DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi
1 mart 2023, 12:58

DXX O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan 56 kg narkotik moddalar olib kirilishining oldini oldi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Tojikiston va Qirg‘izistondan umumiy og‘irligi 56 kg bo‘lgan gashish va opiy olib kirilishi bilan bog‘liq holatlarning oldini oldi.

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?
1 mart 2023, 12:35

Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramida haftasiga 5 kun ishlaydiganlar 5 kun, ya’ni 18−22 mart sanalarida, haftasiga 6 kun ishlaydiganlar 4 kun, ya’ni 19−22 mart sanalarida dam oladi. 23 martdan esa barcha yana ishga chiqadi.

Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi
1 mart 2023, 12:08

Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi

Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov «Hayot maktabi» loyihasi tashkil etilgani haqida gapirib, o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatishni taklif qildi. «Non pishirishni o‘rgatadigan avlod yo‘qolib, non sotib olishga o‘tildi. Dalada hamma g‘o‘zapoya qolib ketdi», — deydi hokim.

OKMK Toshkentdagi chang manbasi uning karyeri ekanini rad etdi
1 mart 2023, 11:42

OKMK Toshkentdagi chang manbasi uning karyeri ekanini rad etdi

OKMK Toshkentda chang paydo bo‘lishining asosiy sababi “Yoshlik I” konining yangi uchastkasida olib borilayotgan tozalash ishlari ekani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi
1 mart 2023, 11:29

Toshkentda avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi

Toshkent shahrida 28- va 155-sonli avtobus haydovchilari yo‘lovchi talashib mushtlashdi. Ularga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bloger Shahnoza Soatova holat bo‘yicha fikr bildirar ekan, haydovchilarni «potensial zo‘ravon va qotil» deya atadi.

Uzbekistan Airways Navro‘z bayramiga 21 foizlik chegirma e’lon qildi
1 mart 2023, 11:12

Uzbekistan Airways Navro‘z bayramiga 21 foizlik chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.

XTBB o‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosi «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi
1 mart 2023, 10:47

XTBB o‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosi «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi

TikTok`da Toshkentdagi o‘quvchi qizlarning mashhur «Za dengi da» qo‘shig‘iga qalbaki dollarlarni sochgan holda o‘ynagani aks etgan hazilomuz videosi tarqaldi. Poytaxt xalq ta’limi bosh boshqarmasi holat bo‘yicha qizlarning ota-onasi uzr so‘raganini va raqs «milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmasligini» bildirdi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 395 so‘mgacha ko‘tarildi
1 mart 2023, 10:26

Banklarda dollarning sotish kursi 11 395 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 1 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 335 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 395 so‘m.

O‘zbekiston bosh muftiysi bir nechta imom-xatibni ishdan oldi, ayrimlariga hayfsan berdi
1 mart 2023, 10:00

O‘zbekiston bosh muftiysi bir nechta imom-xatibni ishdan oldi, ayrimlariga hayfsan berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov o‘tkazgan yig‘ilishda qator imom-xatiblar ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Muftiy imom-xatiblarga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilish odobiga amal qilish va bilim saviyalarini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2 mart kuni chaqiriladi
1 mart 2023, 09:40

Senatning o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2 mart kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz yettinchi yalpi majlisi 2 mart kuni chaqiriladi. Unda raqobat, davlat boji va tibbiyot hamda pedagog xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonning barcha hududlarida ham tezlik pasaytirilmaydigan bo‘ldi
1 mart 2023, 09:32

O‘zbekistonning barcha hududlarida ham tezlik pasaytirilmaydigan bo‘ldi

2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, 1 apreldan Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyat va tumanlar markazlarida avtomobillar harakatlanishining eng yuqori tezligi 70 km/soatdan 60 km/soatga tushiriladi. Avvalroq loyihada cheklovni barcha aholi punktlarida qo‘llash taklif qilingandi.

China Southern Airlines Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklaydi
1 mart 2023, 09:21

China Southern Airlines Pekin va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni tiklaydi

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklaydi va birinchi reys 26 martga mo‘ljallangan. Muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
28 fevral 2023, 23:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 2 nafarga yetgani, Krasnodardagi neft bazasiga dronlar hujumi uyushtirilgani, AQSh Xitoyning 12 ta kompaniyasini Rossiyaga yordam bergani uchun «qora ro‘yxat»ga kiritgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Fevral oyida «Gazeta.uz» jamoasi tayyorlagan maxsus materiallar
28 fevral 2023, 23:05

Fevral oyida «Gazeta.uz» jamoasi tayyorlagan maxsus materiallar

100 yoshga to‘lgan «Mushtum» jurnalining haligacha eskirmagan dolzarb mavzulari, taniqli shaxslar, jamoat faollaridan o‘qilishi maqsadga muvofiq kitoblar ro‘yxati, Turkiyadagi zilzila oqibatlari, Ukrainadagi urushning global iqtisodiyotga ta’siri va boshqalar — «Gazeta.uz» fevral oyida nimalar yozgani haqida.

Qishning so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
28 fevral 2023, 22:00

Qishning so‘nggi kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ai-80 benzini narxi oshmasligi, yovvoyi hayvon va qushlarni ovlash mavsumi yakunlangani, xonadonlarga beriladigan elektr 50 foizga ko‘payishi, komissiya uchun xodimlardan pul yig‘gani sabab ishdan ketgan maktab direktori, pora bilan ushlangan prokuratura xodimlari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

«AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini yumshatishga yordam beradi» — Entoni Blinken
28 fevral 2023, 21:49

«AQSh Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan Rossiyaga qarshi sanksiyalar oqibatlarini yumshatishga yordam beradi» — Entoni Blinken

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar Markaziy Osiyo uchun iqtisodiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushunadi, shu bois ularni yumshatish va kamaytirish uchun barcha sa’y-harakatlarini qiladi, dedi AQSh davlat kotibi. U MOda savdoni diversifikatsiya qilish va ish o‘rinlari yaratish uchun $25 mln ajratilishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi
28 fevral 2023, 21:25

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi. Davlat rahbari Bokuda bo‘lib o‘tadigan Qo‘shilmaslik harakati sammitida ishtirok etadi. Mazkur harakat harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni o‘z tashqi siyosatining asosi etib e’lon qilgan 120 ta davlatni birlashtirgan.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga keldi
28 fevral 2023, 21:10

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga keldi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Toshkentda uning «mintaqaviy va ikki tomonlama masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish» bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. U 1 mart kuni Hindistonga jo‘nab ketadi.

Toshkent hokimligi «Rosatom» konstruktorlik byurosiga infratuzilma sohasida hamkorlikni taklif qildi
28 fevral 2023, 19:57

Toshkent hokimligi «Rosatom» konstruktorlik byurosiga infratuzilma sohasida hamkorlikni taklif qildi

Toshkent hokimligi «Rosatom»ning energiya samaradorligi va infratuzilma yechimlari loyiha byurosini O‘zbekiston poytaxtining elektr va issiqlik ta’minotini yaxshilash hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilishga jalb etmoqchi.

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta ta’lim muassasasiga grant ajratdi
28 fevral 2023, 19:20

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta ta’lim muassasasiga grant ajratdi

Yaponiya O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Urganchdagi maktabda sanitariya holatini yaxshilash hamda Termizdagi ikkita bog‘chani o‘quv jihozlari bilan ta’minlash uchun grantlar ajratdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting