OTP Bank “Ipoteka-bank”ning boshqaruv huquqini qo‘lga kiritdi
16 iyun 2023, 21:00

OTP Bank “Ipoteka-bank”ning boshqaruv huquqini qo‘lga kiritdi

OTP Bank “Ipoteka-bank”dagi 75% davlat ulushini sotib olib, boshqaruv huquqini qo‘lga kiritdi. Davlatning qolgan 25 foizi 3 yil ichida xarid qilinadi.

O‘zbekistonda ayrim avtomobillar uchun import bojlari pasaytirildi
16 iyun 2023, 20:30

O‘zbekistonda ayrim avtomobillar uchun import bojlari pasaytirildi

O‘zbekiston prezidenti dvigateli hajmi 1000 dan 1200 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillarni olib kirishda bojxona to‘lovlarini kamaytirishni ko‘zda tutgan qarorni imzoladi.

Toshkentda piyodalar o‘tish joyida mashina urib yuborgan erkak halok bo‘ldi
16 iyun 2023, 20:26

Toshkentda piyodalar o‘tish joyida mashina urib yuborgan erkak halok bo‘ldi

Toshkentda tartibga solinmagan o‘tish joyida avtomobil urib yuborgan yana bir piyoda halok bo‘ldi.

Surxondaryoda o‘qituvchi ayollarni do‘pposlagan erkak pedagog 1,5 yilga qamaldi
16 iyun 2023, 19:38

Surxondaryoda o‘qituvchi ayollarni do‘pposlagan erkak pedagog 1,5 yilga qamaldi

Aprelda ayol hamkasblarini do‘pposlagan Uzun tumanidagi 31-maktabning erkak o‘qituvchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 1,5 yil muddatga qamaldi. Shuningdek, undan ikki nafar jabrlanuvchiga yetkazilgan ma’naviy va moddiy zararlar undirilgan.

Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi
16 iyun 2023, 19:00

Andijonda yangi mikro GESlar ishga tushirildi

Andijon viloyatida “Zavroq” mikrogidroelektr stansiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Oltinko‘l tumanida yangi charxpalak tipidagi mikro GES ham yangi quvvatda ishga tushirildi.

Toshkentda 24 yoshli qiz Xitoy fuqarosini pichoqlab qo‘ydi
16 iyun 2023, 18:35

Toshkentda 24 yoshli qiz Xitoy fuqarosini pichoqlab qo‘ydi

Toshkentda 24 yoshli qiz o‘zi bilan yashab kelgan Xitoy fuqarosini pichoqlab, o‘ldirgani aniqlandi. U psixotrop modda ta’sirida bo‘lgani va voqeaga rashk sababchi ekani aytilmoqda.

Jizzaxda harbiy xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar vafot etdi
16 iyun 2023, 18:20

Jizzaxda harbiy xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar vafot etdi

Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 19 yoshli askar vafot etdi. Samarqand harbiy gospitaliga olib ketilgan askarning o‘limiga o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab sifatida keltirilmoqda.

Qashqadaryoda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh echkemarni o‘ldirgani aniqlandi
16 iyun 2023, 18:02

Qashqadaryoda fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh echkemarni o‘ldirgani aniqlandi

Kasbi tumanida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh bo‘z echkemarni o‘ldirib, terisini shilib olgani aniqlandi. Bundan tashqari, uning uyida bo‘lgan yana 20 bosh jonivor Muborak tumanidagi cho‘lga qo‘yib yuborildi.

Afg‘onistonda ham, mintaqada ham terrorchilik tahdidi kuchaymoqda — BMT hisoboti
16 iyun 2023, 17:50

Afg‘onistonda ham, mintaqada ham terrorchilik tahdidi kuchaymoqda — BMT hisoboti

BMT hisobotida aytilishicha, “Tolibon” bir qator terroristik guruhlar bilan aloqada va terrorizm tahdidi Afg‘onistonda ham, mintaqada ham kuchaymoqda. “Tolibon” rahbariyati ichida ham kelishmovchiliklar bor. “Tolibon” bu hisobotni “asossiz va noxolis” deb atadi.

Veolia Energy Tashkent Sergeli va Bektemir tumanlarida qozonxonalar qurishni boshladi
16 iyun 2023, 17:50

Veolia Energy Tashkent Sergeli va Bektemir tumanlarida qozonxonalar qurishni boshladi

Bektemir va Sergeli tumanlarida Veolia Energy Tashkent tomonidan 130 dan ortiq uy-joy va 30 dan ortiq ijtimoiy obyektni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilmoqda. Bu binolarni samarali isitish imkonini beradi. Loyiha doirasida yangi qozonxonalar qurilmoqda.

O‘zbekistonda harorat 20-iyundan pasaya boshlaydi
16 iyun 2023, 17:13

O‘zbekistonda harorat 20-iyundan pasaya boshlaydi

O‘zgidromet uzoq davom etgan yuqori harorat Kavkazdan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi sababli pasayishini bildirdi. 20-iyundan respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorat 4−6 darajaga pasayadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, toshqinlar yuz berishi mumkin.

HRW nashida ortidan qamalgan yigit ishi bo‘yicha apellyatsiyani adolatli ko‘rib chiqishga chaqirdi
16 iyun 2023, 17:05

HRW nashida ortidan qamalgan yigit ishi bo‘yicha apellyatsiyani adolatli ko‘rib chiqishga chaqirdi

Human Rights Watch tashkiloti nashida ortidan qamalgan talaba Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha apellyatsiyani adolatli ko‘rib chiqishga chaqirdi. Tashkilot qo‘zg‘atilgan ish uning din va e’tiqod erkinligi huquqini buzishini qayd etdi.

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi
16 iyun 2023, 16:38

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida toshqin xavfi e’lon qilindi

18−21-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish 2023-yilning IV choragidan boshlanadi
16 iyun 2023, 16:25

Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish 2023-yilning IV choragidan boshlanadi

O‘zbekiston hukumati va “Gazprom” o‘rtasida Rossiya gazini mamlakatga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma, shuningdek, respublika gaz uzatish tizimini gazni qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Ekopartiya nomzodi 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi
16 iyun 2023, 16:01

Ekopartiya nomzodi 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi

Ekologik partiyadan prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev 2030-yildan boshlab 2009-yildan keyin tug‘ilganlarga yoshidan qat’i nazar sigaret sotishni taqiqlashni taklif qildi. Shuningdek, u 2030-yildan ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni sotish va import qilishni taqiqlash tarafdoriligini ta’kidladi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda ES qurish uchun investitsiya kiritadi
16 iyun 2023, 14:15

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda ES qurish uchun investitsiya kiritadi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritadi.

Qonunchilik palatasiga davlat budjeti to‘g‘risidagi hisobot kechikib kiritildi, Sherzod Kudbiyev bunga izoh berdi
16 iyun 2023, 13:40

Qonunchilik palatasiga davlat budjeti to‘g‘risidagi hisobot kechikib kiritildi, Sherzod Kudbiyev bunga izoh berdi

Deputat Bekmirza Eshmirzayev iqtisodiyot va moliya vaziridan davlat budjeti ijrosi bo‘yicha hisobot Qonunchilik palatasiga belgilangan muddatdan 15 kun kechikib kiritilganining sababini so‘radi. Vazir bu shaxsan uning kamchiligi ekanini aytib, bu holat boshqa takrorlanmasligiga umid qilishini aytdi.

Farg‘onada tirik mushukni yoqib yuborganlar jarimaga tortildi
16 iyun 2023, 13:04

Farg‘onada tirik mushukni yoqib yuborganlar jarimaga tortildi

Quvasoy shahrida mushukni qafasga solib, uni tiriklayi yoqib yuborgan shaxslar jarimaga tortildi.

Buxoro viloyatida to‘r bilan baliq ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi
16 iyun 2023, 13:00

Buxoro viloyatida to‘r bilan baliq ovlagan brakonerlar qo‘lga olindi

Buxoro viloyatidagi Qoraqir tabiiy suv ombori hududida taqiqlangan to‘rlar bilan 327 ta turli turdagi baliqni ovlagan erkaklar qo‘lga olindi.

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
16 iyun 2023, 12:52

Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida MAN yuk avtomobilining tormoz tizimi ishlamay qolib, xandaqqa tushib ketdi. FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida mashinani chiqarib oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting