES qurish direksiyasi direktori Otabek Amanov kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi jarayonida Toshkent va Jizzax viloyatlarida jamoatchilik eshituvi o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Toshkent metropoliteni 2024-yil oxirida Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta yangi tarkibni oldi. O‘tgan yili jami 11 ta to‘rt vagonli poyezd olib kelindi.
Gaz zapravkadan mas’ullarga yo‘llangan keskin murojaat muallifining 15 sutkaga qamalishi jamoatchilik tanqidiga va haydovchiga yordam berishga chorlovlarga sabab bo‘ldi. 3-yanvarda ish bo‘yicha apellyatsiya sudi o‘tishi kutilmoqda. “Gazeta.uz” ishga doir ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.
O‘zbekiston Turkmanistondan yuk mashinalarini olib kirish uchun yig‘imlarni 80−100 dollarga oshirdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va Ozarbayjon uchun yuk transportining bo‘lish vaqti bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar joriy etildi. Eron uchun stavka nolga tenglashtirildi.
O‘zbekistonda Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilmoqda. Unga prezident maslahatchisi Sardor Umurzakov mas’ul bo‘ladi. Kengash davlat rahbariga mamlakat ichki va tashqi siyosati bo‘yicha takliflarni muntazam ravishda taqdim etib boradi.
Instagram blogeri hojatxona qog‘ozlari uyumi ustiga chiqqan paytida mashina uning ostidan harakatlanib o‘tgani aks etgan videoni tarmoqqa joyladi. Fuqaro va sheriklari yerga sochilgan hojatxona qog‘ozlarini voqea joyida qoldirib ketgani ma’lum bo‘ldi. Blogerga IIB va Ekologiya inspeksiyasi qonuniy chora ko‘rdi.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1641 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 845 nafari qiz, 796 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 22 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi. Eng ko‘p go‘dak Farg‘ona (244), Samarqand (186) va Qashqadaryo (181) viloyatlarida tug‘ildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting